Muqaddima
TA’SIROTNING BO’SAG’A KUCHI, REOBAZA VA XRONAKSIYA
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
TA’SIROTNING BO’SAG’A KUCHI, REOBAZA VA XRONAKSIYA
Membrana potensialini kritik darajaga o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo`lgan ta‘sirot kuchi ta‘sirot bo‘sag‘asi deyiladi. Bo‘sag‘a miqdoridan kuchsizroq bo`lgan ta‘sir bo‘sag‘adan past, bo‘sag‘a miqdoridan kuchliroq bo`lgan rag‘batlar esa bo‘sag‘adan yuqori ta‘sirlovchi deb ataladi. Bo‘sag‘aning mutloq miqdori qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarning xossalariga va fiziologik holatiga, ta‘sirot berish usuliga bog‘liq. Ta‘sirot bo‘sag‘a kuchiga ega bo`lsada, juda qisqa vaqt ta‘sir etsa, qo‘zg‘alish ro‘q bermaydi. Demak, qo‘zg‘alish vujudga keltiradigan ta‘sirot, birinchidan, eng kam (bo‘sag‘a) kuchga ega bo`lishi kerak, ikkinchidan, u ma‘lum qqisqa vaqt davomida ta‘sir etishi zarur. Elektr tokining qo‘zg‘alish paydo qiladigan eng kam kuchi reobaza deyiladi. Bir reobazaga teng elektr toki bilan ta‘sirlab, harakat potensiali olish uchun zarur bo`lgan eng kam vaqt foydali vaqt, deb ataladi. Bo‘sag‘a kuchi bilan ta‘sirlash vaqtida foydali vaqtdan ko‘paytirish paydo bo`lgan qo‘zg‘alishni miqdoriga ta‘sir qilmaydi – demak vaqtni uzaytirish befoyda. Ma‘lum chegarada tokni kuchaytirish vaqtning qisqarishiga olib keladi. Amalda foydali vaqtni aniqlash qiyin, chunki reobaza miqdori membrenaning faoliy holatiga bog‘liq holda o‘z-o‘zidan o‘zgarib turadi. Shu sababdan, boshqa shartli miqdorni – xronaksiyani aniqlash rasm bo`lgan. Xronaksiya – ikki reobazaga teng elektr toki bilan to‘qimaga ta‘sir etib, uni qo‘zg‘atish uchun sarflangan eng kam vaqtni bildiradi. ―Bor yoki yo‘q qonuni‖. Bo‘sag‘adan past ta‘sirotlar uzoq vaqt davom etsa ham qo‘zg‘alishga sabab bo`la olmaydi (samara yo‘q); bo‘sag‘a kuchiga ega bo`lgan ta‘sirot esa eng katta miqdordagi qo‘zg‘alishni vujudga keltiradi (samara bor). Bu qonun yakka nerv yoki muskul tolalarida mikroelektrodlar yordamida potensiallar qayd qilinganida yaqqol ko‘rinadi. Shuni esda tutish kerakki, ―Yo‘q‖, yani bo‘sag‘adan past kuchga ega bo`lgan stimul ham membranada ma‘lum o‘zgarishlarni, masalan, lokal javobni sodir qiladi. ―Bor‖ning miqdori ham o‘zgarmas emas - qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarning faoliy holatiga qarab u ma‘lum chegarada oshib yoki kamayib turadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling