Murodulla mirzaev


Turkiyada demografik muammolar


Download 1.97 Mb.
bet18/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Turkiyada demografik muammolar

Demografiya (yun. demos – xalq, grafiya - yozish) — har yili turli sabablarga ko'ra vafot etgan aholi o'rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to'ldirib borish qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog'lik holda o'rganadigan fan.

Demografiyaning paydo bo'lishi asosan XYII asrning ikkinchi yarmidan angliyalik olim J.Graunt (1620-1674 yy) tadqiqotlari bilan bog'lik. Demografiya atamasini ilk bor 1855 yilda frantsuz olimi A.Giyyar qo'llagan. 1882 yilda Xalqaro gigiyena va demografiya kongressining Jeneva sessiyasida rasman qabul qilingan, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keng tarqalgan.

Hozirgi vaqtda Turkiyadagi demografik vaziyatga faqat havas qilish mumkin: mamlakat aholisi shiddat bilan o'sib bormoqda. Bugungi kunda aholi soni 83,2 mln kishini tashkil etadi.

2003-yildagi Turkiya aholisi va salomatligi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, homiladorlikning oldini olish vositalaridan foydalanish tendentsiyasining o'sishi tufayli tug'ilishda umumiy pasayish kuzatilgan. Xuddi shu tadqiqotlar natijalariga ko'ra, yangi tug'ilgan chaqaloqlar orasida o'lim darajasi 5,8 %, bolalar orasida - 0,85 % va 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda - 3,7 % qayd etilgan. 2003-yilda ayollarning umr ko'rish davomiyligi 71, erkaklarniki - 66,4 yoshni tashkil etgan.

Turkiya statistika instituti (TurkStat) ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda mamlakat aholisi soni 1,15 mln. kishiga ko'paygan, deb xabar beradi “Hurriyet daily news” portali.

Aholi umumiy soniga nisbatan erkaklar ulushi - 41,7 mln., ayollar ulushi - 41.4 mln. ni tashkil etadi. Ya'ni, Turkiyaning umumiy aholisida erkaklar ulushi - 50.2 %, ayollar ulushi - 49.8 % ga teng.

Hisobotda shuningdek, viloyat va tuman markazlarida istiqomat qiluvchi aholi ulushi 2018-yildagi 92,3 % dan 2019-yilda 92,8 % ga ko'tarilganligi aytilgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi aholining ulushi shu yillar davomida 7,7 % dan 7,2 % ga kamaygan.

Eng ko'p aholi istiqomat qiladigan shahar Istanbuldir – 15,5 mln. kishi istiqomat qiladi. Bu, Turkiya aholisining 18,66 % ni tashkil qiladi. Istanbuldan keyin 5,6 mln. aholi bilan poytaxt Anqara, so'ngra 4.4 mln. aholi bilan Izmir o'rin olgan. Mamlakatning g'arbiy viloyati Bursada - 3,0 mln., janubiy viloyat - Antaliyada 2,5 mln. aholi istiqomat qiladi.

2018-yilda Turkiya aholisi 1,47 % ga ko'paygan. Bu ko'rsatkich Turkiyaning Yevropada eng ko'p aholiga ega bo'lgan Germaniyadan biroz oldinda ekanligini anglatadi. 2019-yilning uchinchi choragi ma'lumotlariga ko'ra, o'sha paytda Germaniya aholisi soni 83,1 mln. kishini tashkil etgan.

Turkiya bo'ylab aholining taqsimlanishi juda notekis. Marmar va Qora dengizlarning eng zich joylashgan sohillari va Egey dengiziga tutashgan joylarda aholining o'rtacha zichligi 1 km² ga 23 kishi to'g'ri keladi.

Turkiyaning 81 viloyati (bo'lge) ichida eng ko'p aholi istiqomat qiladigan shaharlar: Istanbul (15,5 mln.), Anqara (5,6 mln.) va Izmir (4,4 mln.). So'nggi 30 yil ichida aholining eng ko'p o'sishi Antaliya (4,2 %), Shonliurfa (3,7 %) va Istanbul (3,3 %) da qayd etilgan. Aholining o'sish sur'atidagi eng past ko'rsatkich Tunjelida (3,6 %) kuzatilgan.

Mamlakat aholisining 33,6 mln. ayollar va 34,2 mln. Erkaklardir (qolgani - bolalar). Turkiya aholisi yosh bo'lgan davlat bo'lib, asosiy aholisi turklardir (qariyb 90 %). Hozirda mamlakatda 25 dan ortiq milliy ozchiliklar yashaydi: kurdlar, arablar, yunonlar, cherkeslar, armanlar, yahudiylar, gruzinlar, lazilar va boshqalar.

Turkiya Respublikasi tashkil topgandan keyin o'tkazilgan aholini ro'yxatga olish natijalariga ko'ra 1927-yilda aholi 12,5 mln. kishini tashkil etgan.

Keyingi yillarda o'tkazilgan aholini ro'yxatga olish natijalari quyidagi jadvalda aks etgan:


Т/р


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling