Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- AZOT MUVOZANATI
OQSILLAR ALMASHINUVI
Organik moddalar orasida oqsillar yetakchi o s ringa ega. Hujayra quruq moddasining yarmidan ko‗pi oqsllarga to ‘ g ‘ ri keladi. Tirik organizmda muttasil ravishda ro ‘ y beradigan moddalar almashinuvi turli biokimyoviy reaksiyalar natijasidir. Bu reaksiyalaraing hammasi maxsus oqsillar — fermentlarga bog‘liq, Skelet, yurak va silliq muskullarning qisqarishi ham aktin va miozin oqsillarining o ‘ zaro aloqadorligi natijasidir. Mana shu ikki misolning o‗zi oqsillarning biologik jihatdan naqadar katta ahamiyatga ega ekanini ko ‘ rsatadi. Oqsillar yoki proteinlar plastik va energetik ahamiyatga ega. Oqsillarning plastik ahamiyati shundaki, ular hujayralarning zarur tarldbiy qismi bo`lib, turli tuzilmalarni hosil qilishga sarflanadi. organizmda oqsillar uzluksiz ravishda parchalanib va qayta sintezlanib turadi. Oqsillarning turli a‘zolarda yangilanish tezligi har xil. Jigar, ichak shilliq pardasi va qon plazmasidagi oqsillar juda tez yangilanadi, muskul, teri, pay, tog ‘ ay, suyaklarda bu jarayon ancha sekin kechadi. Oqsillarning energetik ahamiyati shundan iboratki, ular parchalanganda organizm ajraladigan energiyadan hayot faoliyatida foydalanadi. AZOT MUVOZANATI Oqsillar yog‘lar va uglevodlardan tarkibidagi azot bilan farq qiladi. Bu farq oqsillar almashinuvini. o ‘ rganishda qulay. Oqsillar almashinuvning natijasini azot muvozanatidan bilish mumkin. Organizmga ovqat bilan tushganda va siydik, ter bilan ajraladigan azot miqdorlari nisbati azot balansi deb ataladi. Organizm ovqat bilan tushgan azotning hammasini o'zlashtira olmaydi. Azotning bir qismi axlat bilan chiqib ketadi. Shu sababli, organizmga tushgan va o ‘ zlashtirilgan azotning haqiqiy miqdorini aniqlash uchun ovqatdagi azot miqdoridan axlatdagi azot miqdorini ajratish zarur. Oqsildagi azot miqdori o ‘ rtacha hisobda 16%. Demak< 6,25 g oqsilda 1 g azot bor. Topilgan azot miqdorini 6,25 ga ko‗paytirib, oqsil miqdorini aniqlash mumkin. Ovqat oqsillari tarkibida organizmga tushgan azot mnqdori bilan organizmdan chiqarilgan azot miqdori o ` rtasida malum aloqadorlik bor. Odatda katta yoshli sog`lom odamning orga- nizmidan chiqariladigan azot miqdori qabul qilinganazot miqdoriga teng bo`ladi. Bu azot muvozanati deyiladi. Ovqat bilan qabul qilinadigan miqdor oshsa, organizmdan chiqarib tashlanadigan azot miqdori ham ortadi, azot muvozanati ancha yuqori pog‘onada saqlanadi. Organizmda azot zaforirasi deyarli yo ‘ q. Keragidan ortiqcha qabul qilingan oqsillar energiya manbai sifatida sarflanadi. Organizmga tushgan azot miqdorining chiqarib tashlanadigan azot miqdoridan ko ‘ p bo`lishi musbat azot muvozanati deyiladi. Aksincha, chiqarib tashlangan azot miqdorining organizmga tushgan azot miqdoridan ko‗p bcf lishi manfiy azot muvozanati deyiladi. Tana massasining oshishi (o ` sayotgan organizmlarda, uzoq davom etgah va ozib ketishga olib kelgan kasalliklardan tuzalayotgan davrda, homiladorlik davrida) odatda 211 musbat azot muvozanatga olib keladi. Bunda organizmda oqsil sintezlash jarayoni ularning parchalanishidan tezroq kechadi. Azot organizmda saqlanib qoladi. Oqsil yetishmovchiligi (ovqatda oqsillar miqdorining kam bolishi yoki chala, biologik qimmatga ega bo`lmagan oqsillarni iste‘mal qilish) oqsillarni o ‘ zlashtira olmaslik — manfiy azot muvozanatiga olib keladi. Yog ‘ va uglevodlaml yetarli miqdorda istemol qilish organizmni azot yo ‘ qotishdan saqlab qolmaydi, ammo uglevodlarga boy ovqat qabul qilish yo ‘ qotilayotgan azot miqdorini 3—3,5 baravar kamaytiradi. Oqsilsiz ovqat qabul qilish bir kechayu kunduzda kamida tananing 1 kg vazni 0,028 xisobida olganda — 0,075 g azot yo ‘ qotishga olib keladi. Surunkali oqsil yetishmovchiligi awalo organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi chidamliligini susaytiradi. Bundan tashqari, endokrin bezlar faaliyati buziladi. Gipofizning oldingi bo‗lagidan gormon ishlab chiqarish, buyак usti bezlaridan adrenalin ajralishi kamayadi, markaziy nerv tizimi faoliyatlari shikastlanadi. OVQAT OQSILLARNNING AMINOKISLOTALAR TARKIBI. OQSILLARNING BIOLOGIK QIYMATI Organizmda oqsillarning me‘yorda almashfnuvi va sintezlanish uchun ovqat bilan turli xildagi aminokislotalar tushib turishi shart. Oziq moddalar tarkibidagi oqsillar 20 ta aminokislotadan tuzilgan. Bulardan 12 tasi organizmda boshqa aminokislotalardan sintezlanadi va almashtirsa bo`ladigan aminokislotalarni tashkil qiladi, 8ta aminokislotalar organizmda sintezlamnaydi, ovqat bilan tayyor holda qabul qilinishi kerak, shuning uchun ular almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalar deyiladi. Almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalardan birortasi ovqatda bo‗lmasa yoki yetarli bolmasa, organizmda oqsil sintezi jiddiy buziladi, manfiy azot muvozanati ro ` y beradi. Odam uchun almashtirib bo‗lmaydigan aminokislotalarga kesin izoleysin, valin, metionin, lizin, treonin, fenilalanin va triptofan kiradi. Oqsillaming aminokislotalar tarkibi har xil bo`lganidan organizmning sintetik ehtiyoji uchun oqsillardan foydalanish imkoniyati ham har xil. Shu munosabat bilan ovqat oqsillarining biologik qiymati degan, tushuncha joriy qilingan, Aminokislotalar tarkibi bilan odam oqsillariga yaqin oqsillardan organizmning o ‘ ziga xos oqsillami sintezlashi oson va samarali bo`ladi. Odam uchun bunday oqsillarni biologik qimmati katta. Shuning uchun ular toia qimmatli oqsillar deyiladi. Toia qimmatli oqsillar go ‘ sht ? tuxum, baliq sut oqsillari. Almashtirib bo‗hmydigan aminokislotalarda bittasi yoki bir nechtasi qaysi oqsilda kam bo"Isa u chala qimmatli oqsil hisoblanadi Sunday oqsil organizmning oqsilga ehtiyojini ta‘minlay olmaydi Chala qimmatli oqsiMarga jelatina. zein (makkajo‗xori oqsili) gliadin ( bug'doy oqsili), gordein (arpa oqsili) kiradi Oqsilga bo`lgan ehtiyoj odamning yoshi jinsi, kasbi, turar joyining iqlimi va boshqa omillarga bog`liq boladi. Sobiq SSSR va chet eilarda o ‘ tkazilgan tadqiqotlar katta odam kuniga 55—60 g oqsil iste‘mol qilganda organizmida azot muvozanati saqlanishi mumkinligini ko'rsatdi. Shu miqdorda oqsil iste‘mol qilishni Jahon sogliqni saqlash tashkiloti (VOZ) mutaxassislari xavfsiz miqdor, deb hisoblashadi. Ammo, stress (iztirob chekish) holatida, bemorda, og‗ir jismoniy ish bajarganda oqsilga bo`lgan talab ortib, 55—60 g oqsil ham organizmning ehtiyojini tola qondira olmasligi mumkin. Shuning uchun oqsilning eng 212 ma‘qul miqdori kuniga kamida 85—90 g bolishi kerak. Bunda katta yoshli odam organizmining oqsilga bo`lgan o ‘ rtacha ehtiyoji 90—100 g, deb belgilangan edi. Iste‘mol qilinadigan oqsillarning 30% ini hayvon oqsillari tashkil qilish kerak. OQSILLAR ALMASfflNUVWING BOSHQARILISHI Oqsillar almashinuvini bir guruh gormonlar amalga oshiradi. Gipofizning somatotrop garment organizmning o‗sish vaqtida a ? zo va to'qimalar massasining ko'payishini ta‘minlaydi. Katta odamlarda u oqsil sintezini ta‘minlaydi. Bu gormon ta‘sirida aminokislotalar uchun hujayralar membranasining olkazuvchanigi oshadi, to ‘ qimalardagi proteolitik fermentlar — katepsinlarning faolligi kamayadi. Qalqonsimon bez gormonlari — tiroksin va triyodtironin oqsillar almashinuviga jiddiv ta‘sir ko‗rsatadi. Malum konsentratsiyada bu gormonlar oqsil sintezini faollab, a‘zolarning o ‘ sishi, rivojlanishini ta‘minlaydi Buyrak usti bezi gormonlari — glyukokortikoidlar to'qimalarda oqsil parchalanishini tezlashtiradi. Jigarda esa bu gormonlar oqsil sintezini kuchaytiradi. YOG‗LAR ALMASHINUVI Yog ‘ va lipoidlar (yog‘simon moddalar — fosfatidlar,sterindar, serebrozidlar va boshqalar) o ‘ zlarining fizikaviy- kimvoviy xossalari asosida bir guruhni tashkil qiladi, ular suvda erimaydi, ammo organik erituvchilarda eriydi (efir, spirt, benzol va boshqalarda). Bu moddalar plastik material va energiya manbai sifatida almashinuvda katta ahamiyatga ega. Lipidlarning plastik roh ularning hujayra membranasining tarkibida ekanligida, Membranalarning ko ‘ pgina xossalari lipidlarga bog`liq. Yog larning energetik roli juda katta. 1 t yog` oksidlanganda ajraladigan energiya miqdori 1 g, uglevod yoki 1 g oqsil oksidlanganda ajraladigan energiya miqdoridan 2 haravar ko ‘ p- Hayvonlarning organizmnda uchraydigan yoglar palmitin, stearin, olein va boshqa yog‘ kislotalarning uchglitseridlaridir. Organizmdagi yog‘ning ko ‘ p qismi yog‘ to'qimasida boladi. Hujayra tuzilmalarnning tarkibida ham ozroq yog` bor. Odam organizmidagj yoglarning umumiy miqdori keng miqyosda o‗zgarib turadi va o ‘ rta hisobda gavda massasining 10-20% ini tashkil etadi, patologik semirishda esa 50% gacha yetishi mumkin. Ovqat bilan iste‘mol qflingan yog ‘ ingichka ichakda yog‘ kisiotalariga va glitseringa parchalanadi. Ichakning epitelial hujayralarida so'rilgan yog` kislotalari va glitserindan neytral yog` qayta sintezlanadi. Uning zarrachalari oqsil va fosfolipid, xolesterindan tuzilgan juda yupqa qobiq bilan qoplanib, xilomikronlar shaklida limfa orqali qonga tushadi. Qondagi yog ‘ to ‘ qimalarda asosan energiya manbayi sifatida sarflanadi. Yog ‘ almashinuvi ayniqsa uglevodalar almashinuviga bog‘liq. Ugdevodlarni ko ‘ p istemol qilish ularning yog ‘ ga aylanishiga va semirib ketishga olib keladi. Neytral yoglar bir-biridan tarkibidagi yog ‘ kislotalar bilan farq qiladi. Asosan to ‘ ymgan yog ‘ kislotalarga ega bo`lgan uchglitseridiamin — hayvon yoglarining — erish harorati nisbatan yuqori, xona haroratida ular qattiq holda bo`ladi. Suyuq yoglarda (o ‘ simlik moylarida) to ‘ yinmagan kislotalar bor. Bu kislotalar, chunonchi linol, linolen va araxidon kislotalar almashtirib bolmaydigan ovqat omillarga kiradi va tayyor holda iste‘mol qilinishlari zarur. Shuning uchun ular vitamin F ham deyiladi. Yoglarda vitamin A, E, D. К lar eriydi, yoglar bu vitaminlarning o ‘ zlashtirilishini 213 osonlashtiradi. Yoglar bilan organizmga bir qator biologak qimmati yuqori moddalar, masalan, fosfatidlar, to ‘ yinmagan yog ‘ kislotalari sterinlar, tokoferollar va boshqalar tushadi. Bu moddalarning fiziologik ahamiyati juda katta. Ular hujayra tuzilishlari tarkibiga, jumladan hujayra membranalari, yadro moddasi va protoplazma tarkibiga kiradi. Nerv to'qimasi ayniqsa fosfatidlarga boy. Sterinlarning, xususan xolesterinning fiziologik ahamiyati g‘oyatda muhim. Buyrak usti bezining po‗stloq qavati gormonlari, jinsiy gormonlar, o ‘ t kislotalari xolesterindan hosil bo`ladi. Vitamin P ham sterinlarga kiradi. Yoglar ovqat ta‘mini yaxshilab, sifatli qiladi. Yoglar tarkida va, yogli masalliqlarda almashtirib bo'lmaydigan omillar bor, Shuning uchun ovqatda yog ‘ yetarli bo`lmasa, jigarda, buyraklarda, miyada degenerativ o ‘ zgarishlar ro ‘ y beradi, MNT faoliyati buziladi, immunitet pasayadi hayvonlarning umri qisqaradi. Hozirgi vaqtda kundalik ovqat tarkibidagi yog ‘ larning eng kam miqdori ovqatdagi umumiy kaloriyaning 10% idan kam bo`lmasligi kerak, degan fikr bor. Katta yoshli odamning yoglarga bo`lgan o ‘ rtacha kundalik ehtiyoji 80—100 g. Shu jumladan o ‘ simlik yog ‘ lari 25-30 g va to'yinmagan yog ‘ kislotalar miqdori 3-6 g bo`lishi kerak. Xolestsrin 1 g, fosfolipidlar 5 g |bolsa kifoya. Kundalik energiya ehtiyojining 33%-yoglar hisobiga qondirilshi kerak. Yoglarga bo`lgan talab iqlimga qarab o'zgaradi. Shimoliv iqlim hududlarida ovqat tarkibidagi yog ‘ lar energiyaga bo`lgan ehtiyojning 38—40% ni, o ‘ rta hududlarda 33%, janubiy hududlarda esa 27—28% bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling