Muomala madaniyatining milliy xususiyatlari
Etiket muomala madaniyatining zamonaviy ko’rinishi sifatida
Download 166.51 Kb.
|
1-30
Etiket muomala madaniyatining zamonaviy ko’rinishi sifatida
Etiket - axloqiy madaniyatda yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlarning ko’rinishlaridan bid. U ko’proq insonning tashqi madaniyati, o’zaro munosabatlaridagi o’zini tutish qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z muno-sabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda, bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun qoidalashti-rib qo’yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. Etiket keng qamrovli tushuncha bo’lib, u ma’lum ma’noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi. Etiket - “etika” so’zining o’zagi sifatida bevosita axloqiy me’yor-lar, tamoyillar va mezonlarning «yukini” ko’tarishga qodir bo’lgan axloqning amaliy ko’rinishidir. Har bir sohada etiket ko’rinishlari mavjud bo’lib, uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qatiylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin. Etiket takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo’qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bokladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o’z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko’rayotgan bo’Ushi mumkin. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo’lmasin, bosiqliqqa, muloyimlik va sabr-toqatga o’rgatishi bilan ahamiyatlidir. Quyida bugungi kunda kishUar hayotiga chuqur singib borayotgan so’zlashuv, muloqot madaniyatiga doir jarayonlardagi etiketning ayrim turlari va bu boradagi tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz. Tanishish va tanishtirish etiketi. Tanishtirish, odatda, kichik yoshdagilardan boshlanadi, agar vaziyat taqozo etgan hollarda kichiklar о’zlarini kattalarga tanishtiradilar. Jamoat joylarida ham, shuningdek, kichiklar kattalarga o’zini tanishtiradi. Biroq bu jarayon jinslar o’rtasida biroz boshqacharoq ko’rinishga ega, ya’ni ayol kishi yoshi va mavqeidan qat’iy nazar, hech qachon erkak kishiga o’zini birinchi bo’lib tanishtirmaydi. Bu yagona holatda istisno qilinadiki, u ham bo’lsa, qiz bola agar o’qituvchisi erkak kishi bo’lsa, unga o’zini tanishtirishi mumkin. Shuningdek, siz biror kishini tanishtirayotganingizda yoki aksincha, sizni biror odam bilan tanishtirishayotganda tabassum qilishni unutmang. Bu tabassum iljayishdan farq qilishi, ko’proq samimiylikka asoslanishi shart. Chunki do’stona tabassum bilan boshlangan tanishuv odamning xotirasida uzoq saqlanishi mumkin. Tanishayotgan odam birinchi bo’lib, tanishtirilayotgan odamga qo’l uzatadi. Bu jarayon ham jinslararo munosabatda - ayol bilan erkak tanishtirilayotganda, ayollar erkaklarga qo’l uzatadilar. Shuningdek, kattalar-kichiklarga qo’l uzatadilar, tanishtirilgan tanishuvchining mulozamat bilan qo’l uzatishini tavoze va xotiijamlik bilan kutib turadi, yo’qsa qo’l berib so’rashishning hojati yo’q. Tanishtirilayotgan paytda xoh erkak, xoh ayol, xoh yosh, xoh keksa kishi bo’lsin, albatta, o’rnidanturishi shart. Bu tanishayotgan odamga nisbatan hurmat belgisidir. Jamoa orasida xodimni rahbar, mehmondorchilik paytida esa, mehmonni xonadon egasi tanishtiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, tanishuv paytida orada begonalar bo’lsa, ularni e’tiborsiz qoldirib, eski tanishlar, do’stlar bilan uzoq ko’rishib, ularni kuttirib qo’yish yaxshi emas. Agar tanishishning zarurati kelib qolsa-yu tanishtiradigan odam bo’lmasa, o’zingiz bu vakolatni zimmangizga olishingiz mumkin. Oila a’zolari tanishtirilayotganda, ularning ismlarini aytib, “rafiqam”, “qizim”, "o’g’lim” deb tanishtirganingiz ma’qul. Ota-onalarga esa buning aksi bo’ladi, ya’ni boshqalar ota-onalarga tanishtiriladi. Tanishtirishdan awal tanishtirayotgan kishingizning ismini aniq bilib oling va tanishtirayotganda uning ismini chiroyli talaffuz qiling. Yaxshi bo’lardi, agar har bir ismning ortiga ismiga mos ravishda “jon”, “bek”, “xon”, “ali”, “boy” kabi qo’shimchalarni qo’shib aytilsa. Biroq Gavhar ismini «Govxar”, Shavkat ismini «Shovkat”, Latif ismini “Latip” deb aytish ismning asl matnidagi ma’nosiga mutlaqo ziddir. Zero, forscha «Gov”-mol, “Xar”-eshak ma’nolarini anglatadi. Download 166.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling