Muqaddima
MUSKULLARNING ISHI VA KUCHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
MUSKULLARNING ISHI VA KUCHI
27 Muskulning qisqarish (kaltalanish) darajasi doimiy kuchga ega bo`lgan impulslar ta‘sirida turlicha bo`lishi mumkin. Bu muskulning morfologik xossalariga va fisiologik holatiga bog‘liq. Qisqarishdan oldin muskul tolalari o‘rtacha taranglashgan bo`lsa, ularning keyingi qisqarishi kuchliroq bo`ladi, ko‘p cho‘zilgan muskul sekin qisqaradi. Uzun muskullar kaltalariga nisbatan kuchliroq qisqaradi. Charchash jarayoni rivojlanishida muskul qisqarishi borgan sari susayib ketadi. Muskul kuchini u ko‘tara oladigan yukning eng yuqori miqdori belgilaydi. Muskullarning kuchi juda katta bo`lishi mumkin. Masalan, itning jag‘ muskullari gavda vaznidan 8,3 baravar ortiq yukni ko‘tarishi mumkin. Odamning ham bu muskuli kuchli – uning yordamida sirk artistlari katta yuk avtomobilini joyidan siljitishadi.Yakka muskul tolasi 100-120 mg ga teng taranglik hosil qilishi mumkin. Muskulda tola soni qanchalik ko‘p bo`lsa, uning kuchi shunchalik ko‘p bo`ladi. Demak, muskulning ko‘ndalang kesimi katta bo`lsa,u o‘z ichiga ko‘p tolalarni qamrab oladi va uning kuchi ko‘p bo`ladi. Bu gap tolalari uzunasiga yotgan muskullarga tegishli. Duksimon va patsimon muskullarning kuchi ularning geometrik ko‘ndalang kesimiga emas, funksional ko‘ndalang kesimiga bog‘liq (8-rasm). Tolalar yo‘nalishi qiyshiq bo`lgan muskullar tolalariga perpendikulyar bo`lgan funksional ko‘ndalang kesimi muskulning umumiy uzun o‘qiga perpendikulyar bo`lgan geometrik ko‘ndalang kesimidan ancha ortiq bo`lishi mumkin. Shu sababdan, patsimon muskulning kuchi umumiy yo‘g‘onligi teng bo`lgan parallel tolali muskulnikidan ancha ortiq bo`ladi. Mexanik ishni muskul faqat izotonik ravishda qisqargan vaqtda bajaradi. Bu sharoitda qisqaruvchi apparat avvaliga paylari cho‘zilib, tarangligini oshiradi, keyin yukni ko‘taradi. Bajarilgan ish miqdori yuk massasiga va u ko‘tarilgan balandlikka bog‘liq. Bu bog‘lanishni quyidagi formula ifodalaydi: A=P x h. P – yuk yoki h – balandlik nolga teng bo`lsa, bajarilgan ish – A ham nolga teng bo`ladi. Demak, muskul yuksiz qisqarsa, yoki unga ko‘tarib bo`lmaydigan yuk ortilsa, ish bsjsrilmsydi. Muskul eng ko‘p miqdordaagi ishni o‘rtacha yuk ko‘targanda bajaradi. Bu qoida o‘rtacha yuk ortish qoidasi deb ataladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling