Muqaddima
YUZAGA CHIQARILGAN POTENSIALLAR
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
YUZAGA CHIQARILGAN POTENSIALLAR
Yarim sharlar po‘stlog‘i faoliyatini o‘rganishda yuzaga chiqarilgan potensiallarni qayd qilish usuli ham samarali natija beradi. Retseptorlar, periferik nervlar va sensor signallarni o‘tkazuvchi boshqa tuzilmalarni ta‘sirlagandan so‘ng po‘stloq yuzasida qayd qilinadigan elektr reaksiyasi yuzaga chiqarilgan potensial deb ataladi. Bu usul yordamida miyaning tutrli tuzilmalarga axborot o‘tkazuvchi yo`llarini va ta‘sirotni qabul qiluvchi sezgir tizimlarning po‘stloqdagi manzilini aniq tekshirish mumkin. Ma‘lum retseptiv sohadan yoki afferent yoidan kelgan impulslarni bevosita tahlil qiladigan po‘stloq sohasida yuzaga chiqarilgan potensial amplitudasi eng yuqori bo`ladi. Bu sohadan qancha uzoqlashilsa, potennsialning kuchi shunchalik kamayadi, latent davri ortadi. Afferent impulslarni bevosita tahlil qiluvchi sohalarda yakka rag‘bat yuzaga chiqargan potensial birlamchi javob deb ataladi. Chin birlamchi javob amplitudasi 400- 600 mkV bo`lib, ikkita bosqichga bo`linadi. Avval 10-12 ms davomida manfiy tebranish ro‘y beradi. Birlamchi javob chegeralangan jarayon bo`lib, faqat proyeksion sohaning o‘zida qayd qilinadi. Uning shi xususiyatidan foydalanib, po‘stloqdagi proyeksion sohalar manzilini bexato topish mumkin. Birlamchi javobbning boshlang‘ich musbat qismi piramida hujayralar tanasi va asosidagi dendritlarda hosil bo`ladigan sinaptik potensiallar yig‘indisidir. Manfiy bosqich neyronlar uchidagi dendritlarning faollanishiga bbog‘liq. Birlamchi javoblar uchun qisqa latent davridan tashqari, yuqori ritmda (120 marta/s) yuzaga chiqish, narkozga sezgirlik xos. 83 Ikkilarnchi javoblar o‘zgaruvchan bo`lib, ularni paydo qilgan impulslar tezligi sekundiga 5 dan yuqori bo`lsa, narkoz berilganda yo‘qolib ketadi. Ikkilarnchi javoblar qo‘zg‘alishni birlamchi proyeksion sohadan yon-atrofdagi assotsiativ sohalarga o‘tkazilishi bilan bog‘liq. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling