Muqimiy toshkent «MA’naviyat» 2009


Oshnosidin kechib, begonalarga yor yor


Download 361.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/52
Sana01.11.2023
Hajmi361.85 Kb.
#1738240
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Oshnosidin kechib, begonalarga yor yor,
Bu alamlarga chidolmay ko‘zda yoshim shashqator, 
Hech dushman bo‘lmasun ko‘yida mendek xor-u zor, 
Kunduzi bir yerda bir dam olmay orom-u qaror, 
Lahzaye yo‘q kechalar ko‘zlarda xobim kim desun?
Ko‘rmadimkim, bo‘lmasa boshida mushkul har kishi, 
Qadri ranji xor bu bog‘din uzar gul har kishi, 
Teshani chopqay o‘ziga, rasmdur shul, har kishi, 
0 ‘z ko‘mochig‘a, masalkim, tortadur kul har kishi, 
Bas, kuyib ishqida chekkan iztirobim kim desun?
Turfa bir maxmurmen la’li labi yoqutig‘a,
0 ‘xshatur odam gapursa xush takallum to‘tig‘a,
Zarra maylim yo‘q bu dunyoning hisob-u cho‘tig‘a, 
Kuymagan bo‘lsa birov mehr-u muhabbat o‘tig‘a, 
Sham’dek to subh o‘rtab tabb-u tobim kim desun?
Topmadim vasliga yoi aylab xayol-u o‘ylar,
Paykarim g‘amdin zaif o‘ldi, chunonchi, mo‘ylar, 
0 ‘zgalarga xulqi xush, ammo menga badxo‘ylar, 
Hamnishindurlar ulug‘larga xushomadgo‘ylar,
Yo‘lida jononimi xayr-u savobim kim desun?
58


Qayda bo‘lg‘ay telba, rasvoda yaqo-yu ostin,
Ne bilur Majnun degan subh ila shom-u choshtin, 
Naylayin, o‘ylab tiriklikiiing kami-yu kostin,
Gar qilich boshimga ham kelsa degayman rostin, 
So‘zki haq bo‘lsa savolimga javobim kim desun?
Demakim, forig‘ duosidin Muqimiy, erta-kech, 
Midhat-u zikr-u sanosidin Muqimiy, erta-kech,
Ko‘z tutar davlat asosidin Muqimiy, erta-kech, 
D o‘stlar, so‘rmang g‘izosidin Muqimiy, erta-kech, 
Qon sharob ichsam, jigarlardur kabobim, kim desun?
59


SATIRALAR

Download 361.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling