Muqaddima


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/88
Sana18.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1785778
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88
Bog'liq
pdf

Nazorat uchun savollar 
 1.Changsizlantirish jarayonining mohiyati nimadan iborat? 
2. Changlanni kontsentratsiyasiga qo‘yiladigan qanday me’yorlarni bilasiz? 
3. Changsizlantirish jarayoniga qanday omillar ta’sir qiladi? 
4. Batareyyali tsiklonlarning tuzilishi va ishlash tartibi haqida nimalarni bilasiz? 
5. Changlar granulometrik tarkibiga ko‘ra qanday o`lchama bo`ladi? 


170 
XII BOB. OQAVA SUVLARNI TOZALASH 
 
Foydali qazilmalarni boyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar boyitish 
jarayonining chiqindilar bilan birgalikda chiqindi saqlash maydonlariga tashlanadi. 
O‘z navbatida ular atrofdagi suv havzalariga tushib sifatiga sezilarli darajada ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Fabrikalardan chiqayotgan oqava suvlarda ifloslantiruvchi moddalardan biri – bu 
dispers moddalardir. Ular jumlasiga gravitatsiya jarayoni chiqindilari, suvda erigan 
tuzlar, emultsiya xolidagi flotoreagentlar, reagentlarni o‘zaro va minerallar bilan 
ta’siri natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar kiradi. 
Oqava suvlar tarkibida quyidagi zararli moddalar va birikmalar bo‘lishi mumkin. 

Texnologik jarayonlarda qo‘llanilayotgan kislotalar va ishqorlar. 

Reagentlarda erigan temir, mis, nikel, rux, kaliy, alyuminiy,kobalt, kadmiy, 
surma va boshqa metallar ionlari.

Tsionidlar – suvlarni asosiy ifloslantiruvchi moddalar turkumiga kirib boyitish 
fabrikasida flotoreagentlar sifatida keng qo‘llaniladi, shuningdek tsianidlar ruda va 
boyitmalarda oltinni ajratib olishda asosiy reagent xisoblanib, oltin ajratish 
fabrikalarida keng qo‘llaniladi shuningdek tsianidli eritmalarda rangli metallar 
bo‘lishi (mis, rux va boshqalar komplekslar hosil qilib, inson hayoti uchun zaharli 
hisoblanadi). 

Ftoridlar ham boyitish fabrikasida flotatsiya jarayonida reagent sifatida 
qo‘llaniladi va ular jumlasiga ftor kislotasi, natriyning ftor kremniyli tuzi misol 
bo‘ladi. 

Foydali kazilmalarni flotatsion boyitish jarayonida, reagent sifatida neft 
mahsulotlaridan keyin, fenol va krezollar, mis, mis-molibden hamda molibden - 
volfram rudalari uchun foydalaniladi. 
Xullas boyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar tarkibi jixatidan 
zararli moddalarga juda boy bo‘lib, atrof – muxitdagi suvlarni sezilarli darajada 
zaharlaydi, u esa o‘z navbatida ekologiya va insoniyat hayotiga o‘zining salbiy 
ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun fabrikadan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash 
muxim ahamiyatga ega, undagi zararli moddalarni miqdori mumkin qadar kam 


171 
bo‘lib, sanitar normativlarida belgilangan kontsentratsiyadan oshmasligi shart
jumladan: 
Jadval. № 8
Suvdagi zararli qo‘shimchalarni kontsentrattsiyasini ruxsat etilgan 
me’yorlari.
Moddalar 
Oqava suvdagi 
miqdori mg/l 
Moddalar 
Oqava 
suvdagi 
miqdori 
quyidagi 
o‘rsatgichdan 
oshmasligi shart, mg/l 
Kislota 
0,25 
Kobalt 
1,0 
Tsianidlar 
0,1 
Mis 
0,1 
Ftoridlar
1,5 
Molibden 
0,5 
Neft 
0,5 
Nikel 
0,1 
Kerosin benzin 
0,1 
Simob
0,005 
Fenol, krezol 
0,001 
Qo‘rg’oshin 
0,1 
Ksantogenatlar 
0,001 
Strontsiy 
2,5 
Volfram 
0,1 
Surma 
0,05 
Temir
0,5 
Titan 
0,1 
Kadmiy 
0,01 
Rux 
1,0 
Atrof muhitni oqava suvlardan zararlanish darajasini kamaytirish 
usullaridan biri bu boyitish texnologiyasida qo‘llanilayotgan suvlarning aylanma 
harakatini ta’minlashdir, ya’ni fabrikadan chiqayotgan oqava suvlarni texnologik 
jarayonga qaytarishdan iboratdir. 
Qaytarma oqava suvlar toza suvlardan farq qilib, ular texnologik jarayon 
ko‘rsatgichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan: mis-molibdenli 
rudalarni boyitish fabrikasidan chiqayotgan suvlar tarkibi dispers zarrachalar va 
kerosindan tozalash ishqordan foydalaniladi, natijada oqava suvlardan kaltsiyning 
miqdori ortib ketishi flotatsiya jarayonini buzadi. 
Oqava suvlarning zararli darajasini kamaytirishning yana bir usuli, bu 
jarayonda qo‘llanilayotgan reagentlarni tejamkorligini tejashdan iboratdir, samarali 
usullardan yana biri, bu oqava suvlarni chiqishini kamaytirish, avariya 
xolatlarining oldini olish va xokazolar kiradi. 
Boyitish fabrikalarida oqava suvlarni tozalash buyicha alohida bo‘limlar 
faoliyat ko‘rsatadi, ularda oqava suvlarni tozalashning bir qator usullari ishlab 
chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar misol bo‘ladi: 


172 
Oqava suvlarni tindirish, bu jarayon 4 soatdan 10 soatgacha davom etib 
disspers zarrachalar cho‘ktiriladi. Buning uchun turli organik va noorganik 
koagulyantlardan foydalaniladi, ularning vazifasi mayda dispers zarrachalarning 
to‘plashdan iborat bo‘lib, natijada jipslashgan zarrachilarni cho‘kish tezligi oshadi 
va jarayon tez kechadi. Bunday koagulyantlarga ohakli suv Sa(ON)
2
, temir sulfati 
FeSO
4
7N
2
O; temir xloridi va poliakrilamidlar, uniflok misol bo‘ladi. 
Oqava suvlarni kislotadan tozalashda neytrallash usuli qo‘llaniladi, 
neytrallash ohak, so‘ndirilgan ohak, dolomit, magnezit, soda va boshqa reagentlar 
yordamida amalga oshiriladi. 
Sulfat kislotali eritmalarni quyidagi reaktsiyalar orqali neytrallanadi: 
o‘yuvchi natriy yordamida neytrallash
N
2
SO
4 + 
2NaOH = Na
2
SO
4
+ 2 H
2

ohak bilan neytrallash
H

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling