Muqaddima


TO’RSIMON FORMATSIYA VA ORQA MIYA


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

TO’RSIMON FORMATSIYA VA ORQA MIYA 


68 
(retikulo-spinal aloqadorlik) 
Aslini olganda, retikulo-spinal aloqadorlikni o‘rganish tarixi I.M.Sechenovning 
mashhur tajribasidan boshlandi. U tajriba o‘tkazib, ko‘ruv do‘mboqlarining ko‘ndalang 
kesimiga osh tuzi kristalli bilan ta‘sir qilib, orqa miya reflekslarini tormozlash 
mumkinligini ko‘rsatgan edi. G.Megun zamonaviy elektrofiziologik usullar yordamida 
o‘tkazgan tajribalarida retikulyar formatsiyaning bir tomoniga kucnsiz elektr toki bbilan 
ta‘sir qilish orqa miyaning faqat o‘sha tomonidagi motoneyronlarnigina tormozlashi 
aniqlandi. Kuchliroq tok bilan ta‘sir qilinsa, orqa miyaning har ikki tomonidagi neyronlar 
tormozlanadi. Bu retikulyar formatsiyaning uzunchoq miyadagi qismiga xos. 
22-
расм. Тўрсимон формациянинг ярим шзрлар пўст.поги турли соҳалари билан ооғланиши
.
Retikulyar formatsiyaning orqa miya reflekslariga tormozlovchi ta‘sir qilish 
mexanizmini o‘rganish bu ta‘sirning ikki yoi bilan amalga oshishini ko‘rsatadi. 
Birinchodan, retikulo-spinal tushuvchi yoi tolalarining tormozlanishi Renshou 
hujayralarida sinapslar hosil qilishi va bu tolalar orqali retikulyar formatsiyadan orqa 
miyaga yetib kelgan impulslarning Renshou hujayralari qo‘zg‘aluvchanligini oshirib, 
ularning motoneyronlarni tormozlash kuchini oshirishi aniqlandi. 
Ikkinchidan, retikulo-spinal yoi tolalarining orqa miya motoneyronlariga bevosita 
ta‘sir qilishi mumkinligi ko‘rsatib berildi. 
Retikulyar formatsiyaning orqa miya reflekslarini tormozlovchi neyronlaridan sal 
tasgqarida va yuqorroqda joylashgan neyronlarni ta‘sirlash orqa miyaning reflektor 
faoliyatini osonlashtiradi. Orqa miya motoneyronlarini faollashtiruvchi impulslar ham 
retikulo-spinal yoi tolalaridan o‘tadi. Bu tolalar spinal refleks yoylarining oraliq 
neyronlarida tugaydi. Retikulyar formatsiyaning orqa miya reflektor faoliyatini 
faollovchi ta‘siri motoneyronlarning qo‘zg‘aluvchanligini bevosita oshirish yoki 
Renshou hujayralari faolligini susaytirish natijasida yuzaga chiqadi. 
Retikulyar formatsiya skelet muskullari tonusini boshqarishda ham ishtirok etadi. U 
gamma-motoneyronlar orqali muskul duklaridagi intrafuzal tolalarni qo‘zg‘atib, ularni 
taranglashtiradi. Natijada duk yadrosidagi retseptorlardan markazga intiluvchi impulslar 
ko‘plab kela boshlayda. Bu impulslar alfa-motoneyronlar qozg‘aluvchanligini 
kuchaytirib, ekstrafuzal tolalar tonusini oshiradi.
Demak, retikulo-spinal munosabatlar ancha murakkab. Retikulyar formatsiya orqa 
miya motoneyronlarining qo‘zg‘aluvchanligini o‘zgartirib, spinal reflekslarning yuzaga 
chiqishini osonlashtiradi yoki ularni tirmozlaydi. Bundan tashqari, retikulyar formatsiya 


69 
gamma-motoneyronlarga ta‘sir qilib, muskul duklaridagi retseptorlarning sezgirligini 
o‘zgartiradi va muskul tonusini boshqarishda ishtirok etadi. Bunda duklardagi markazga 
o‘tuvchi va qaytar aloqani ta‘minlovchi impulslarning ahamiyati katta. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling