Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BAZAL YADROLAR 


78 
Yarim sharlar po‘stlog‘ining bir‘biriga qaratilgan medial qismlari ichida bir guruh 
yadrolar joylashgan. Ular bosh miya asosiga yaqin bo`lgani uchun bazal yadrolar, deb 
ataladi. Sut emizuvchilarda bu yadrolarga dumli o‘zak va po‘choqdan iborat targ‘il tana, 
oqimtir yadro, qora modda va subtalarnik yadro kiradi (24-rasm). 
Bazal yadrolarga keladigan afferent signallarning ko‘p qismini targ‘l tana qabul 
qiladi. Bu signallarning manbai uchta: katta yarim sharlarning barcha sohalari, 
talamusning yadrolari va qora modda. Efferent tolalr targ‘il tanadan oqimtor yadroga va 
qora moddaga o‘tgan. Qora modda, targ‘il tana va talamusga o‘tgan yo`llar 
dofaminergik tuzilmalardan iborat. 
Oqimtir tananing ichki qismidan bazal yadrolarning eng muhimi bo`lgan efferent 
yo`li boshlanadi. Bu yoi asosan talamusda, qisman o‘rta miyada tugaydi. Bazal yadrolar 
katta yarim sharlar po‘stlog‘ining assotsiativ sohalarini motor sohalari bilan po‘stloq 
ostidan bog‘lab turadigan zanjirning bir halqasi. 
Bazal yadrolarning fukksional ahamiyati ular shikastlanganda yaqqol ko‘rinadi. 
Maymunlarda oqimtir yadroning ikki tomonlarna yemirilishi harakatlarning keskin 
kamayib ketishiga, mimikaning susayishiga olib keladi. Muskullarda plastik tonus 
rivojlanadi, tanasi noqulay vaziyatda bo`lsa ham, hayvon uni uzoq vaqt o‘zgartirmaydi. 
Oqimtir yadrosi shikastlangan bemorlar harakatlarida noaniqlik paydo bo`ladi va 
qo‘shimcha harakatlar kamayadi (masalan, odam yurganida qo`llari qimirlarnaydi). 
Dumli yadrosi shikastlangan maymunlar serrayib qotib qoladi, og‘riqni sezish 
susayadi, chamalash reflekslari yo‘qoladi. Odamlarda esa atetoz paydo bbo`ladi, ya‘ni 
qoi-oyoqlar tinmay betertib harakatlanib turadi. Bu harakatlar kuchayib, butun tana 
muskullariga tarqalishi, ritmi yo‘qolib, betertib bo`lib ketishi ham mumkin. Bu holat 
xoreya deyiladi. Atetoz va xoreya targ‘il tananing oqimtir yadroga o‘tkazib turadigan 
tormozlovchi ta‘siri yo‘qolishi natijasidir, degan fikr bor. 
Targ‘il tananing shikastlanishi qo‘shimcha harakatlarni ham kuchaytiradi. Odam 
gapirganda mimikasi kuchayadi, gapning ma‘nosi va mimika muskullarining 
harakatlanish jadalligi o‘rtasida monandsizlik kuzatiladi. 
Bazal yadrolarning ma‘lum qismlarini elektr toki bilan ta‘sirlash ularning harakatlarni 
boshqarishda ishtirok etishini isbotlaydi. Targ‘il tanani ta‘sirlash hayvonlarda aylanma 
harakatlarni yuzaga chiqaradi – bosh va tana ta‘sirlashga qarama-qarshi tomonga sekin 
aylanadi. Oqimtir yadro rag‘batlantirilsa, bosh miya po‘stlog‘ining motor sohasi yuzaga 
keltiradigan harakatlar tormozlanadi. 
Hozir bazal yadrolar harakatlarni boshqaradigan ko‘p pog‘onali tizimning muhim 
qismi deb hisoblanadi. Bazal yadrolar miya yarim sharlari po‘stlog‘ining assotsiativ 
sohalaridan ma‘lumotlarni olib, shu ondayoq maqsadga erishishga qaratilgan zarur 
harakatlaar rejasini tuzishda ishtirok etadi. Bu reja to‘g‘risidagi axborot gipotalamusga 
o‘tib, miyachadan kelgan axborotga qo‘shiladi. Impulslar talamusdan po‘stloqning motor 
sohasiga yetib keladi. Po‘stloqdan harakatlar rejasi miya stvoli va orqa miya 
segmentlariga tushib, motoneyronlar orqali tegishli muskullarni ishga soladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling