Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
ELEKTR SINAPSLAR
Yuqori rivorlangan hayvonlarning markaziy nerv tizimida asosan kimyoviy sinnapslar uchraydi. Ammo oz miqdorda, masalan, sut emizuvchilarda ko‘zni harakatlantiruvchi nerv yadrosini tashkil qiluvchi neyronlarda, elektr sinapslar ham bor (16-rasm). Elektr sinapsni kimyoviy sinapsdan ajratib tiruvchi asosiy farq – elektr sinaps yirig‘ining juda toorligi – 2-4 nm. Ana shu tor joydan presinaptik membrana bilan postsinaptik membranani bog‘lab turuvchi oqsil ko‘prikchalar – konneksonlar o‘tgan. Ular o‘rtasida ionlar va mayda molekulyar moddalarni o‘tkazishi mumkin bo`lgan, eni 1-2 nm li kanallar hosil bo`lgan. Bu yerda membrananing elektr tokiga qarshiligi past. Shuning uchun aksonning presinaptik oxiriga yetib kelgan potensial osonlik bilan postsinaptik membranadan hujayra ichiga o‘tib, tashqariga qaytib chiqadi va membranani depolyarizatsiyaga uchratadi. Depolyarizatsiyalanish eng yuqori darajaga yetganda, postsinaptik neyronda harakat potensiali vujudga keladi. 16- расм. Химиявий (X), электр (Э) ва аралаш (А) синапснинг тузилИш Elektr sinapslar kimyoviy sinapslarga qaraganda ba‘zi bir faoliy afzalliklarga ega. Jumladan, elektr sinapslar juda tez va bexato ishlaydi. Sinapsda to‘xtalib qolish ularda 0,1 ms dan oshmaydi, bu holat elektr sinapslarning yuqori labbilligini ta‘minlaydi. Elektr sinapslar uzoq vaqtgacha charchamaydi. Elektr sinapslarning kamchiliklari ham bor. Masalan, ular MNT faoliyati uchun muhim bo`lgan bir taraflarna o‘tkazishni yetarli darajada ta‘minlay olmaydi; elektr sinapslar ichida tormozlovchilari deyarli yo‘q; elektr sinapslardan o‘tkazish icchki muhit omillari (gormonlar, harorat) yordamida boshqarilmaydi. Elektr sinapslar yurakning muskul tolalari o‘rtasida, ichki a‘zolarning silliq muskullarida, jigar va bezlarda ko‘p uchraydi. Ular orqali faqat elektr impulsi emas, balki oz miqdorda ma‘lum moddalar bir hujayradaan ikkinchi hujayraga o‘tishi mumkin. Shu tarzda moddalar almashinuvi hujayralar faoliyatiga ta‘sir qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling