Mundarija O'zbek tilida gap bo'laklari tartibi
O'ZBEK TILIDA GAP BO'LAKLARINING TARTIBINI O'ZGARISH HOLATI
Download 264 Kb.
|
1.2. O'ZBEK TILIDA GAP BO'LAKLARINING TARTIBINI O'ZGARISH HOLATI.
Gap bo’laklari tartibining o’zgarishi inversiya deyiladi. Inversiya his-hayajon bilan aytilgan gaplarda, shuningdek she’riy asarlarda ko’proq uchrashi mumkim. Ba’zan gap bo‘laklari odatdagi o‘rinlarini almashtiradilar. Bu hodisa inversiya deyiladi. Inversiya turli uslubiy talablarga ko‘ra sodir bo‘ladi: Meni kutgil va men qaytarman, Faqat kutgil juda intizor. Kutgil yomg’ir zeriktirganda, Meni kutgil yoqqanida qor. (K.Simonov) So‘z tartibining o‘zgarishi grammatik holatini o‘zgartirishi ham mumkin. Bunda quyidagi holat ko‘zga tashlanadi: Ega va kesimning o‘rni o‘zaro almashsa, ega kesimga, kesim esa egaga aylanadi: Masalan: Yetti kun (ega) – bir hafta (kesim). – Bir hafta (ega) – yetti kun (kesim). Sifatlovchi va sifatlanmishning o‘rni o‘zaro almashsa, sifatlanmish egaga, sifatlovchi kesimga, ya’ni so‘z birikmasi gapga aylanadi: Baland tog’. – Tog’ baland. Qaratqich-qaralmishda belgisiz qaratqichning o‘rni qaralmish bilan o‘zaro almashsa, qaratqich egaga, qaralmish kesimga aylanadi: Dala chekkasi. – Chekkasi – dala. Intonatsiya sintaktik aloqaning turini, so‘z birikmasining xususiyatini ko‘rsatadi: Bu kitob... Bu – kitob; Ko‘p qavatli/bino. Ko‘p/ qavatli bino. Ayrim o‘rinlarda so‘zlarni bog’lash vazifasini intonatsiyaning o‘zigina bajaradi. Bog’lanish boshqa yo‘l bilan, masalan, affikslar bilan bo‘lganda, intonatsiya yordamchi rolni bajaradi. Qiyoslang: U keldi, men ketdim (sanash: U keldi va men ketdim) – U keldi – men ketdim (sabab: U kelgani uchun men ketdim) – U keldi – men ketdim (Bir vaqtda bajarilgan harakat: U kelishi bilanoq men ketdim). Punktuatsiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tinish belgilarining ishlatilish xususiyatlarini o‘rganadi. Tinish belgilarining ahamiyati yuqorida keltirilgan misollardan ham aniqlandi: Bu – mashinachi Karimning otasi; Bu mashincha – Karimning otasi va h.k.1 Sintaksisda gap, gap tarkibidagi so‘z birikmalarining grammatik xususiyatlari o‘rganiladi. Gap tarkibidagi so‘zlar o‘zaro bir-biri bilan grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi va shu taxlitda ular ma’lum sintaktik vazifalarni bajarib keladi. So‘zlar gap tarkibida o‘zaro ikki yo‘l bilan bog‘lanadi. 1. Teng bog‘lanish. 2. Tobe bog‘lanish. So‘zlar o‘zaro teng bog‘langanda, ular bir xil so‘roqlarga javob bo‘ladi hamda bir xil sintaktik vazifa bajaradi: O‘rik va shaftoli gulladi. Gapdagi o‘rik va shaftoli so‘zlari va bog‘lovchisi yordamida teng aloqaga kirishgan. So‘zlar o‘zaro tobe bog‘langanda so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. Bunday birikuvda avval tobe so‘z, undan keyin hokim so‘z keladi: qiziq kitob, oshxonaga kirdi, kutubxona tomon ketdi, singlimning dugonasi kabi. Download 264 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling