Muqimiy toshkent «MA’naviyat» 2009


Pari yanglig‘ o‘zni pinhon aylading


Download 361.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/52
Sana01.11.2023
Hajmi361.85 Kb.
#1738240
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Bog'liq
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Pari yanglig‘ o‘zni pinhon aylading...
Xo‘blaming ey sarvari sariri,
Husn taxti uzra odil amiri,
Men benavo qolib mahrum axiri, 
Bo‘laklarga lutf-u ehson aylading.
Oh-u nolam yetdi yetti samoga,
Boqmay o‘tting hargiz men mubtaloga, 
Faryod etdim, Muqim, o‘xshab gadoga, 
Bir demading: kimsan, afg‘on aylading?
42


OSHNOLIG‘ING YODIMGA TUSHTI
Arzim eshit, ayo, sarvi ravonim,
Hajr o ‘tig‘a kuyub o ‘rtandi jonim, 
Nogah oyinag‘a boqtimki, xonim, 
Mahvi hayroningiz yodimga tushti.
Bog‘da ko‘rib har yon ochilgan gullar, 
Farshi maxmal yerda sabza sunbullar, 
Sunbul isi xush aylabon ko‘nguUar,
Zulfi rayhoningiz yodimga tushti.
Ilkingizdin no‘sh aylayub paymona, 
Gohe hudman, gohe behud devona,
Har qachonkim ko‘ksim qildim nishona, 
Tiyri mujgoningiz yodimga tushti.
Ey sarvari mahbublar, ra’nolar,
Bo‘ldi afzun boshda sho‘r-u savdolar, 
Bismil xayol aylab guli humrolar,
Tiyg‘i parroningiz yodimga tushti.
Tufrog‘idur mazallatlar maskanim, 
Notavonlig‘ pesham, ojizlig4 fanim,
Qasd aylasa qaysi yerda dushmanim, 
Manga oshnolig‘ing yodimga tushti.
G ‘aflat bosib oxir sarg‘aydi rangim,
Yo‘q darig‘o zarra nomus-u nangim, 
Xijolatdan suvga tushdim qachonkim, 
Hozir paydolig‘ing yodimga tushti.
Ishq o‘tig‘a kuydim, yondim, tutashtim, 
Vasling istab-istab yo‘ldin adashtim, 
Kasratgakim, Muqimiyyo, ko‘z ochtim, 
Yo rab, tanholig‘ing yodimga tushti.
43



Download 361.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling