Muqimiy toshkent «MA’naviyat» 2009


Kuymagan bo‘lsa birov mehr-u muhabbat o‘tig‘a


Download 361.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/52
Sana01.11.2023
Hajmi361.85 Kb.
#1738240
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Bog'liq
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Kuymagan bo‘lsa birov mehr-u muhabbat o‘tig‘a, 
Sham’dek to subh o‘rtab tabbu tobim kim desun?
Hamnishindurlar ulug‘larga xushomadgo‘ylar,
Yo‘lida jononimi xayr-u savobim kim desun?
Gar qilich boshimg‘a ham kelsa degayman rostin, 
So‘zki haq bo‘lsa, savolimg‘a javobim kim desun?
Do‘stlar, so‘rsang g‘izosidin Muqimiy, erta-kech, 
Q°n sharob ichsam, jigarlardur kabobim, kim desun?
18


ZULM ILA QAHR-U G‘AZAB
Zulm ila qahr-u g‘azab izhor qilmoq shunchalar, 
Oshiqi bechoraga ozor qilmoq shunchalar.
Gul debon sevgan kishining ko‘kragiga nish urib, 
Xasta-yu ma’yus etib, afgor qilmoq shunchalar.
To‘tiyi shirin suxan ag‘yorlaming bazmida,
Bizga kelganda gapirmay zor qilmoq shunchalar.
Sizga kim aydi: muhabbat ahlini qil ihtisob, 
Qo‘rqutib o‘z aybiga iqror qilmoq shunchalar.
Kelsa oldingizga boy suvrat, yaqosi tugmalik,
Izzat ila shod-u minnatdor qilmoq shunchalar.
Garchi kelsa eski to‘n, bizdek duogo‘yi faqir, 
Kambag‘alning xirqasidin or qilmoq shunchalar.
Har balo-yu jabr kelsa yonmagay hargiz Muqim, 
Oshiq ahlini urubon xor qilmoq shunchalar.
19


ANOR
N e’mat ichra xush latofatlikda mustasno anor, 
«Qoy» agar hikmatda derlar qotii safro anor.
Me’dani pokiza aylab, ishtahoni kelturub,
Ko‘p g‘izo qilg‘armi qilg‘ay rangini humro anor.
Achchig‘ida xosiyat ko‘pdur, havosida xusus,
Bo‘lsa shirin tashnalik daf igadir tanho anor.
Gar yesang forom har bir dona chun la’li xushob, 
Bog‘ida sun’i ilohi mevai g‘atmo anor.
Bor masalkim: yaxshi odam der edim, o‘zi bilur, 

Download 361.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling