Muqaddima
LOKAL (MAHALLIY) JAVOB VA DEPOLYARIZATSIYANING
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- HARAKAT POTENSIALI
LOKAL (MAHALLIY) JAVOB VA DEPOLYARIZATSIYANING
KRITIK DARAJASI Agar nerv tolasiga qisqa vaqt davomida kuchsiz elektr toki ta‘sir ettirilsa, tola ichidagi elektrod tinchlik potensialining sal o‘zgarganini qayd qiladi. Bu elektrotonik potensialdir. O‘zgarmas elektr toki bilan nerv tolasiga ta‘sir etilganda membrana potensialining o‘zgarishi katod (manfiy elektrod) va anod (musbat elektrod) atroflarida turlicha bo`ladi. Tok ulanganda sirtdan o‘rnatilgan katod tagida depolyarizatsiya kelib chiqadi, bu o‘zgarish katelektroton deyiladi. Shu vaqtning o‘zida anod ostida giperpolyarizatsiya, ya‘ni anelektroton ro‘y beradi. Kuchsiz o‘zgarmas tok ta‘sirida membranada vujudga keladigan katelektrotonik va anelektrotonik o‘zgarishlar sof fizik tabiatga ega bo`lganidan ular potensialning sust (passiv) o‘zgarishlari deyiladi. Ammo bu sust o‘zgarishlar membrana qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir etadi: katelektrotonga uchragan qismida qo‘zg‘aluvchanlik oshadi, anelektrotondagi sohani qo‘zg‘atish qiyinlashadi. Elektr toki kuchi ozroq oshirilsa, bo‘sag‘adan past ta‘sirlash samarasi kuzatiladi: katelektrotonik potensialga yana oz miqdorda depolyarizatsiya qo‘shilib, mahaalliy (lokal) javob shakllanadi. Membrana potensialining bu tarzda o‘zgarishi tarqoq emas, shuning uchun u lokal javob, deb atalgan. Lokal javobning miqdori kritik darajaga yetsa, harakat potensiali vujudga keladi. Ko‘pchilik tolalar uchun membrena potensialining – 70-80 mV dan –50 mV gacha kamayishi kritik daraja hisoblannadi. HARAKAT POTENSIALI Nerv, muskul va ba‘zi hujayralar kuchli ta‘sirlanish natijasida qo‘zg‘aladi, ularda harakat potensiali vujudga keladi. Harakat potensiali membrananing juda qisqa vaqt davom etuvchi aks qutblanishidan iborat. Tola yoki hujayra membranasi qo‘zg‘algan qismining ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan musbat zaryadga ega bo`ladi. Tabiiy sharoitda harakat potensiali membrananing ma‘lum bir nuqtasida vujudga kelib, shu yerdan tarqala boshlaydi. U juda tez ko‘tariluvchi va pastga sekinroq tushuvchi toiqin shakliga ega (3-rasm). Egri chiziqning ko‘tariluvchi qismi membrana potensialining manfiylikdan musbat holatga o‘tishini ko‘rsatadi. 19 Tinchlikda –70 mV bo`lgan nerv tolasining membrana potensiali 0,2-0,5 ms davomida +110 mV ko‘tariladi. Bu harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichi. Odatda depolyarizatsiya membrananing manfiy zaryadi yo‘qolishi bilan cheklanmaydi. Membrana potensiali elektroneytral chiziqdan o‘tib, musbatlashadi. Egri chiziqning bu qismini overshut yoki nishondan o‘tib ketish dayiladi. Depolyarizatsiya cho‘qqisiga yetganda, membrananing musbat zaryadi 30-40 mV ni tashkil qiladi, umuman uning depolyarizatsiyalanish miqdori 100-110 mV ga teng. Bundan keyin repolyarizatsiya bosqichi boshlanadi, membrananing potensiali asli holiga keladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling