Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

UMUMIY FIZIOLOGIYA 
ASOSIY FIZIOLOGIK TUSHUNCHALAR 
Fiziologiya organizm faoliyatlarini o‘rganar ekan, birinchi galda fiziologik 
tushunchalar numani bildirishini aniqlab olish kerak. 
ORGANIZM VA TASHQI MUHIT 
Dunuodagi tirik mavjudotlarning hammasi, jumladan odam ham, organizm deyiladi. 
Organizm o‘zi mustaqil yashay olishi, o‘z-o‘zini boshqarishi, yashashi uchun 
moslashgan tashqi muhit o‘zgarishlariga tegishlicha javob berish qobiliyatiga ega 
bo`lishi kerak.


11 
Organizmning tashkil topishi molekulyar (viruslar), hujayra, to‘qima, a‘zo, a‘zolar 
tizimi darajasida bo`lishi mumkin.
Organizm rivojlanishning qaysi pog‘onasida bo`lmasin, u muayyan muhitda yashaydi, 
tashqi muhit o‘zgarishlari organizmga, organizm esa ma‘lum darajada muhitga o‘z 
ta‘sirini o‘tkazadi.
Tirik organizmlarning va tashqi muhit o‘zaro aloqadorligining eng muhimi ular 
o‘rtasidagi modda almashinuvidir. Organizm moddiy va energetik sarflarni qoplash 
uchun tashqi muhitdan organik va anorganik moddalarni qabul qilib turishi shart. 
Har bir tirik mavjudot bu moddalarni o‘ziga xos o‘zlashtiradi, o‘zgartiradi va hosil 
bo`lgan qoldiq moddalarni chiqarib tashlaydi. 
Modda almashinuvi assimilyatsiya va dissimilyatsiya, degan ikkita jarayonning birligi 
hisoblanadi. Tashqi muhitdan qabul qilingan moddalarni organizmning o‘zlashtirishi, 
oddiyroq kimyoviy moddalardan murakkabroq birikmalar hosil qilishi, tirik materiya 
yaratilishi assimilyatsiya dayiladi. Hujayralar tuzilmalari, ularni tashkil qiluvchi 
murakkab organik moddalarning parchalanishi, tirik materiyaning yemirilishi 
dissimilyatsiya deb ataladi.
Assimilyatsiya va dissimilyatsiya bir-biriga qarama-qarshi, ammo o‘zaro 
chambarchas bog‘langan jarayonlardir. Balog‘atga yetgan sog organizmda bu jarayonlar 
o‘rtasida ma‘lum muvozanat saqlanib turadi. O‘sayotgan hayvonlarda va kasallik 
holatlarida bu muvozanat buzilib, bir jarayon ikkinchisiga nisbatan zo‘rayishi mumkin. 
Sodda, kichik organizmlarni tashkil qiluvchi hujayralarning deyarli hammasi tashqi 
muhit bilan bevosita aloqada bo`ladi. Shuning uchun tashqi muhitdagi o‘zgarishlar 
bunday organizmlar faoliyatiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Ularning tashqi muhit 
o‘zgarishlariga moslashib, o‘z faoliyatini saqlab qqolish qobiliyati cheklangan. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling