Muqaddima
IONLAR NASOSI VA FAOL O’TKAZISH
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
IONLAR NASOSI VA FAOL O’TKAZISH
Membrananing tashqi yuzasida musbat zaryadlar ko‘payishi kaliyning tashqariga chiqishiga to‘sqinlik qiladi, bu ionning hujayra ichida qolishini ta‘minlaydi. Kaliy 17 kationlarining hujayra ichida, natriyning esa tashqarida ko‘p bo`lishini ta‘minlab turadigan boshqa mexanizm ham bor. Bu membrananing natriy-kaliy nasosidir. Membranadagi Na,K- ATF-aza fermenti bu nasosning asosiy qismi. Nasos faoliyati uchun zarur bo`lgan energiya ATF parchalanganda ajraladi. Nasos kaliyni to‘qima suyuqligidan protoplazmaga, natriyni esa ichkaridan tashqariga chiqarib turadi. Ikkala ionning harakati ular kam bo`lgan suyuqlikdan ko‘p bo`lgan suyuqlikka qaratilgan yoki bu harakat konsetratsion gradiyentga qarshi. Shuning uchun jarayon energiya sarfiga muhtoj. Nasos faoliyati uchun energiyadan tashqari kaliy va natriy kerak. Uning tarkibidagi makromolekulalarga (tashuvchilarga) tashqaridan kaliy, ichkaridan natriy birikmasa, nasos ishlarnaydi. Ionlarning konsetratsion gradiyentga qarshi ko‘chirilishi faol o‘tkazish deyiladi. Sxemadan ko‘rinishicha (2-rasm), natriyni hujayradan chiqarilishi kaliy ionlarining hujayra ichiga o‘tkazish bilan bog‘langan. Membranada joylashgan Y tashuvchi makromolekulasi hujayra ichidagi suyuqlikdagi Na + ni o‘ziga biriktirib, Na + Y tashuvchi kompleksni hosil qiladi. Bu kompleks membrananing tashqi yuzasiga yaqinlashganida, undan Na + ajralib, to‘qima suyuqligiga chiqadi. Na + Y tashuvchi kompleks hosil bo`lishi natriy ionlarining konsetratsion gradiyentga qarshi diffuziyalanishiga imkoniyat tug‘diradi. Membrananing tashqi tarafida Y tashuvchi maxsus ferment ta‘sirida X tashuvchiga aylanadi. Enda X tashuvchinin molekulasi tashqi suyuqlikdan kaliyni biriktirib, K + X kompleksini hosil qiladi. U o‘z navbatida, membranada diffuziyalanib, protoplazma tarafiga o‘tadi. Kaliyni ajratib, hujayra ichiga o‘tkazadi. Bu jarayonda sarflanadigan energiya manbai ATF dir. ATF parchalanganda ajraladigan energiya X tashuvchini Y tashuvchiga aylantirishda ishlatiladi. Kaliy va natriy ionlarining bog‘langan holda tashilishi energiya sarfini kamaytiradi. Tinch holatda muskul hujayralari sarflaydigan energiyaning 10-20% kaliy-natriy nasosi faoliyatiga ketadi. Faol tashishning energiyaga muhtoj fermentativ jarayon ekanligi hujayralarni sovutish yoki ularga modda almashinuvini to‘xtatuvchi zaharlar bilan ta‘sir qilish orqali isbot qilingan. Ikkala sharoitda ham hujayra ichiga kiritilgan radioaktiv natriyning (24 Na + ) tashqariga tashilishi to‘xtab qolgan. Kaliy-natriy nasosining membrana potensiali shakllannishidagi ishtiroki, birinchidan,membrananing ikki yuzasi o‘rtasida K + va Na + miqdoridagi farqni saqlab 18 turishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan, uning o‘zi ham potensial hosil qiladi. Gap shundaki, nasos yordamida hujayradan tashqariga chiqarilgan har uchta natriy ioniga hujayraga kiritilgan ikkita kaliy ioni to‘g‘ri keladi. Bu hol tashqarida musbat zaryadlar ko‘payishiga, membrana potensiali oshishiga olib keladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling