Muqaddima
QO’ZG’ALISHNING NATRIY-KALIY
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSKUL FIZIOLOGIYASI 23
QO’ZG’ALISHNING NATRIY-KALIY
NASOSIGA TA’SIRI Kalmarning gigant aksonida har bir harakat potensiali vujudga kelishi membrananing kvadrat mikron yuzasidan 20000 natriy ionlari ichkariga o‘tishi va shuncha kaliy ionlari tashqariga chiqishiga olib keladi. Bu miqdor aksondagi ionlar umumiy miqdoriga nisbatan juda oz. Ammo tabiiy sharoitda nerv tolalariga impulslar chastotasi yuqoriligini (sekundiga 100-500 impuls) e‘tiborga olsak, davomli ta‘sirlash membrana atrofidagi ionlar konsentratsiyasidagi farqning yo‘qoloshiga olib kelishi mumkin edi. Tirik hujayrada bu farq saqlanib qoladi, chunki qo‘zg‘alish natriy-kaliy nasosining faolligini oshiradi. Nasosning faollanishi protoplazmada natriy miqdori ko‘payishiga bog‘liq. Nasos ishi jadallashishi natijasida natriy hujayradan tashqariga haydaladi, kaliy esa ichkariga o‘tkaziladi. Natijada ionlar miqdoridagi membrana atrofidagi farq tiklanadi. O‘tkazish faol tashilish mexanizmi asosida sodir bo`lgani uchun energiya sarfi oshadi, makroergik fosfatlar parchalanishi va qayta sintezlanishi tezlashadi, issiqlik ajralishi ko‘payadi va h.k. MUSKUL FIZIOLOGIYASI 23 Muskullar kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga va issiqlikka aylantiruvchi a‘zolardir. Umurtqali hayvonlarda skeletning ko‘ndalang targ‘il muskuli, yurakning ko‘ndalang targ‘il muskuli va ichki a‘zolarning, qon tomirlarning hamda terining silliq muskullari tafovut qilinadi. Ko‘ndalang targ‘il muskullar birinchi galda tana va qismlarining fazodagi harakatlarini, ko‘z harakatlarini, chaynash va boshqa faoliyatlarni bajaradi. Skeletning ko‘ndalang targ‘il muskullari inson idrokiga bo‘ysunadi, ular yordamida ixtiyoriy harakatlar bajariladi. Bu muskullar faoliyati MNT tomonidan toiiq boshqarilib turadi. Silliq muskullar asosan ichki a‘zolar harakatlarini ta‘minlaydi. Ular avtomatiyaga ega bo`lib, ko‘proq kavak a‘zolar devorida joylashgan. Intramural yoki metasimpatik nervlar chigali tomonidan boshqariladi. Silliq muskullar faoliyatini ixtiyoriy ravishda o‘zgartirib bo`lmaydi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling