Muqaddima


REFLEKSLARI VA HARAKATLARNI BOSHQARISHDAGI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

REFLEKSLARI VA HARAKATLARNI BOSHQARISHDAGI 
ISHTIROKI 
 
Fazoda gavda vaziyatini saqlash (yotish, o‘tirish, turish) va harakat qilish bir 
qaraganda, sodda jarayonga o‘xshaydi. Aslini olganda, uni amalga oshirish anchagina 
murakkab, qonuniy ravishda ketma-ket sodir bo`ladigan reflekslarga bog‘liq. Bu 
reflekslar natijasida tananing fazodagi vaziyatiga qarab muskullar tonusi qayta 
taqsimlanadi. O‘z vaqtida xilma-xil tonik reflekslarni sinchiklab tekshirgan R.Magnus 
ularni ikki guruhga bo`lgan. Birinchi guruhga gavdaning fazodagi muayyan vaziyatini 
ta‘minlovchi statik reflekslar kiradi. Gavdaning surilishi natijasida yuzaga chiqadigan 
statokinetik reflekslar ikkinchi guruhni tashkil qiladi. 
Statik reflekslar o‘z navbatida pozotonik va rostlanish reflekslariga bo`linadi. Ularni 
vestibulyar apparatdan va bo‘yin muskullari proprioretseptorlaridan miya stvoliga 
(keyingi va o‘rta miyaga) keluvchi impulslar paydo qiladi. Bu reflekslarni 
detserebratsiyalangan hayvonlarda kuzatish qulay. Ularni yuzaga chiqarish uchun 
hayvon boshining fazodagi holatini passiv o‘zgartiramiz. Pozotonik reflekslar tana va 
oyoq muskullarining tonusi o‘zgarishi (qayta taqsimlanishi) sifatida namoyon bo`ladi. 
Tonusning qayta taqsimlanishi boshning fazodagi holati o‘zgarganda qo‘zg‘algan 
proprioretseptorlardan markazlarga kelib ta‘sir qilgan impulslariga bog‘liq. Bu 
ta‘sirotlarning birini ikkinchisidan ajratish uchun tajriba labirintlari olib tashlangan 
hayvonlarda o‘tkaziladi. Operatsiya qilingan hayvonlarda vestibulyar apparatdan 
keluvchi impulslar yo‘qoladi, bo‘yin muskullaridan keluvchi impulslar esa saqlanib 
qoladi. Bo‘yin muskullari proprioretseptorlarini ―o‘chirish‖ uchun hayvonga bo‘yinni 
harakatlantirishga imkoniyat bermaydigan gips yoqa kiydirib qo‘yiladi. 
TONIK REFLEKSLAR 
Bo’yin t’oinik reflekslari. Tajribani detserebratsiyalangan, labirintlari olib 
tashlangan mushukda o‘tkazamiz. Agar hayvonni to‘rt oyog‘iga qo‘yib, boshini tepaga 
ko‘tarilsa, oldingi oyoqlarida yozuvchi muskullar tonusi, orqa oyoqlarida esa bukuvchi 
muskullar tonusi oshadi. Hayvonning boshi pastga egilsa, qarama-qarshi o‘zgarishlar 
ro‘y beradi: oldingi oyoqlarida bukuvchi muskullar, orqa oyoqlarida esa yozuvchi 
muskullar tonusi oshadi (21-rasm). Agar mushukning boshini chap yoki o‘ng tomonga 
qaratib, gavda muvozanati o‘zgartirilsa, bosh burilgan tomondagi oyoqlarning yozuvchi 
muskullari tonusi oshadi. Bosh holati qaysi tekislikda o‘zgartirilmasin, muskullar tonusi 
bosh asli holiga kelmaguncha o‘zgarganicha qolaveradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling