Muqaddima
Nerv tolalarida qo'zg'alishga aloqador kimyoviy va
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- SINAPSLARNING TUZILISHI VA ISHLASH MEXANIZMLARI
Nerv tolalarida qo'zg'alishga aloqador kimyoviy va
boshqa o'zgarishlar. Qo'zg'alishning nervlardan o'tishi ularda modda almashinuvini kuchaytiradi. Qo'zg'alishdan keyin membrana atrofidagi ionlar miqdoridagi farqni asl holiga keltirish uchun neyronlarda sintezlanadigan ATF ning 70% sarflanadi. Qo'zg'algan nervda kislorod sarfi oshadi, glyukozaning anaerob parchalanishi tezlashib, sut kislota miqdori ko'payadi. Ammiakning ko'plab ajralishi oqsillar almashinuvi jadallashganidan dalolat beradi. Nuklein kislotalar va fosfolipidlar almashinuvi ham tezlashadi. Qo'zg'algan nervlarda ATF parchalannishi bilan bir qatorda, uning qayta sintezlanishi ham tezlashadi. Bu jarayonga sarflangan energiyaning yarmi issiqlikka aylanadi. Hosil bo'lgan issiqlik miqdori juda oz – 1 g nerv to'qimasiga hisoblaganda 1 daqiqada 4,14x10 -3 1x10 -2 kkal. Bu miqdor muskul qisqarganda ajraladigan issiqlik miqdoridan 1000000 marta kam. Qo'zg'alishning nerv tolalarida o‘tishi uchun juda oz energiya kerak bo`ladi. Shuning uchun ham nervning qon bilan ta‘minlanishi me‘yorida bo`lsa, u deyarli charchamaydi. N.Ye.Vvedenskiy atmosfera havosida nerv 8-10 soat davomida uzluksiz ta‘sirlanganda ham qo‘zg‘alishni o‘tkazish qobiliyatini saqlab qolishini aniqlagan. SINAPSLARNING TUZILISHI VA ISHLASH MEXANIZMLARI 15- расм. Нерв мускул синапсининг ( охирги пластинканинг) тузилиши. 43 Sinaps – bir neyronni ikkinchi neyron bilan, neyronni muskul tolasi yoki bez hujayrasi bilan bog‘lovchi tuzilma. Ularni quyidagi tamoyillar asosida tasniflash mumkin. 1. Sinaps qurilishida ishtirok etuvchi hujayralarga qarab, nerv-muskul va neyro-neyronal sinapslar tafovut qilinadi. Neyronlarning sinapslar joylashgan qismiga qarab akso- somatik, akso-dendritik, akso-aksonal sinapslarni ajratish mumkin. 2. Sinapslar faollashganda rivojlanadigan jarayonni ko‘zda tutib qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi sinapslar tafovut qilinadi. 3. Qo‘zg‘alishning o‘tish uslubiga ko‘ra kimyoviy, elektr va aralash sinapslar farqlanadi. Aksonlarning oxirgi tarmoqchalari biroz kengayib tugayda. Bu sinapsdan oldingi (presinsptik) kengayish sinapsning birinchi galda zarur bo`lgan tarkibiy qismi (15-rasm). Boshqa bir neyron, muskul tolasi yoki sekretor hujayra membranasining presinaptik kengayish ro‘parasidagi qismi postsinaptik (sinapsdan keyingi) membrana, deb ataladi. Bu har bir sinapsning ikkinchi zaruriy qismi. Presinaptik va postsinaptik membranalar bir biriga tegib turmaydi, ular o‘rtasida sinapsning uchinchi zaruriy qismi – sinnaps yirig‘i bor. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling