Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
PARASIMPATIK NERV TIZIMI
Avtonom nerv tizimi bu qismining tuzilishi deyarli simpatik tizimniki kabi. Uning ham markaziy va tashqi tuzilmalari mavjud, qo‘zg‘alish ishchi a‘zoga ikki neyronli yoi orqali yetib boradi. Ammo parasimpatik tizimning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor. Birinchidan, bu tizimning markazlari bosh va orqa miyada bir-biridan va simpatik markazdan uzoqdagi sohalarda joylashgan. Ikkinchidan, tanada parasimpatik tizim ta‘sir o‘tkazadigan doira ancha tor. Ba‘zi a‘zo va to‘qimalar, masalan bachadon, MNT, qon tomirlarning deyerli hammasi parasimpatik nervlanishga ega emas. Parasimpatik tizimning markaziy tuzilmalari o‘rta, uzunchoq va orqa miyada joylashgan (27-rasm). O‘rta miya (mezensefal) qismining yadrosi Silviy suv yo`lining tubida bo`lib, ko‘z muskullariga, so`lak va ko‘z yosh bezlariga uch juft bosh nervlar tarkibida preganglionar tolalar yo`llaydi. Bu tolalar ko‘zni harakatlantiruvchi, yuz va 86 til-halqum nervlar tarkibida kipriksimon, quloq, til osti va tannglay tugunlariga yetib keladi va postganglionar neyronlarning tana va dendritlarida sinapslar hosil qiladi. Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chiqqan preganglionar tolalar bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi a‘zolarga sayyor nerv tarkibida o‘tadi. Parasimpatik tizimning dumg‘aza bo`limi orqa miyaning uchta dumg‘aza segmentidagi yon shoxlarda joylashgan. Bu yerdan tolalar chanoq nervi tarkibida chanoq a‘zolariga yoi oladi. Parasimpatik tizimning afferent yollari sayyor nerv tolalarining ko‘p qismini tashkil qiladi. Bu tolalarga aloqador hazm, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi a‘zolardagi retseptorlar mexanik, harorat va og‘riq paydo qiluvchi ta‘sirotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o‘zgarganda qo‘zg‘aladi. Qon bosimo barqarorligini saqlashda aorta ravog‘idagi va karotid koptokchalardagi parasimpatik markazlar bilan bog‘langan retseptorlarning ahamiyati juda katta. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling