Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
Qo'zg'alishning
nervda ajratib o'tkazilish qonuni. Periferik nerv tarkibidaharakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ tolalar bor. Bu tolalar orqali bir vaqtning o'zida chastotasi bo'yicha farq qiladigan turli yo'nalishdagi impulslar o'tadi. Agar impulslar bir toladan ikkinchi tolaga o'tadigan bo'lganida a'zolar to'g'ri faollik ko'rsata olmas edi. Tolalarni qoplagan Shvann va miyelin pardalar yuqori elektr qarshilikka ega bo'lganidan, tolalarni ajratib turadi. Bu qonunni isbotlash uchun baqaning orqa miya ildizlari ajratiladi. Bu ildizlar qo'shilib, muskulni nervlovchi stvolni hosil qiladi. Butun nerv stvoli elektr toki bilan ta'sirlansa, muskulning hamma qismi qisqaradi. Nerv stvolini tashkil qiluvchi tolalar alohida-alohida ta'sirlansa, muskulning faqat shu ildiz tarkibidagi tolalar nervlovchi qismi qisqaradi. Qo'zg'alishning nervda ajratib o'tkazilishi impulslarning o'z manziliga bexato yetib borishini va a'zolar faoliyatining aniq boshqarilishini ta'minlaydi. Nerv tolalarini qoplagan pardalar yaxshi izolyator bo'lgani bilan, qo'zg'algan tolada hosil bo'lgan elektr toki oz miqdorda bo'lsa ham tashqariga chiqadi va tolalar atrofidagi elektr o'kazuvchi suyuqlikda tarqalib, boshqa tolalar tolalar faolligiga ta'sir qilishi mumkin. Tabiiy sharoitda nerv stvolidagi bir talay Tolalar sinxron yoki asinxron ravishda qo'zg'aladi. Ular atrofida vujudga kelgan tashqi toklar bir-biriga qo'shilishi mumkin. Shunda ularning kuchi oshib, faolsiz tolalarni qo'zg'ata oladigan darajaga yetadi. Bunda ingichka miyelinsiz tolalarda qo'zg'alishning o'tish tezligi kuchi ortgan tok hisobiga odatdagidan oshishi mumkin. Agar tashqi toklar bir-biridan ayrilsa, ularning kuchi kesiladi. Shunda tolalarda impulsning o'tish tezligi biroz kamayadi, ammo shikastlanmagan nervlar faoliyati sezilarli o'zgarmaydi. Nerv stvoli shikastlangan bo'lsa, masalann, parabiozga uchrasa, shikastlangan joyda impulslar to'xtab qolishi mumkin. Nerv tolalarining tashqi toklar tufayli o'zaro ta'sirlanishi efaptik ta'sirlanish deyiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling