Muqimiy toshkent «MA’naviyat» 2009


Наг vajhdin sumanbar, qomatda sarv раукаг


Download 361.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/52
Sana01.11.2023
Hajmi361.85 Kb.
#1738240
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Наг vajhdin sumanbar, qomatda sarv раукаг, 
Insof aylasam yo‘q 
sizdek 
jahonda dilbar,
Наг necha vasfingizg‘a sig‘maydi tang daftar, 
Ko‘rganda qomatingiz bo‘lg‘ay xijil sanavbar, 
Tovus jilvasidin raftoringiz chiroylik.
Oydek yetib kamola, ko‘rmang zavol hargiz, 
La’li labingiz o‘lmas obi zilol hargiz,
To‘ti kamolingizdin bo‘lmasmu lol hargiz,
Har qancha qilsangiz ham keimas malol hargiz, 
Yaxshi erur jafongiz, ozoringiz chiroylik.
Umre baland bo‘lsun iqbol-u davlatingiz,
Kam bo‘lmasun hamisha Doroyi shavkatingiz, 
Gul bog‘ orazingiz, rayhon erur xatingiz,
Наг bir-biridin ahsan af ol-u xislatingiz, 
Kirdoringiz yarashkan, atvoringiz chiroylik.
G‘ilmonmusiz basharsiz, qaydog‘siz o‘zingiz, 
Во lgaymu muncha issig‘ yo o‘tmu yulduzingiz, 
Jonlar topar halovat, qand-u asal so‘zingiz, 
Olma qizil yuzingiz, bodom erur ko‘zingiz, 
Ta’rifi anjiringiz, anoringiz chiroylik.
54


Еу husn kishvarini(ng) taxtida yakka sulton,
Mumtoz dilrabosiz, chokar jamii xubon,
Yetmakka vaslingizg‘a bormu, Muqimiy, imkon, 
Furqat, ko‘rib ko‘ngillar bo‘lmas nachuk parishon, 
Bellarda kokilingiz, zunnoringiz chiroylik.
55


IXTIYOR ETMAZMIDIM
(.Fuzuliy g ‘azaliga muxammas)
0 ‘lmasa g‘am cho‘x hasrat ixtisor etmazmidim, 
Toqatim yetsaydi tamkin-u viqor etmazmidim,
Xush yor o‘lsaydi zulmidin firor etmazmidim,
Aql yor o‘lsaydi tarki ishqi yor etmazmidim,
Ixtiyor o‘lsaydi rohat ixtiyor etmazmidim.

Download 361.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling