Muqaddima


TORSIMON FORMATSIYA VA YARIMSHARLAR PO’STLOG’I


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

TORSIMON FORMATSIYA VA YARIMSHARLAR PO’STLOG’I 
(retikulo-kortikal aloqadorlik
To‘rsimonformatsiya miyaning yuqori qismlari bilan ham ikki timonlarna bog‘langan 
(22-rasm). Bular ichida retikulyar formatsiyadan talamusning nospetsifik yadrolari orqali 
yarim sharlar po‘stlog‘ining deyarli hamma sohasiga o‘tgan yo`llar juda ahamiyatli. Bu 
aloqaning uzilishi (miya stvolini o‘rta miya ro‘parasida ko‘ndalang kesish) hayvonda 
chuqur uyqu paydo qiladi. Shu hayvonda miya po‘stlog‘ining elektr faolligi qayd qilinsa, 
uyqu holatiga xos bo`lgan yuqori voltajli siyrak elektr tebranishlarni ko‘ramiz.
To‘rsimon formatsiyaning turli qismlarini mikroelektrodlar yordamida ta‘sirlaganda, 
katta yarim sharlar po‘stlog‘ida uyg‘onish va tabiiy uyg‘oqlik holatiga xos elektr faolligi 
paydo qiladi. 
Katta yarim sharlarning bu faolligi miya stvolining to‘rsimon formatsiyasi va 
talamusning 
nospetsifik 
yadrolaridan 
keluvchi 
faollashtiruvchi 
impulslarga 
aloqadorligini isbot qqiladi. 
Miya stvoli yallig‘langan yoki shikastlangan bemorlarni kuzatish ham shundan dalolat 
beradi. Bunday bemorlar yillab uxlashi mumkun. O‘z vaqtida I.P.Pavlov surunkasiga 20 
yil uxlagan kasalni kuzatgan. Bir fransuz ayolining 18 yil uxlagani ma‘lum. 1973-yilda 
Nadejda Lebedin degan Dnepropetrovsklik ayol 20 yil uxlagani haqida matbuotda xabar 
qilindi. Uning kasallik tarixida quyidagilar yozilgan: ―Nadelda Artemovna Lebedin 
1954-yil fevralida 35 yoshida asab kasalliklari klinikasiga keltirilgan. Taxminiy tashxis – 
po‘stloq osti ensefaliti (miyaning yallig‘lanishi). Letergik uyqu holati: ko‘zlarini 
ochmaydi, atrofdagilar bilan muloqatda bo`la olmaydi‖. 
Avvaliga uni zond orqali ovqatlantirishdi. Keyin tibbiy xodimlar qoiidan ovqat 
yeydigan bo`ldi (shartsiz refleks). Boshqa ta‘sirotlarga avvalgidek javob bermadi. 
Elektroshok yordamida uyg‘otish ham natija bermadi. Bemor 20 yildan keyin – 1973-
yilning yozida uyg‘ondi. Uyg‘onishga onasining oiimi, qarindoshlarining dod-faryodi 
sabab bo`ldi. Bemorning gapiga qaraganda, 1954-yilda doim uyqusi kelavergan. Qayerda 
bo`lmasin, uydami, ishdami, kinodami uxlab qolavergan. 1954-yilda uxlab qolib, 1973-
yilgacha uyg‘onmagan. Uni kuzatgan shifokorlarning fikricha, 1954-yilda miya stvoli 
sohasi yallig‘langan. Bu kasallikning asorati sifatida to‘rsimon formatsiyadan miya 
stvoliga faollashtiruvchi impulsatsiya o‘tmay qolgan. Onasining oiimidek favqulodda 
voqea bu impulslar yo`lini ochib, uni uyg‘otgan. 
Buning aksi ham bo`ladi. Masalan, ingliz fuqarosi Lesli Gembl 1970-yilda samolyot 
pillapoyasidan ko‘tarilayotib, boshini samolyot eshigining kesakisiga qattiq urib oladi. 
Shundan keyin u 12 yil davomida bir zum ham uxlarnagan. 1077-yilda matbuotda Eron 
fuqarosi Majid Zandining 23 yil uxlarnagani to‘g‘risida yozilgan edi. U ham boshi lat 
yegandan keyin shu ko‘yga tushgan. 
Buning sababi tahminan quyidagicha bo`lishi mumkin. Boshning qattiq urilishi 
natijasida retikulyar formatsiyaning miya po‘stlog‘iga faollashtiruvchi ta‘sir 
ko‘rsatadigan sohasining shikastlanishi kichik chandiq hosil qilgan. Bu chandiq 
atrofidagi neyronlarga ta‘sir qilib, po‘sloqning faolligini oshirgan va bemorni uyqudan 
mahrum qilgan. 


70 
Demak, to‘rsimon formatsiya katta yarim sharlar po‘stlog‘iga kuchli ta‘sir ko‘rsatib, 
uning faolligini tutib turadi. O‘z navbatida, yarim sharlar po‘stlog‘idan, miyachadan, 
po‘stloq osti gangliylaridan va boshqa tuzilmalardan kelgan impulslar retikulyar 
firmatsiyaning faolligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. 
To‘rsimon formatsiyaning oraliq miya markazlari, po‘stloq osti yadrolari, limbik 
tizim bilan aloqadorligining o‘zgarishi odam va hayvonlarning xulq-atvoriga ta‘sir qiladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling