Muqaddima
KO’NDALANG TARG’IL MUSKULLARNING XOSSALARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSKUL QO’ZG’ALUVCHANLIGI VA O’TKAZUVCHANLIGI
KO’NDALANG TARG’IL MUSKULLARNING XOSSALARI
Odamning va umurtqali hayvonlarning kondalang targ‘il muskullari uchta asosiy xossaga ega, bular: 1) qo‘zg‘aluvchanlikka, ya‘ni membranani ionlar uchun o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, ta‘sirotga harakat potensiali vujudga keltirish bilan javob berish qobiliyati; 2) o‘tkazuvchanlikka, ya‘ni harakat potensialini tola bo‘ylab tarqatish qobiliyati; 3) qisqaruvchanlikka, ya‘ni qo‘zg‘alish natijasida kaltalanish yoki o‘z tarangligini o‘zgartirish qobiliyati. Yaxlit muskul xossalarini o‘rganishda sovuqqonli hayvonlarning nerv-muskul preperatidan foydalanish qulay. Bu preperat oddiy sharoitda, muhit harorati va kislorod bilan ta‘minlanish mo‘tadil bo`lmaganda ham uzoq vaqt faol holatda bo`ladi. Qurib qolishning oldini olish uchun fiziologik eritma bilan ho;llab turilsa, bas. Odatda baqaning boldor muskuli va uni nervlovchi quymich nervidan foydalaniladi. Muskulning qisqarishi miograf yordamida kimografdagi qog‘ozga (yoki boshqa qayd qiluvchi narsaga) yoziladi, ta‘sirlovchi sifatida kuchi, davom etish vaqti, chastotasini osonlik bilan o‘zgartirish mumkin bo`lgan elektr toki qulay. Preperet muskuli odatda nervga tok bilan ta‘sir qilib (vositali yoi bilan) yoki bevosita o‘ziga ta‘sir qilib qo‘zg‘atiladi, yohud qisqartiriladi. Muskulning elektr faolligi unga o‘rnatilgan (sanchilgan) elektrodlar yordamida kuchaytirgichlarga uzatib, keyin magnit yoki foto tasmaga yozib olish mumkin. Mikroelektrodlar yordamida yakka muskul tolasida hosil bo`ladigan potensiallar qayd qilinadi. MUSKUL QO’ZG’ALUVCHANLIGI VA O’TKAZUVCHANLIGI 5-RASM BAQA мускули изотоник якка қисқаришининг згри чизиғи. Т—тзъсирот; Л--лгтент давр, kritik darajasi bir xilda –50 mV. Demak, nerv tolasini qo‘zg‘atish uchun uning membranasini 20 mV ga depolyarizatsiyalash kifoya bo`lsa, muskul tolasida harakat potensialini paydo qilish uchun uning membranasini 40 mV ga depolyarizatsiyalash zarur. Shuning uchun muskul tolasini qo‘zg‘atadigan elektr tokining bo‘sag‘a kuchi nerv tolasini qo‘zg‘atadigan bo‘sg‘adan ancha ko‘p. 24 Muskul tolalarida harakat potensialining amplitudasi 120-130 mV ni tashkil qiladi. Uning davomi tez muskullarda taxminan 1 ms, sekin muskullarda 2-3 ms. Taraqqiy etgan nuqtadan bu potensial tola bo‘ylab ikki tomonlarna 3-5 m/s tezlikda o‘tkaziladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling