Muqaddima
UZUNCHOQ MIYA VA VAROLIY KO’PRIGI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
UZUNCHOQ MIYA VA VAROLIY KO’PRIGI
(KEYINGI MIYA) Uzunchoq miya va orqa miyaning davomi sifatida Varoliy ko‘prigi o‘tadi. MNT ning bu ikki qismi faoliy nuqtai nazardan birbutun tuzilma bo`lib, keyingi miya nomini olgan. Keyingi miyadagi kul rang modda segmentlarga bo`linishni qisman saqlab qolgan 61 bo`lsada, bu moddaning asosiy qismi bir0biridan ajralgan yadrolardan iborat. Uzunchoq miyaning har ikki tarafida oxirgi to‘rt juft bosh miya nervlarining yadrolari jaylashgan. Rombsimon chuqurchaning eng tagida til osti nervi yadrosi, undan sal pastroqda qo‘shimcha nerv yadrosi bor. Rombsimon chuqurchada adashgan nervning yadrosi yuza joylashgan. Undan lateralroq til-halqum nervi yadrosi turadi. Uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi chegarasida eshituv va vestibulyar nervlar yadrosi, yuz nervi yadrosi esa to‘rsimon formatsiyaning ko‘prik qismida joylashgan. Varoliy ko‘prigining eng yuqori qismida uzoqlashtiruvchi va yuz nervlari yadrolari bor. Bosh miya nervlarining yadrolaridan tashqari, keyingi miya kul rang moddasining bir qismini Goll va Burdax tutamlari tugaydigan neyronlarning somalari tashkil qiladi. Keyingi miyaning markaziy qismini retikulyar (to‘rsimon) formatsiya tashkil etadi. Bu tuzilmani tashkil qiluvchi neyronlarning soma va dendritlarida keyingi miyadan o‘tgan ko‘tariluvchi va tushuvchi yo`llarning yon shoxlari tugab, uni miyaning hamma qismlari bilan bog‘laydi. Demak, keyingi miyada 8 juft juda muhim ahamiyatga ega yadrolar joylashgan. Bu yadrolarni periferiya bilan harakatlantiruvchi (somatik), sezuvchi va ba‘zilarini vegetativ tolalar bbog‘lab turadi. Shu tolalarga monand harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetetiv qismlar tafovut qilinadi. Masalan, adashgan nerv yadrosining harakatlantiruvchi (somatik) qismi halqum va hiqildoq muskullarini qisqarishini boshqaradi; vegetativ qismi esa hiqildoq, qizilo‘ngach, me‘da, ingichka ichak, me‘da osti bezi, jigar va yurakka parasimpatik tolalar yuboradi; sezuvchi qismiga esa ko‘krak va qorin bo‘shlog‘idagi ko‘pchilik a‘zo;arda joylashgan turli xildagi retseptorlardan afferent impulslar yetib keladi. Keyingi miyaning oq moddasini asosan orqa miyadan bosh miyaga o‘tuvchi ko‘tariluvchi yo`llar va bosh miyadan orqa miyaga tushuvchi yo`llar tashkil qiladi. Bu yerda ba‘zi o‘tkazuvchi yo`llarning bir tolasi tugab, keyingisi boshlanadi, ba‘zilari kesishuv hosil qiladi, ba‘zilari esa keyingi miya yadrolaridan boshlanib, bosh miyaga, miyachaga ko‘tariladi, orqa miyaning segmentlariga tushadi. Demak, keyingi miyaning ham reflektor, ham o‘tkazuvchi yoi faoliyatlarini ajratish mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling