Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIPOTALAMUSNING VEGETATIV FAOLIYATLARNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI
GIPOTALAMUS
Hajmi uncha katta bo`lmagan, ammo muhim faoliyatga ega bo`lgan gipotalamus miyaning uchinchi qorinchasi tubida va yonlarida joylashgan. U vegetativ, endokrin va somatik faoliyatlarni birlashtirish, hamda ichki muhit barqarorligini ta‘minlashdek juda muhim ishni bajaradi. Gipotalamusdagi kul rang modda besh guruh yadrolarga bo`linadi. Yadrolarning preoptik guruhi paraventrikulyar, medial va lateral preoptik yadrolardan iborat. Olddingi guruhga kiruvchi supraxiazmatik, supraoptik va paraventrikulyar yadrolardagi neyronlarning o‘simtalari gipofizning orqa bo`lagiga tushadi. Ventromedial va dorsomedial yadrolar o‘rta guruhni tashkil qiladi. Tashqi guruh tarkibida lateral gipotalarnik yadro, kul rang do‘mboq yadrosi bor. Orqa guruhni orqa gipotalarnik yadro, perifronikal yadro va bir nechta mamillyar yadrolar shakllaydi. Gipotalamus yadrolarining aksariyatida (supraoptik va paraventrikulyar yadrolardan tashqari) aniq chegara yo‘q. Ularni muayyan faoliyatni boshqaradigan markaz deb hisoblab bo`lmaydi. Shuning uchun gipotalamusni ma‘lum faoliyatga dahldor sohalarga bo`lishadi. Masalan, preoptik va oldingi guruhdagi ba‘zi yadrolarni gipofizotrop sohaga birlashtirishadi. Bu sohadagi neyronlar liberin va statinlar ishlab chiqarib, adenogopofiz faoliyatini boshqrishda muhim rol o‘ynaydi. Medial gipotalamusga kiruvchi yadrolarda ichki muhitning o‘zgarishlarini sezuvchi neyronlar bor. Bu neyronlar qonning haroratini, elektrolit tarkibini, gormonlar miqdori o‘zgarishini sezib, asli holiga qaytaradigan mexanizmlarni ishga soladi. Bu soha nerv va gumaral mexanizmlar yordamida gipofiz faoliyatini boshqaradi. Gipotalamusning lateral sohasida yadrolar yo‘q. U asosan miya stvoliga o‘tuvchi tolalardan iborat. Umuman, gipotalamus miyaning ko‘p sohalariga bog‘langan. GIPOTALAMUSNING VEGETATIV FAOLIYATLARNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI Gipotalamusning qaysi qismini elektr toki bilan ta‘srlarnang, yurak va tomirlar tizimi faoliyati o‘zgaradi. Gipotalamusning shikastlanishi tana harorati barqarorligini saqlash, ovqatga va suvga bo`lgan ehtiyojni boshqarish, hamda boshqa faoliyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar gipotalamus visseral faoliyatlarni boshqarishda katta rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Gipotalamus ta‘sirlanganda qon aylanish tizimi beradigan reaksiyalarining e‘tborli joyi shundaki, gipotalamusning ma‘lum sohasini ta‘sirlash bir safar skelet muskullarida qon oqishini oshirsa, keyingisida aks natija berishi mumkin. Gap shundaki, gipotalamus tomonidan qon oqishni boshqarish mexanizmlari bulbar mexanizmlar yuzaga chiqaradigan bir xildagi reaksiyalardan farq qiladi. Aortada qon bosimining oshishi o‘z- o‘zini boshqaradigan bulbar mexanizmlarni ishga solib, doumo bir xil hodisaga – yurak faoliyatining susayishi va tomirlarning kengayishi natijasida qon bosimining asli holiga qaytishiga olib keladi. Gipotalarnik markazlar esa qon aylanishini organizm va a‘zolarning faollik holatiga moslashtirib turadi. Masalan, jismoniy ish qilganda skelet muskullaridan qon oqishi ortsa, ayni vaqtda hazm tizimi tomirlarida qon oqishi kamayadi va, aksincha, ovqat hazm qilish vaqtida me‘da va ichak tomirlaridan oqqan qonning miqdori oshsa, skelet muskullarida bu miqdor kamayadi. Gipotalamus faqat qon aylanishini emas, balki boshqa ichki a‘zolar ishini ham organizmning faollik holatiga moslashishini ta‘minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling