Muqaddima


MIYA PO’STLOG’IDAGI ELEKTR HODISALAR


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MIYA PO’STLOG’IDAGI ELEKTR HODISALAR 
Po‘stloq neyronlarining biofizik hossalari orqa miyadagi motoneyronlarnikidan farq 
qilmaydi. Masalan, mushuk po‘stlog‘ining harakatlantiruvchi sohasidagi piramidal 
hujayralarning tinchlik potensiali –60 mV dan –80 mV gacha, harakat potensiali esa 0,5-
2 ms davom etib, 60-100 mV ni tashkil qiladi. Po‘stloq hujayralarida ham qo‘zg‘alish 
oldin akson tepaligi sohasida paydo bo`lib, keyin akson va dendritlarga tarqaladi. 
Po‘stloq neyronlarining sinaptik faolligi orqa miya neyronlarinikidan farq qiladi. 
Qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensiallar po‘stloq neyronlarida 20-30 ms davom etadi. 
Tormozlovchi po‘stsinaptik potensiallarning davomiyligi bundan ham uzun – 70-150 ms. 
Orqa miya motoneyronlarida bu jarayonlar tezroq – QPSP-10-15 ms, TPSP-10-12 ms 
yuzaga chiqadi. 
Po‘stloq neyronlari o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib turish qobiliyatiga ega. Bedor hayvonlarda 
ularning o‘z-o‘zicha faollik ko‘rsatish soni past, 10 gersdan oshmaydi. Bu elektr faollik 



82 
bevosita po‘stloq yuzasidan yoki boshni qoplagan teri yuzasidan qayd qilinib turilaishi 
mumkin. 
ELEKTROENSEFALOGRAFIYA 
Miya po‘stlog‘ining elektr faolligini bosh yuzasidan qayd qilish imkonini beruvchi 
usul elektroensefalografiya, yozib olingan egri chiziq esa elektroensefalogramma (EEG) 
deyiladi. 
EEG tahlil qilinganda qayd etilgan elektr tebranishlarning chastotasi, amplitudasi
shakli va davomiyligi hisobga olinadi. 
Xotirjam va ko‘zlari yumilgan katta yoshli odamlarning EEGsida asosan alfa-ritm 
kuzatiladi. Bu ritmning chastotasi o‘rtacha 10 Gs (8-13 Gs). Uni sinxronlashgan EEG 
deyishadi. 
Ko‘zlar ochilsa, yoki boshqa a‘zolardan miyaga signallar kelsa yoxud aqliy faoliyat 
boshlansa, alfa-ritm yo'q‘lib, beta-ritm paydo bo'l‘di. Beta-ritmni tashkil qiluvchi 
to'l‘inlar chastotasi ko'p‘oq (14-30 Gs, o'r‘acha 20 Gs), amplitudasi pastroq. Alfa-
ritmning yo'q‘lib, beta-ritmning paydo bo'l‘shiga EEG ning desinxronlashishi deyiladi.
Agar katta yoshli odam uxlab yotgan bo`lsa, EEG da teta- va delta-ritmlar qayd 
qilinadi. Teta-ritm chastotasi 4-7 Gs, delta-ritmniki 0,5-3,5 Gs, toiqinlar amplitudasi 
ancha yuqori – 100 mkV dan 300 mkV gacha bo`lishi mumkin. 
Demak, EEG dagi toiqinlar chastotasiga qarab, po‘stloqning faolligi to‘g‘risida 
axborot olish mumkin. Shu sababdan elektroensefalografiya usuli klinikada keng 
qoianiladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling