Muqaddima


Vestibulyar tonik reflekslar


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Vestibulyar tonik reflekslar. Bu kuzatish labirintlari shikastlanmagan, ammo gips 
yoqa yordamida boshi harakat qilish imkniyatidan mahrim qilingan hayvonda 
o‘tkaziladi. Mushukni qoiga olib, orqasi va bosh tepasi yerga qaratiladi. Yozuvchi


66 
21-
расм! Бўйин-тоник рефяекслари 
muskullar 
tonusining 
oshishi 
natijasida 
hayvonning to‘rttala oyog‘i cho‘ziladi. Bosh va 
orqa tepaga qaratilsa, yozuvchi muskullar tonusi 
pasayadi. 
Bu reflekslarni tabiiy sharoitda sog‘lom 
hayvonlarda ham kuzatish mumkin. Mushukning 
oldiga yassi likopchada sut qo‘yamiz. U sutni 
yalab ichish uchun boshini engashtiradi, 
tanasining orqa qismi sal ko‘tariladi. Tana 
vaziyatining bu xilda o‘zgarishi oldingi oyoqlardagi yozuvchi muskullar tonusining 
pasayishi, orqa oyoqlarda esa bu muskullar tonusining oshishi natijasidir. Agar 
mushukning boshi ustida bir parcha go‘shtni ushlab turilsa, u boshini ko‘taradi, ayni 
vaqtda oldingi oyoqlari yoziladi, orqa oyoqlari bukiladi. Demak, oldingi oyoqlarda 
yozuvchi muskullar tonusi oshadi, orqa oyoqlarda esa bunday muskullar tonusi pasayadi. 
 
 
 
ROSTLASH REFLEKSLARI 
Uloqtirilgan mushukning havoda necha marta aylanmasin, yerga to‘rt oyog‘i bilan 
tushishini har bir odam yaxshi biladi. Buni o‘rta miya yuzaga chiqaradigan rostlash 
reflekslari ta‘minlaydi. Ma‘lumki, hauvon uchun gavdaning fazodagi fazodagi unga xos 
bo`lgan mo‘tadil vaziyati bor. Yuqori darajada rivojlangan to‘rt oyoqli hayvonlar uchun 
bosh tepasi va orqasi yuqoriga ko‘tarilgan vaziyat – mo‘tadil. Bu vaziyat majburan 
o‘zgartirilsa, hayvon baribir vaziyatini o‘nglab oladi. 
Vaziyatning tiklanishini ta‘minlaydigan reflektor harakatlarni (rostlash reflekslarini) 
yuzaga chiqarishda labirintlar, bo‘yin muskullari va gavdaning teri yuzasidagi 
retseptorlar ishtorok etadi. 
Hayvonni, masalan, qo‘yni yonboshiga yotqizdik deylik. Yerning tortish kuchi 
(gravitatsiya) labirint rerseptorlariga g‘ayri-tabiiy yo‘nalishda ta‘sir qilib, ulardan 
markazga boruvchi impulslar xarakteristikasini o‘zgartiradi. Markazdan bo‘yin 
muskullariga borgan efferent impulslar ularni qo‘zg‘atib, qisqartiradi va boshning 
ko‘tarilib, tabiiy holatga qaytishini ta‘minlayd. Boshning ko‘tarilishi - rostlash 
refleksining birinchi bosqichi. Bo‘yin muskullarining qisqarishi natijasida ulardagi 
proprioretseptorlar qo‘zg‘alib, tananing reflektor yoi bilan rostlanishiga olib keladi. 
Rostlash reflekslari labirinti olib tashlangan va bo‘yniga gips yoqa kiygizilgan 
hayvonlarda ham kuzatiladi. Bunda refleksni tananing yerga tegib turgan teri 
retseptorlarining qo‘zg‘alishi ta‘minlaydi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling