Muqaddima
AVTONOM REFLEKS YOYLARNING AFFERENT
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
AVTONOM REFLEKS YOYLARNING AFFERENT
VA ORALIQQISMLARI Uzoq vaqt davomida avtonom nerv tizimining afferent qismi yo‘q, sensor afferent yo`llar avtonom refleks yoylarida ham sezuvchi qism vazifasini bajaradi, degan fikr xukmron edi. Hozirda bu tizimning o‘z sezuvchi qismi borligi isbbotlangan. Avtonom refleks yoylari ichki a‘zolarda, qon tomirlarda joylashgan turli retseptorlardan boshlanadi. Ichki a‘zolardagi interoretseptorlar mexanik ta‘sirotni, ichki muhit tarkibining o‘zgarishlarini (suyuqliklarning pH, hajmi, osmotik bosimi, elektrolitlar tarkibi, O 2 va CO 2 tarangligi o‘zgarishini) sezadi. Bu retseptorlarning tuzilishi va faoliyatidagi muhim xususiyat shundaki, ular energiyaning faqat bir turiga sezgir. Masalan, pH o‘zgarganda qo‘zg‘aladigan retseptor bosim o‘zgarishiga befarq. Ichki retseptorlardan markazlarga impulslar A, B va C guruhlarga kiruvchi tolalar orqali o‘tadi. Bu tolalar asosan umurtqadan oldingi tugunlardagi neyronlarning, bo‘yinturuq chigaldagi neyronlarning o‘simtalaridir. Avtonom refleks yo`lidan o‘tuvchi impulslar oraliq va effernt neyronga chetdagi tugunlarda yoki miyadagi markazlarda tutashadi. Ammo afferent neyron efferent neyron bilan bu yoylarda bevosita tutashmaydi, ular orasida oraliq neyron bor. Qo‘zg‘alish kamida ikkita sinapsdan o‘tadi. Bu sinapslarda noradrenalin bilan bir qatorda GAMK ham mediator vazifasini bajarishi mumkin. Avtonom nerv tizimining afferent tolalari orqali markazga yetib kelgan impulslar tahlili faqat quyi markazlarda emas, balki yuqori markazlarda ham davom etadi. Bu impulslar ko‘tariluvchi yo`llar bo‘ylab to‘rsimon formatsiyaga, miyachaga va vestibulyar yadroga yetib keladi. Visseral va somatik afferent impulslar to‘rsimon formatsiyaning faolligini saqlab turishda katta ahamiyatga ega. Oraliq miyadagi gipotalamusni visseral faoliyatlarni boshqaradigan markazlar majmuasi, degan edik. Tabiiyki, avtonom nerv tizimining afferent signallari talamus yadrolariga ham yetib keladi. Bu yadrolar faoliyati o‘zgarib, retseptorlari qo‘zg‘algan tizim va boshqa a‘zolar o‘rtasidagi faoliyatning uyg‘unligini ta‘minlaydi, visseral faoliyatlarni somatik faollik darajasiga moslashtiradi. Avtonom nerv tizimining afferent qismlari bosh miya po‘stlog‘iga ham proyesiyalangan. Birlamchi va ikkilarnchi somatosensor sohalar atrofida, po‘stloqning chakka sohalarida visseral nervlarning vakillaiklari aniqlangan. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling