Murakkab qo‘shma gaplar
Download 1,46 Mb.
|
murakkab qoshma gaplar (1)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar
- Aralash murakkab qo‘shma gaplar
- Ketma-ket ergash gap.
MURAKKAB QO‘SHMA GAPLARAkbarova MatlubaQo’shma gapMazmuni, grammatik tuzilishi hamda ohangiga ko`ra bir butunlikni tashkil etgan, bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikkan qurilmalar Qo`shma gapni tashkil etadi. O`zbek tilida qo`shma gaplar ma`lum ma`no munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va ohangiga ko`ra uch tipga bo`linadi: 1. Bog’lovchisiz qo`shma gaplar 2. Bog’langan qo`shma gaplar 3. Ergash gapli qo`shma gaplar. Nutqimizda kamida uchta sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gaplar ham mavjud. Maktab darsligida ularga quyidagicha ta’rif beriladi: “Uch va undan ortiq sodda gaplarning birikishidan tarkib topgan gaplar murakkab qo‘shma gaplar deyiladi”. MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR Ergash gapli qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi.
MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR TURLARI Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap Aralash murakkab qo‘shma gaplar Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplarBunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan bo‘ladi (avvalgi mavzuda bu gaplar bog‘lovchilarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap deb atalgan edi): Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi. Aralash murakkab qo‘shma gaplarTarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gaplar to‘rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi. Bunday gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo‘ladi: Tog’ va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Botirjon klubdan chiqqanida, quyosh sharq ufqida terak bo‘yi ko‘tarilib, bulut darvoza oralig‘ida charaqlab turardi.
Ergash gaplarni bosh gapga bog’lanishi To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ketma-ket ergash gap. To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lansa, birgalik ergash gap deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi; 2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku! Ketma-ket ergash gap.Har bir ergash gap to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga ketma-ket bog‘lansa, ketma-ket ergashish deyiladi. Bunday gaplar tarkibida turli xil ergash gaplar qatnashadi: Bahorda havo noqulay kelib, g‘o’zaning parvarishi kechikkan bo‘lsa ham, hosil mo‘l bo‘ldi. Download 1,46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling