Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSKULNING YAKKA QISQARISHI
QISQARISH TURLARI Tabiiy sharoitda nerv orqali muskulga yetib kelgan impuls muskul tolalarida harakat potensiali hosil qiladi, bu potensial tarqalib, qisqarishni ta‘minlovchi mexanizmlarni ishga soladi. Nerv-muskul preperetida muskul qisqarishi uchun mavjud sharoitga qarab ikki turdagi: izometrik va izotonik qisqarishlar tafovut qilinadi. 6- расм. Якка қисқаришларнинг қўшилиши. • Ту,Т^—биринчи ва иккинчитаьсиротлар. Agar muskul qisqargan vaqtda uning tolalari kaltalashsayu, ammo tarangligi deyarli o‘zgarmasa, izotonik qisqarish sodir bo`ladi. Izotonik qisqarish muskul yuk ko‘tarmaganda kuzatiladi. Muskul qo‘zg‘alib, qisqarganda tolalari kaltalanishiga sharoit bo`lmasa, masalan muskulning ikki uchi qimirlarnaydigan qilib bog‘langan bo`lsa, qisqarish vaqtida tolalarining tarangligi oshadi. Bu izometrik qisqarish deyiladi. Bu xil qisqarishni muskulga juda og‘ir yuk ortilganda kuzatish mumkin. Organizmda muskullar qisqarishi hech qachon sof izotonik yoki sof izometrik qisqarish tarzida o‘tmaydi. Masalan, qoini tirsak bo‘g‘imida bukuvchi muskul yuksiz harakat qilsada, u bo‘g‘imdagi qolni yozuvchi muskul qarshiligiga uchraydi va uning tarangligi oshadi. Bir butun organizmda faollik ko‘rsatayotgan muskullarning qisqarishlari boshqacha tasnif qilinadi: 1) izometrik qisqarish – ko‘tarilgan yukni bir nuqtada ushlab turish; 2) konsentrik qisqarish – muskulning yuk ko‘tarib, kaltalanishi; 3) ekssentrik qisqarish – ko‘tarilgan yukni pastga sekin tushirishda muskulning uzayishi. MUSKULNING YAKKA QISQARISHI Ajratilgan yakka muskul tolasiga yoki bu tolalardan tashkil topgan yaxlit muskul rag‘batlantirilsa, yakka qisqarish sodir bo`ladi. Miograf yoki optik usulda yozib olingan yakka qisqarishning egri chizig‘ida uchta bosqichni ajratish mumkin: qisqarishning latent davri, qisqarish bosqichi va bo‘shashish bosqichi (5-rasm). Ta‘sirot berilgan lahzadan qisqarish boshlanguniga qadar biroz vaqt o‘tadi – bu latent (yashirin) davrdir. Mexanik uskunalar yordamida qayd qilingan miogrammada u taxminan10 ms davom etadi. Optik yoki elektron asboblarda qayd qilingan yakka qisqarishning latent davri ancha qisqa – 7- расм. Якка қисқаришларнинг импульслар частотаси ортиши билан тишли ва силлиқ тетанусга ўтиши 25 2,5 ms atrofida. Ana shu vaqt muskul muskul tolalarida harakat potensiali boshlanib, uning qisqarishi uchun zarur bo`lgan miqdorga (40 mV) yetishiga sarflanadi. Baqaning ajratilgan muskulini qisqarish bosqichi 50 ms, bo‘shashish bosqichi ham 50 ms. Demak, bu muskulning yakka qisqarishi umuman 110 ms davom etadi. Issiq qonli hayvonlar ko‘ndalang targ‘il muskullarining yakka qisqarishi 100 ms dan kam davom etadi. Yakka muskul tolasining qisqarish amplitudasi (kuchi) ta‘sirot kuchiga bog‘liq emas: tola ―Bor yoki yo‘q‖ qonuniga rioya qiladi. Ammo yaxlit muskulning qisqarish kuchi ta‘sirot kuchiga bog‘liq. Bo‘sag‘a kuchiga ega bo`lgan impuls ta‘sirida boshlangan qisqarish elektr tokining kuchi oshishi bilan ma‘lum chegarada o‘z amplitudasini oshirib boradi. Bu muskulning turli qo‘zg‘aluvchanlikka ega bo`lgan tolalardan tuzilganiga bog‘liq. Bo‘sag‘a kuchiga ega bo`lgan impuls eng yuqori qo‘zg‘aluvchan tolalarni qo‘zg‘atib, qisqartiradi. Ular uncha ko‘p bo`lmaganidan qisqarish kuchsizbo`ladi. Impuls kuchining oshirilishi qo‘zg‘aluvchanligi pastroq bo`lgan boshqa tolalarni ham qo‘zg‘atib, qisqartiradi, qisqarish amplitudasi ortadi. Va, nihiyat, impulslar kuchi muskul tarkibidagi hamma tolalarni qo‘zg‘atadigan darajaga yetadi, qisqarish amplitudasi cho‘qqisiga chiqadi. Bundan keyin rag‘bat kuchini oshirish qo‘shimcha natija bermaydi. Muskul uzoq vaqt davomida ta‘sirlanib turgudek bo`lsa, charchaydi, yakka qisqarish egri chizig‘ining shakli o‘zgaradi: bo‘shashish fazasi juda cho‘zilib ketadi. Qisqargan muskulning o‘ta sekin bo‘shashishi kontraktura deyiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling