Muqaddima


BOSH MIYA PO’STLOG’INING SENSOR QISMLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BOSH MIYA PO’STLOG’INING SENSOR QISMLARI 
Miyaning har qaysi yarim sharida somatik (teri va muskul-bo‘g‘imlardan) va visseral 
(ichki a‘zolardan) sezgilarning birlamchi sohalari bor. Bu sohalar I va II somatosensor 
sohalar deyiladi. 
Birinchi somatosensor soha orqa markaziy pushtaga (gyrus centralis posterior) 
joylashgan bo`lib, yuzasi ikkinchi somatosensor sohanikidan ancha katta. Bu sohada qoi 
kafti, tovush apparati, yuz vakilliklari ko‘p joyni egallagan. Badan, oyoqlar vakilliklari 
ancha kam joy oladi. 
Ikkinchi somatosensor soha Silviy egatining lateral qismiga joylashgan. Bu sohaga 
elektr toki bilan ta‘sir qilinganda bosim, tegish yoki issiq seziladi. 
Somatosensor sohalar olib tashlanganda, sezgilarni shakllaydigan ta‘sirotlar kuchidagi 
farq uncha bilinmaydi. 
Somatosensor sohalarning asosiy vazifasi talamusning spetsifik yadrolaridan 
keladigan ma‘lumotlarni baholash va birlashtirishdir. Bu yerda shakllanayotgan sezgilar 
kuchini solishtirish badanning ta‘sirlanayotgan qismlarini fazodagi munosabatini 
aniqlash, sezgilarning o‘xshashi va farqlarini baholashdan iborat. 
Birinchi va ikkinchi somatosensor sohalardan harakatlantiruvchi efferent tolalar 
chiqishi ham aniqlangan. Shu sababdan ularni sensomotor sohalar ham deyishadi. 
Ko‘ruv analizatorining o‘zagi miyaning ensa qismida sulcus calcarinus ning ikki 
chetida joylashgan (17-soha). Har ikki yarim shardagi ko‘ruv analizatorining markazida 
ikkala ko‘z to‘r pardasi, chunnonchi, chap markazga ikkala ko‘z to‘r pardasining o‘ng 
yarmi, o‘ng yarim shardagi markazga – ikkala ko‘z to‘r pardasining chap yarmi 


80 
proyeksiyalanadi. Birlamchi ko‘ruv markazi bo`lgan 17-soha yonidagi 18- va 19-sohalar 
ham ko‘ruv sezgisiga dahldor. 18-19-sohalar shikastlanganda, odam yozilgan so‘zni 
anglarnaydi. Bu sohalar ko‘z soqqasi harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. 
Eshituv analizatorining markaziy o‘zagi ustki chakka pushtasining o‘rtasiga 
joylashgan (41- va 42-sohalar). Bu sohalarga elektr toki bilan ta‘sir etilganda, odam 
tovushni sezadi. Eshituv markazining bir tomoni shikastlansa, odam butunlay kar 
bo`lmaydi, ammo yaxshi eshitmaydigan bo`lib qoladi. Tovush kelgan tomonni aniklash, 
tovushlarni vaqtga bog;lash qiyinlashadi. 
Chap yarim shardagi eshituv markazining ma‘lum qismi nutqni tushunishga javobgar. 
Bu soha shikastlansa, odam gapira olmaydi va gapga tushunmaydi. 
Miya po‘stlog‘ida hid va ta‘m sezish analizatorining markazlari ham bor. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling