Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
HARAKAT BIRLIKLARI
Skeletning ko‘ndalang targ‘il muskullari miya stvoli va orqa miyadga motoneyronlar tomonidan nervlanadi. Bu neyronlarning aksonlari shoxlanib, bir nechta muskul tolasiga yetib keladi va ularda mioneyronnal sinapslar hosil qiladi. Bir motoneyron va u nervlaydigan muskul tolalari majmuasi harakat birligini tashkil qiladi. Turli muskullarning harakat birligiga kiradigan muskul tolalarining o‘rtacha sonida katta farq bo`lishi mumkin. Masalan, odamning ko‘z soqqasi muskullarida harakat birligi 10 toladan kam, qoi barmoqlari muskullarida 10-25 toladan iborat bo`lsa, boldir muskullarida har bir harakat birligi 2000 va undan ko‘p tolalardan tashkil topgan. Keltirilgan misollardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, muskul bajaradigan harakatlar qanchalik aniq va uyg‘un bo;lsa, undagi harakat birliklari shunchalik oz tolalardan tuzilgan bo`ladi. Harakat birliklari faqat o‘zi qamrab olgan tolalar soni bikan emas, ularning sifati bilan ham bir-biridan farq qiladi. Bu tolalar tez qisqaruvchi va sekin qisqaruvchi bo`lishi mumkin, Shunga yarasha tez va sekin harakat birliklari ajratiladi. Sekin harakat muskullarining qisqsrishi 100 ms dan ko‘proq davom etadi, tez birliklar esa 10-30 ms davomida qisqarib bo`ladi. Ba‘zi bir muskulla asosan tez birliklardan tuzilgan (masalan, ko‘z soqqasi muskullari), boshqalari esa – asosan sekin harakat birliklarining yig‘indisi (masalan, boldir myskuli). Bular tez va sekin muskullardir. Muskullarning ko‘p qismi aralash muskullardir. Ular tarkibida ham tez, ham sekin harakat birliklari mavjud. Harakat birliklarining fiziologik xossalari ular tarkibidagi tolalarning qisqarish tezligiga bog‘liq. Asosan sekin tolalardan tashkil topgan boldir muskuli unga ta‘sir qiluvchi impulslar chastotasi sekundiga 10-15 marta bo`lganda silliq tetanik ravishda qisqaradi. Tez harakat birliklaridan iborat bo`lgan barmoq muskullarini tetanik holda qisqartirisgh uchun chastotasi yuqorroq, taxminan sekundiga 50 marta bo`lgan impulslar zarur. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling