Munozara uchun savollar


Download 22.86 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi22.86 Kb.
#1158746
Bog'liq
Tarix5


Munozara uchun savollar.
1.Turkistonda ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi. O’zbekiston SSRning tashkil topishi haqida ma’lumot bering.
2.Sovet hokimiyatining 20-30-yillarda Oʻzbekistonda oʻtkazgan industrlashtirish va jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari haqida nimlar bilasiz.
3.50-80-yillarda Oʻzbekiston iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi turgʻunlik hamda uning asoratlari qanday oqibatlarga olib keldi.
4.Кompartiya va sovet hokimiyatining Oʻzbekistonda yuritgan qatogʻon siyosati va uning ijtimoiy, madaniy hayotga salbiy ta’siri nimalardan iborat.
JAVOBLAR
1. Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiOʻzbekiston SSROʻzSSR — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. 1924-yildan 1936-yilgacha Oʻzbekiston Sotsialistik Sovet Respublikasi deb atalgan. Ayrim manbalarda Sovet Oʻzbekistoni deb yuritiladi.
Poytaxti 1925-yil fevraldan to may oyigacha Buxoro, 1925-yil maydan to 1930-yil dekabrgacha Samarqand, 1930-yil oxiridan Toshkent. Tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR kirgan. Respublika 11 oblastga boʻlingan, 156 rayon, 123 shahar, 98 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
Oʻzbekiston SSRning maydoni 447 400 km² boʻlgan. Aholisi 1926-yilda 5 milliondan ortiq boʻlgan, 1989-yilga kelib 20 millionga yetgan. 1989-yilda Oʻzbekiston SSRda oʻzbeklar (14 milliondan oshiq), qoraqalpoqlar (411 900), tojiklar (933 600), qozoqlar (808 200), qirgʻizlar (174 900), turkmanlar (121 600) yashagan.
Oʻzbekiston SSR hududi shimol va shimoli-gʻarbda Qozogʻiston SSR, janubi-gʻarbda Turkmaniston SSR, janubi-sharqda Tojikiston SSR, shimoli-sharqda Qirgʻiziston SSR, janubida Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan.
Oʻzbekiston SSRda boshqa sovet respublikalaridagi kabi bir necha ommaviy qatagʻon amalga oshirilgan. Biroq bunday holatlarga qaramasdan, mamlakatda yuzlab sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borilgan, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va institutlar ochilgan. Mirzachoʻl va boshqa choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan.
Oʻzbekiston SSR 1990-yilning 20-iyunida suverenitet eʼlon qildi. Ammo 1991-yilning 31-avgustida mustaqillik eʼlon qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi deb qayta nomlangunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
2. XX asrning 20— yillarida o'z mohiyati bilan o'zbek xotin-qizlarini tutqinlikdan ozod qilishga qaratilgan harakat boshlanadi. Ma’lumki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musul- monchilik qonun-qoidalari va an’analari asosida kechgan va o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan. Jumladan, ular aksariyat hollarda uy- ro'zg'or ishlari va farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishgan. Sovet hukumati esa bunday turmush tarziga diniy xurofot sifatida qaradi. Shu bilan birga, ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi, ularning tor oila muhitidan ozod bo'lib, keng ijtimoiy-siyosiy hayotga tortilishi g'oyasi ilgari surildi. Shu narsa aniqki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlarning ongi ham o'zgarib boradi. Turmush tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi. Shu ma'noda o'zbek ayollarini paranjidan ozod qilish yangi tuzum oldidagi muhim vazifalardan ekanligi tabiiy. Biroq bu masalani eng avvalo jamiyat fuqarolari orasida keng ko'lamli tu- shuntirish, ma’rifiy yo'llar orqali hal qilish mumkin edi. Jadidlar rahbarlari M.Behbudiy, F.Xo'jayev, A.Fitrat, A.Cho'lpon, A.AvIoniylar ham bu masalani hal etishni o'z oldilariga muhim vazifa qilib qo'ygan edilar. Shu maqsadda tashkil etilgan respublika, viloyat, tuman, shahar sovet tashkilotlari qoshidagi xotin-qizlar bo'limlarida dastlab umuman to'g'ri ish olib borilgandi. Buning natijasida xotin-qizlar ijtimoiy foydali mehnatga, jamoat- chilik ishlariga faol tortila boshlagandi. Uni o'zbek xotin-qizlari xursandchilik bilan kutib oldi. Chunki ochiq yurish, yorug' olamni ko'rish, ilm olish, erkaklar bilan teng huquqli bo'lish ularning ham asriy orzusi edi. Biroq VKP(b) MQ O'rta Osiyo byurosining 1926— yil sentabrdagi maxsus qarori asosida bu harakatni sun’iy ravishda tezlashtirishga kirishildi. Oqibatda bu majburiy harakat «Hujum» nomini oldi. Biroq bu harakat, afsuski, shoshma-shosharlik, ma’- muriyatchilik yo'li bilan mahalliy shart-sharoitlarni, xalq udumlari,urf-odatlarini e’tiborga olmasdan jadallashtirildi. Bunga, hattoki, erkak kommunistlar ham tayyor emas edilar. Xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish harakati dastlab ancha sezilarli yutuqlarga erishib bordi. 1927— yil bahoriga kelib 100 ming ayol paranji tashladi. Ming-minglab ayollar korxonalarga, turli yumushlarga tortildilar. Ular orasidan ko‘plab traktorchilar, briga- dirlar, kolxoz raislari, klub va kutubxona mudirlari tayyorlandi. Jumladan, 1927-1929— yillarda sudlarning xalq maslahatchilari orasida o‘zbek ayollari 563 kishiga yetdi. 1926— yilda birgina Toshkent va Farg'ona viloyatlari «Qo'shchi» uyushmalarining 4900 ayol a’zolari bor edi. 1927— yil davomida 7169 ayol kasaba uyushmalariga a’zo bo'lib kirdi. 5916 ayol matlubot kooperatsiyalariga a’zo bo'ldi. 2343 xotin-qizlar davlat organlariga saylandi. 1927-1928— yillarda «Hujum» harakati yanada keng quloch yozdi. Paranji tashlagan ayollar uchun 32 ta savodsizlikni tugatish maktablari tashkil qilindi. 1927— yilda birgina Qo'qon okrugida bunday maktablar soni 75 taga yetkazildi. Toshkentning eski shahar qismida 1409 o'quvchini qamrab olgan 35 ta ayollar maktabi faoliyat ko'rsatdi.«Hujum» harakatining o'sib borishi davomida 1937— yilga kelib 273637 nafar o'zbek xotin-qizlari savodsizlikni tugatish kurslarini muvaffaqiyatli bitirdilar. Ayol ishchilar va xizmatchilar soni 1940— yilda 232 ming kishiga yetdi. Bu esa butun respublikadagi ishchilaming 40,7 foiziga teng edi. Ular tikuvchilikda 82,3 qandolatchilikda 65,5, to'qimachilikda 88 foizni tashkil etardi. Shu bilan birga, bu mavsumiy harakat ko'pgina salbiy oqibat- larning yuz berishiga ham sabab bo'ldi. «Hujum» harakatida faol ishtirok etib, butun ongli hayoti, faoliyatini sotsializm ishiga, uningsoxta g'oyalari chinligiga ishongan qancha ilg'or xotin-qizlar keyinchalik Qatag'on qurboni bo'ldilar. Bunga o'zbek xotin-qizlari ozodligi kurashining taniqli namoyandalari — Tojixon Shodiyeva, Sobira X oldorova, Xosiyat Tillaxonova, M aryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova singarilarning fojiali hayoti to'la misol bo'la oladi.
3. Ikkinchi jahon urushidan keyingi O'zbekistonning ma’naviy- madaniy hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bunda hukmron tuzum siyosati va mafkurasining bosimi tobora kuchayib borganligiga amin bo'lamiz. Negaki, kommunistik mafkura jamiyat ma’naviy hayotini o'z domiga tortishga, fuqarolarning ongi, dunyoqarashini o'z g'oyalari, qarashlari ruhida tarkib toptirib borishga harakat etdi. Bu ta’lim va tarbiya tizimida, ilm-fan jabhasida yoxud adabiyot va san'atda birdek namoyon bo'ldi. Kompartiya va sovet hukumati O'zbekistonda go‘yo xalq ta’Iimi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, uni jonli hayot, amaliyot bilan bog‘lash bahonasi bilan, haqiqatda, bu sohaning asl mazmun, mohiyatini mafkuraviylashtirish yo'lini tutdi. O'sha davrda xalq ta’Iimi tizimining hukmron Markaz inon-ixtiyorida bo‘lganligini Moskvadan tayyorlab yuborilgan, o‘quv jarayonining barcha bo‘g‘inlariga laalluqli dasturu standartlar, darsliklaru qo'llanmalar va boshqa o'quv jihozlari ham to‘Iiq tasdiq etadi. Sovet mutasaddilari nima sababdan bu muhim sohani o‘z ta’sirida ushlaganligi va bundan ko‘zlagan maqsadlari ma’lum. Shu bois, Yurtboshimiz ta'kidlab o‘tganidek, «Eski qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski mafkuradan xalos bo'lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga o'rgatolmaymiz, axir». Ayniqsa, kadrlar tayyorlash sifati past edi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ko‘pchilik haqiqiy bilim olish yoki malaka orttirish maqsadida emas, amal-taqal qilib diplomli bo'lib olish ilinjidaoliy o'quv yurtlariga, kirardi.
4. Stalincha siyosiy qatag'ondan jamiyatning sog'lom kuchlari, milliy ziyolilar eng ko‘p aziyat chekdi, mislsiz qurbonlar berdi. Negaki, totalitar rejim mutasaddilari o'zlari jaholatparast kimsalar bo'lganligidan, ilmu ma’rifat, ziyo ahlini qadr- lash, e'zozlash o'miga ularni xo'rlash, tahqirlash, kerak bo'lsa, yo'q qilishni o'zlariga kasb qilib olgandilar. Shu bois, vaqti — vaqti bilan ziyoli kadrlarni qatli om chig'irig'idan o'tkazish, saflarini «yaganalab» turish ular uchun odatiy hoi bo'lib qolgandi. Masalan, butun hayoti va ijodini millat baxt - saodati, yurt istiqboli uchun bag'ishlagan Munavvar qori shu davrda avj olgan sovetlar ig'vosi va bo'htonining aybsiz qurboni bo'ldi. Uning rahnamoligida millat ravnaqi va istiqloli yo'lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan «Milliy istiqlol» tashkilotining 87 a’zosi ustidan sud uyushtirildi. Ularning 49 nafari «Xalq dushmani», «burjua millatchisi» degan ayblar bilan qoralanib, og'ir jazolarga hukm qilindi. O'zbek adabiyotining ustunlari bo'lgan, noyob ijodlari xalq mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abduihamid Cho'lpon, Usmon Nosir, Mahmud Botu (Xodiyev), Elbek (Mashriq Yunusov), G'ozi Yunus kabi ajoyib iste’dodlar quruq bo'htonu tuhmatlar asosida «xalq dushmanlari» sifatida jismonan yo'q qilinib, yorqin faoliyati so'ndirildi. Masalan, ulardan biri - professor G'ozi Olim Yunusovni oladigan bo'lsak, u 50 dan ziyod asarlar muallifi edi. Arab, fors, nemis, ingliz va barcha turkiy tillarni puxta bilardi. U hatto rus, arab va nemis tillarida Samarqand universiteti, Toshkent pedagogika instituti hamda Til va adabiyot ilmiy - tadqiqot institutida umumiy tilshunoslik va t’l bilimiga kirish kabi maxsus kurslardan ma’ruzalar o'qirdi. Biroq bunday iste’dodlar qatag'on jallodlari uchun sariq chaqalik qadr - qimmatga ega bo'lmagan. Mustabid tuzum farmonbardorlari, ayniqsa, bunda o'zbek xalqining milliy ongi, tafakkurini yoritish, uning o‘zligini tanitishga fidoyilik qilgan, istiqlol darg'alari boMgan jadidizm namoyandalarini yo'q qilishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar. Bunga erishdilar ham. O'zbekiston hukumatining tashabbusi va sa'y-harakati bilan 20— yillarda xorijga o'qishga yuborilib, yaxshi mutaxassislar, fan arboblari bo'lib yetishgan kishilar atayin qatliom qurbonlari bo'ldilar. Agar Germaniya yoki Turkiyada taMim olgan bo'lsalar ularga o'sha mamla- katlarning josuslari degan ayb qo'yildi. Buning uchun ularning uyida tintuv paytida chet elda bosilgan kitob topilguday bo'lsa, shuning o'zi yetarli dalil edi. Axir ular chet el oliy o'quv yurtlarida o'qigan bo'lsalar ularda shunday kitoblar bo'lishi tabiiy edi. Masalaning bunday mantiqiy jihatlari chalasavod jazo organlari vakillarini qiziqtirmagan. Xorijda taMim olib, professorlik unvoniga sazovor bo'lgan Ahmadjon Ibrohimov, Majid Ibrohim, Ibrohim Yorqin, Tohir Shokir, Abduvahob Ishoq, Saida Shermuhammad qizi, Sattor Jabbor, Otajon Hoshim va boshqalar o'sha davrlarda millat faxri bo'lganlar. Ularga ham “xalq dushmani”, “chet el josusi” qabilidagi tavqi la’nat tamg'asi bosilib qatli om etildilar. Stalincha totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmning haddan ziyod kuchayib borishi davomida nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismati zavol topdi, balki shu bilan birga millionlab yurt fuqarolarining oddiy insoniy qadr-qimmati, or - nomusi toptaldi, tahqirlandi. G'addor tuzum zulmkorlari o'z g'ayriqonuniy xatti-harakatlarini avj oldirib, bunda har bir inson- ning yurish turishi, kundalik mashg'uloti, muomalasidan tortib to uning qanday tafakkur yuritishigacha bo'lgan hamma jarayonlarni ham o'z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasini jilovlash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turish va shu yo'l bilan badkirdor tuzum sha’niga dog' tushirmaslik, uning soxta obro' - nufuzini asrash, avaylash edi.
Download 22.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling