Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

KIMYOVIY SINAPSLAR 
Kimyoviy sinapslar yirig‘i ancha keng (10-40 nm) va yuqori elektr qarshilikka ega 
bo`lgani uchun elektr impulslar o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Impulslar bu to‘siqdan maxsus 
kimyoviy vositachi – mediator yordamida o‘tishi mumkin. 
Oldindan sintezlanib qo‘yilgan mediator aksonning presinaptik oxiridagi sinaptik 
pufakchalarda saqlanadi. Har bir pufakchada 20 mingga yaqin mediator molekulasi bor. 
Bu miqdor mediatorning bir kvantini tashkil qiladi. Nerv impulsini aksonning sinaps oldi 
oxirlariga yetib kelishi, pufakchalar yorilib, mediatorni sinaps yirig‘oga ajralishiga sabab 
bo`ladi. 
Hozir mediator deb ataladigan moddalarning kimyoviy tuzilishi har xil. Atsetilxolin, 
dofamin, noradrenalin, serotonin, gistamin mediatorlarning monoamin guruhini tashkil 
qiladi. Ba‘zi aminokislotalar ham mediator rolini o‘taydi. Bularga GAMK (gamma-
aminomoy kislota), glutamin kislota, glitsin va taurin kiradi. Bu moddalarning hammasi 
musbat zaryadli azot atomiga ega. Organizmda keng tarqalgan ATF ning ham 
mediatorlik qoboliyati bor. Oxirgi vaqtda anchagina neyropeptidlarni ham (AKTG, 
endorfin, enkefalin, P modda va boshqalar) mediatorlar, deb hisoblashyapti. 
Sinapslar qo‘zg‘alishni o‘zidan o‘tkazishi uchun zarur bo`lgan meditorga qarab 
xolinergik, adrenergik, GAMK-ergik, serotoninergik va boshqalarga bo`linadi. 
Bir neyron odatda bitta mediatorni sintezlaydi. Ammo bu qoidadan mustasnolari 
ham bor. Ikkita mediator moddani (atsetilxolin+ATF yoki atsetilxolin+peptid) sintezlab, 
undan foydalanishi mumkin sinapslar ham mavjud. 
Ba‘zi bir sinapslarda presinaptik membranani postsinaptik membrana bilan bog‘lab 
turuvchi juda ingichka tolalar topilgan. Tolalar mediator molekulalarini sinaps yirig‘idan 
o‘tish tezligini boshqarib turadi, degan tamin bor. 
Qo‘zg‘alishning 
sinapsdan o‘tishida postsinaptik membranada joylashgan 
meditoplarga sezgir retseptorlarning ahamiyati katta. Har qaysi mediatorning mahsus 
retseptori bor. Ular ichida atsetilxolinga sezgir xolinoretseptorlar ko‘proq tekshirilgan. 
Alohida olingan xolinoretseptorlar membranani teshib o‘tgan beshta murakkab oqsil 
molekulalari yig‘indisidan iborat. Bu molekulalar yonma-yon zich qilib aylana shaklida 


44 
taxlangan beshta qalarnga o‘xshayda. Oqsilning o‘rtasida ionlar, masalan, natriy o‘tishi 
mumkin bo`lgan kanal bor. Sinapsdan o‘tadigan impulslar bo`lmaganida, kanal yopiq 
turadi. 
Retseptor yiqindisidagi oqsillarning sinaps yirig‘iga qaragan uchida atsetilxolin bilan 
o‘zaro bog‘lanadigan ikkita kontakt maydoncha mavjud. Sinapsga yetib kelgan impuls 
ta‘sirida ajralgan atsetilxolin molekulasi sinaps yirig‘idan o‘tib, kontakt maydonchaga 
yopishadi. Sinapsdan yakka impuls o‘tayotgan vaqtda 8000 ta xoliniretseptor ishga 
tushadi. Natijada ion kanali ochilib,hujayra ichiga qaratilgan natriy oqimi jadallashadi. 
Bu oqim 1 ms davom etadi, kanal berkiladi, kontakt maydonchadan uloqtirilgan 
atsetixolinni xolinesteraza fermenti bir zumda parchalab tashlaydi. 
Qo‘zg‘alishning kimyoviy sinapsdan o‘tish boshqichlari quyidagicha. Aksonning 
presinaptik kengayishiga yetib kelgan impuls presinaptik membranadagi kalsiy 
kanallarini ochadi. Kalsiy ionlari hujayralararo suyuqlikdan ichkariga, sinaptik 
pufakchalar joylashgan yerga o‘tadi va pufakchalarni presinaptik membrana bilan 
qoshilib, yorilishiga sabab bo`ladi. Bir vaqtning o‘zida 100-200 ta pufakcha yorilib, 
sinaps yirig‘iga 1-2 million atsetilxolin molekulasi o‘tadi. Atsetilxolin postsinaptik 
membranadagi xolinoretseptorlar bilan birikib, ion kanallarining ocholishini va juda 
jadal, ammo juda qisqa vaqt davom etuvchi natriy oqimini yuzaga keltiradi. Bu oqim 
membranani qisman (chegaralangan) depolyarizatsiyalanishiga olib keladi. Bunda 
qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensial (QPSP) vujudga keladi. QPSP ko‘pchilik 
neyronlarda 5 ms davom etadi, uning amplitudasi 20 mV dan oshmaydi. Postsinaptik 
membranada potensial bilan bbog‘liq bo`lgan (potensial ta‘sirida ochiladigan) natriy va 
kaliy kanallari yo‘q. Shuning uchun bu yerda harakat potensiali shakllanmayda. Ammo 
postsinaptik membranada hosil bo`lgan QPSP neyron membranasining boshqa 
qismlariga tarqalib, harakat potensialining taraqqiy etisiga olib keladi. O‘z vazifasini 
bajarib bo`lgan mediatorni maxsus ferment parchalayda yoki u endotsitoz yo`li bilan 
sinaptik pufakchaga qaytadi. 
Tormozlovchi sinapslarda mediator sifatida GAMK, glitsin, serotonin va boshqa 
moddalar xizmat qiladi. Ammo ma‘lum mediator, masalan, atsetilxolin bir sinapsda 
qo‘zg‘alishni rivojlantirsa, bboshqa bir sinapsda tormozlanishni yuzaga keltirishi 
mumkin. Akson orqali tormozlovchi sinapsga yetib kelgan impuls mediatorning 
ajralishiga olib keladi. Postsinaptik membranadagi retseptor bilan mediatorning birikishi 
kaliy va xlor kanallarini ochadi. Musbat kaliy ionlarining hujayralardan chiqishi va ayni 
vaqtning o‘zida manfiy xlor ionlarining ichkariga o‘tishi membranani giperpolyarizatsiya 
holatiga olib keladi. Tormozlovchi postsinaptik potensial (TPSP) ro‘yobga chiqadi. Endi 
bu neyronning qo‘zg‘aluvchanligi odatdagidan past bo`ladi. 
Keltirilgan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kimyoviy sinaps o‘z vazifasini bir 
me‘yorda bajarishi uchun faqat mediatorning o‘zi emas, balki mediator tizimi mavjud 
bo`lishi kerak. Bu tizim uch qismdan iborat bo`ladi: a) mediatorni sintezlovchi ferment 
yoki fermentlar; b) mediator moddaning o‘zi; v) mediatorni sinaps yirig‘idan 
yo‘qotuvchi mexanizm (ferment yoki endotsitoz). Atsetilxolinning mediator tizimini 
misol qilib ilsak, unga atsetilxolinni sintezlovchi ferment – xolinatsetilaza, 
atsetilxolinning o‘zi va uni parchalovchi ferment – xolinesteraza kiradi. Bu tizimning 
biror qismi shikastlansa, qo‘zg‘alishning sinapsdan o‘tishi buziladi. Nerv tizimi 
faoliyatini kuchli o‘zgartiruvchi ko‘pgina dorilarning ta‘sir mexanizmi mediator 
tizimining biror qiismini shikastlashdan iborat. 


45 
Kimyoviy sinapslarning o‘ziga xos xossalari quyidagilardan iborat. Qo‘zg‘alishni bir 
tarafga – presinaptik membranadan postsinaptik membrana tomon o‘tishi. 
Qo‘zg‘alishning sinapsda to‘xtab o‘tishi. Ana shu to‘xtalib o‘tish mediatorning 
pufakchadan ajralib, sinnaps yirig‘iga o‘tishi va postsinaptik membranadagi retseptor 
bilan birikishiga ketgan vaqtga teng (0,2-0,5 ms). Sinapslarning labilligi past, ulardan 
sekundiga faqat 100-150 ta impuls o‘tishi mumkin. Nerv tolasining labilligi, masalan, 
sekundiga 500-1000 ta impulsni tashkil qiladi. Sinapslarda ularga yetib kelgan impulslar 
chastotasi transformatsiyaga (o‘zgarishga) uchraydi. Sinapsga yetib kelgan va undan 
chiqqan impulslar soni odatda teng bo`lmaydi. Sinapslarning ba‘zi fiziologik faol 
moddalarga, dorilarga va zaharlarga sezgirligi yuqori. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling