Muqaddima
KO‘ZNING OPTIK TIZIMI VA KO‘Z AKKOMODATSIYASI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
KO‘ZNING OPTIK TIZIMI VA KO‘Z AKKOMODATSIYASI
Shox parda, gavhar va shishasimon tana ko'zning optik tizimini tashkil qiladi. Bu tizimlar ikki yuzasining har qaysisi numi sindiradi. Agar bu nur sinishlarining barchasi eliborga olinsa, ko ‘ zning optik tizimini talqin qilish juda murakkablashib ketadi. Shuni nazarda tutib, masalani soddalashtirish uchun nurlar ko ‘ zning optik tizimidan o ‘ tish jarayonida bir marta sinadi, deb faraz qilinadi Ko ‘ zning optik tizimi narsalarning kichraygan va teskari aniq tasvirini to ‘ r parda hosil qiladi. Uzoqdagi narsalarga qaralganda ko ‘ z optik tizimining umumiy nur sindirish quwati 59 dioptriya chamasida, yaqindagi narsalarga qaralganda 70,5 dioptriyagacha ortadi. Buning sababi shundaki, uzoqdagi narsadan nurlar ko ‘ zga parallel tu- shadi va ularni to ‘ r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish zaruriyati bolmaydi. Yaqin masofadaga jismdan ko ‘ zga tarqoq nurlar tushadi. Ularni to ‘ r pardaga fokuslash uchun kuchli sindirish kerak. Bunga gavhaming qavariqligini oshirish yofli bilan erishiladi. Gavhami qoplagan kapsulaning chetlari sinn boylamlariga o ‘ tadi, ular kipriksimon tanaga birikkan. Sinn boylamlari doim tarang turganidan kapsulani tortib, gavhami siqadi va yassiroq shaklda ushlab turadi. Kipriksimon tanada silliq muskul tolalari bor. Ularning qiqarishi Sinn boylamlarining tarangligini bo'shashtiradi, gavharga bo`lgan bosim kamayadi va u elastikligi tufayli qavariqligini oshiradi. Ko ‘ zning to ‘ r pardadan turli masofada turgan narsalarni ravshan ko ‘ rishga moslashuvi akkomodatsiya dejiladi. Akkomodatsiyani ta‘minlaydigan kipriksimon muskullarni ko ‘ zni harakatlantiruvchi nerv tarkibidagi parasimpatik tolalar nervlaydi. Yosh sog`lom odam ko‗zining uzoqdan aniq ko'rish masofasi cheksiz. Uzoqdagi narsalarni ko ‘ z akkomodatsiya mexanizmini ishga solmasdati ravshan ko'radi. Tiniq ko ‘ rishning eng yaqin nuqtasi ko`zdan 10 sm masofada 10 sm dan yaqin bo`lgan narsani akkomodatsiya mexanizmi juda kuchlanganda ham aniq ko'rib bo`lmaydi. Odamning yoshi ulg'ayishi bilan ko'zning akkomodatsiya kuchi kamaya boradi, yaqindan tiniq ko ‘ rish nuqtasi uzoqlashadi. Bu gavhar elasthgini yo'qotib, Sinn boylamlari bo ‘ shash- ganda о ‗ z qavariqligini yetarli darajada oshira olmasligiga bog‘liq. Bunday holat presbiopiya yoki qarilikda uzoqdan ko'rish deyiladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling