Muqaddima
NEYRON VA GLIAL HUJAYRALAR FIZIOLOGIYASI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
NEYRON VA GLIAL HUJAYRALAR FIZIOLOGIYASI
Neyron nerv tizimining asosiy faoliy birligidir. Odamning miyasida 25 milliardga yaqin neyronlar mavjud. Periferik nerv tizimiga kiruvchi tugunlarda nerv hujayralar soni 25 million chamasida. Neyronlar bir-biridan o‘z shakli va katta-kichikligi bilan faarq qiladi. Ammo, u qaysi shaklda va kattalikda bo`lmasin, tuzilishi bo‘yicha to‘rt qismga bo`linadi. Neyronlarda tana (soma), dendritlar, akson va aksonning sinapsoldi oxirgi tarmoqlari tafovut qilinadi (12 rasm). Neyron tanasida yadro, ribosomalar, endoplazmatik retikulum, Golji apparati, mitoxondriyalar joylashgan. Bu organellalar hujayraning hayotiy faoliyatini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, neyron tanasida murakkab yuqori molekulyar moddalar sintezlanib, dendritlar va akson bo‘ylab o‘tkaziladi. Neyron tanasidan odatda bir nechta dandrit va bitta akson boshlanadi. Dendritlar kalta, ammo ko‘p va sershox bo`lganidan, membranasi ancha katta yuzaga ega. Bu membranada juda ko‘p sinapslar joylashgan. Dendritlarning asosiy ishi ta‘sirotlarni qabul qilish va paydo bo`lgan impulslarni somaga o‘tkazishdan iborat. Akson esa nerv impulslarining somadan ishchi a‘zoga yoki boshqa neyronlarga yetkazilishini ta‘minlaydi. Dendritlar ta‘sirotlani qabul qilishga ixtisoslashgan. Shuning uchun oxirgi tarmoqlari membranasida ma‘lum kimyoviy moddalarga sezgir maxsus oqsil moddalar – retseptorlar ko'p. Tuzilishi ancha murakkab bo`lgan maxsus retseptorlar ham uchraydi. 36 12-расм. Нейршг тузилиши. 1— тана Ссома), 2—аксон, 3—дендритлар, 4—миелйн парда, 5—Ранвье бўталмаси, 6—ядро, 7—микронайчалар, 8—митохондрия, 9—аксо-сома- тик сивапс ва сйнаяс пуфакчалари-, 10—оошқв нейроншшг аксоняари, 11— аксо-аксонал синапс, 12—Гсльжи аппарати . Aksonlarning oxirgi tarmoqlarida maxsus organellalar – sinaptik pufakchalar mavjud. Pufakchalarda qo‘zg‘alishning o‘tkazilishini ta‘minlovchi moddalar – vositachilar (mediatorlar) bor. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling