Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
METASIMPATIK NERV TIZIMI
Metasimpatik tizim So‘nggi vaqtlarda avtonom nerv tizimining uchinchi bo`limi – metasimpatik nerv tizimiga katta ahamiyat berila boshlandi. Bu tizim ichki a‘zolar faoliyatini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, hazm tizimi a‘zolari tashqi nervlardan butunlay xalos qilingandan keyin ham, o‘z faoliyatini deyrali o‘zgarmagan holda saqlab qoladi. Demak, bu a‘zolar faoliyatini ular devorida joylashgan intramural tugunlar boshqarib turadi. Metasimpatik nerv tizimi ko‘p jihatdan avtonom nerv tizimining boshqa bo`limlaridan farq qiladi. 1. Metasimpatik tizim faqat o‘zi harakat qilish qobiliyatiga ega bo`lgan ichki a‘zolarni nervlaydi; ularning harakat qilish, so‘rish, shira ajratish faoliyatlarini nazorat qiladi; mahalliy qon aylanishiga va endokrin unsurlar faoliyatiga ta‘sir qiladi. 2. Metasimpatik tizim simpatik va parasimpatik tizimlar bilan sinapslar orqali bog‘langan, ammo somatik nerv tizimiga bevosita aloqasi yo‘q. 3. Umumiy ichki afferent yo`llaridan tashqari, o‘zining sensor qismi bor. 4. Nerv tizimining boshqa qismlari bilan qarama- qarshi munosabatda emas. 5. Markaziy nerv tizimidan muxtorlik darajasi simpatik va parasimpatik tizimlarnikidan yuqori. 6. Metasimpatik tizim faoliyatini maxsus dorilar yordamida to‘xtatish a‘zolarning ritmik harakat qilish qobiliyatini yo‘qolishiga olib keladi. 7. Metasimpatik nerv tizimi o‘z mediatorlariga ega. Avtonom nerv tizimi bo`laklari bir-biridan farq qilishidan tashqari, somatik nerv tizimidan ajratib turadigan xossalarga ham ega. Birinchi va asosiy tafovut tizimlar effektor neyronlarining MNT da egallagan joyida. Avtonom nerv tizimining effektor neyronlari orqa va bosh miyadan tashqarida joylashgan. Somatik nerv tizimining effektor neyronlari esa orqa miyaning kul rang moddasida joylashgan. Ikkinchi tafovut shundaki, orqa miyaning oldingi ildizlari kesib tashlansa, somatik efferent tolalar bitta qolmay yemirilib ketadi. Avtonom nerv tizimining efferent tolalri o‘zgarmaydi, chunki somalari chetdagi tugunlardagi neyrinlarning o‘simtalaridir. Uchinchidan, somatik nervlar orqa miya va miya stvolidan bir tekis, segmentma- segment chiqqn. Ular tanada biri tarqalgan sohani ikkinchisi ham nervlaydi. Avtonom nerv tizimi tolalari MNTning chegaralangan va bir-biridan ancha uzoq bo`lgan markazlardan (mezensefal, bulbar, sakral va torakolyumbal) chiqadi. Yana bir tafovut shundaki, avtonom nerv tizimi tolalari ingichka, miyalinsiz. Ulardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 1-3 m/s dan oshmaydi, qo‘zg‘aluvchanligi past va xronaksiyasi katta. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling