Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

AVTONOM NERV TIZIMI 
Nerv tizimining ichki a‘zolar, bezlar, qon va limfa tomirlari, silliq va qisman 
ko‘ndalang targ‘il muskullar faoliyatini boshqarib turadigan qismi avtinom nerv tizimi 
deyiladi 
Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu tizim tomonidan boshqariluvchi faoliyatlarga ihtiyoriy 
ta‘sir o‘tkazish deyarli mumkin emas. Odam idrokiga bo‘sunmaslik avtonom nerv 
tizimini somatik nerv tizimidan ajratib turuvchi asosiy belgidir. Somatik nerv tizimi 
organizmning tashqi muhit bilan afferent va efferent aloqalarini ta‘minlasa, avtonom 
nerv tizimining asosiy vazifasi ichki muhit barqarorligini saqlashdir. 
Avtonom nerv tizimi tuzilishi va faoliyatiga ko‘ra simpatik, parasimpatik va 
metasimpatik qismlarga bo`linadi. Simpatik va parasimpatik tizimlar markaziy va tashqi 
(periferik) qismlardan iborat. 
SIMPATIK NERV TIZIMI 
Orqa miya kul rang moddasining yon shoxlarida joylashgan simpatik yadro simpatik 
nerv tizimining markaziy qismi hisoblanadi. Bu yadro birinchi ko‘krak segmentidan 
boshlanib, bel segmentlarigacha tushadi va avtonom nerv tizimining torako-lyumbal 
bo`limini tashkil qiladi (26-rasm). Simpatik tolalar bu markazdan tegishli orqa miya 
segmentlarining oldingi ildizlaro orqali orqa miya neyronlarining o‘simtalari bilan birga 
chiqadi. Simpatik yadro ancha kichik multipolyar hujayralardan tuzilgan. Bu 


85 
neyronlarning dendritlari orqa miyaning o‘zida tarqaladi. Ingichka, aksari miyelinli 
aksonlari orqa miyadan chiqib, umurtqa oldi (paravertebral) va umurtqadan oldingi 
(Prevertebral) tugunlarda tugaydi. Bu aksonlardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 20 m/s 
dan oshmaydi. Simpatik neyronlarning orqa miyadan chiqib, tugunda tugaydigan 
aksonlari preganglionar tolalar deyiladi. 
Simpatik nerv tizimining periferik qismini simpatik tugunlar va ularga aloqador 
afferent va efferent tolalar tashkil qiladi. Umurtqa oldi tugunlar bosh chanog‘i asosidan 
to dumg‘azagacha tushgan umurtqaning ikki yonida yotuvchi chegara stvollarini hisil 
qiladi. Chegara stvol tarkibidagi tugunlar bir-biriga komissuralar yordamida, orqa miya 
nervlari bilan oq va kul rang tarmoqlar yordamida bog‘langan. Oq tarmoq orqali 
preganglionar tola tugunga kirib, effektor neyron bilan tutashishi mumkin. Unda effektor 
neyronning aksoni (postganglionar tola) kul rang tarmoq orqali orqa miyaga qaytadi va 
oldingi ildiz tarkibida uzilmasdan ishchi a‘zogacha yetadi. Tugunlarda preganglionar 
tolalar bilan tutashgan neyronlar aksonlarining talay qismi kichik tutamlarga yig‘ilib, 
ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va chanoq a‘zolarini nervlaydi. 
Preganglionar simpatik tolalarning bir qismi umurtqa oldi tugunlarda uzilmasdan 
prevertebral (umurtqadan oldingi) tugunlarga yetadi va bu yerda effektor neyronlar bilan 
tutashadi. Umurtqadan oldingi tugunlar umurtqadan ancha narida, nervlanadigan a‘zoga 
ancha yaqin joylashgan. Shuning uchun ularga yetib kelgan preganglionar tola ham, 
ulardan chiqqan postganglionar tola ham ancha uzun bo`ladi. 
Umurtqadan oldingi katta tugunlardan yulduzsimon, quyoshsimon, ichaktutqichning 
yuqori va pastki tugunlarini ko‘rsatish mumkin. Bu tugunlardagi neyronlar qorin 
bo‘shlig‘i a‘zolarining simpatik nervlanishini ta‘minlaydi. Deyarli barcha a‘zo va 
to‘qimalar simpatik nnervlanishga ega. Birinchi galda bu qon tomirlar, kovak 
a‘zolarning, terinig silliq muskullari, ter va hazm bezlari, o‘pka, jigar va yog‘ tto‘qimasi 
hujayralari, skelet muskullari va markaziy nerv tizimining o‘zi. 
Simpatik nerv tizimi sezuvchi yo`llarga ham ega. Sezuvchi neyronlarning somalari 
umurtqadan oldingi tugunlarda joylashgan. Ularning uzun o‘simtalaridan biri 
periferiyaga yoi oladi, ikkinchisi orqa miyaga o‘tadi. Boshqa bir neyronlarning uzun 
o‘simtasi ishchi a‘zoga borib yetsa, kaltalari tugunning o‘zida tarqalib, oraliq neyronlar 
orqali effektor neyronlar bilan bog‘lanadi va shu yerning o‘zida mahalliy refleks yoyi 
hosil qiladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling