Murodulla mirzaev


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.97 Mb.
bet20/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Turkiya etnografiyasining o'zig xosligi nimada?

2. Turk etnosining shakllanishidagi asosiy omil nima?

3. Turkiya shaharlashuvi jarayonida qanday muammolar bor?

4. Mamlakat etnograifsini o'rganishdan asosiy maqsad nima?
IY Mavzu. TURKIYA HUDUDIDA QADIMGI

DAVLATLARNING TAShKIL TOPIShI

Hozirgi Turkiyaning ilk ma'lum bo'lgan inson manzillari miloddan avvalgi 7500-yilda O'rta yer dengizi mintaqasida Chatal Guyuk (Xyuyuk) nomi bilan paydo bo'lgan. Bu manzil hozirgi Ko'nya shahri yaqinida. Ana shundan boshlab qudratli davlatlar shu qadar tezkor hamda tartibsiz vujudga kelgan va yo'q bo'lib ketgan-ki, bu jarayonlar xronologiyasini qayd etish, voqea-hodisalar tafsilotini tarixiy faktlar asosida aniq bitishning imkoni bo'lmagan. Shu sabab, mavjud manbalar turklar Vatani hisoblangan Kichik Osiyo va uning qadim tarixi haqida to'laqonli ma'lumot berish imkoniyatidan yiroq.

Miloddan avvalgi 2600-1900 - yillarga kelib bronza asri gullab-yashnayotgan edi. Bu davrda Turkiya hududida doimiy, biroq uncha katta bo'lmagan yashash manzillari paydo bo'la boshlagan. Asl kelib chiqishi hind-evropaliklardan sanalgan birinchi yirik tamaddun bu mintaqada xettlar tomonidan yaratilgan bo'lib, odamlar quyosh ma'budasi, yomg'ir va bo'ron xudosiga sig'ingan. Xettlar Anadoluda bronza davrining o'rtalaridan boshlab (miloddan avvalgi 1900-1600 - yillar) o'z hukmronligini o'rnatgan. Ramzes II davrida Misr bilan to'qnashgan, Suriyani zabt etgan, biroq Troyaning qadimgi Gretsiya tomonidan bosib olinish vaqtiga kelib (miloddan avvalgi 1250-yil), Xett imperiyasi chok-chokidan so'kilayotgan, parchalanishi muqarrar holatga kelib qolgan edi.

Turkiya zamonaviy dunyo standartlariga ko'ra juda yosh davlat. Hozirgi kunda Turkiyaning xalqaro miqyosdagi maqomi juda yuqori. Biroq bu davlat bundan yuz yil oldin dunyo xaritasida yo'q edi. Bu degani – Turkiya tamoman yo'q joyda shakllangan davlat ma'nosini anglatmaydi. Turkiya 1923-yil 29-oktyabrda Usmoniylar imperiyasi zaminida paydo bo'lgan. Usmoniylar imperiyasi Janubiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani birlashtirib olganda juda katta hududni o'z ichiga olgan edi. Faqat Birinchi Jahon urushidagi mag'lubiyat buyuk imperiyani tanazzulga olib keldi.

Hozirgi Turkiya egallab turgan Kichik Osiyo yarim orolida antik davrda ko'plab davlatlar bo'lgan, yemirilgan yoki o'zgargan. Ular haqida bizga nimalar ma'lum? Kichik Osiyo (Anado'lu) atalmish bu yarim orolda kimlar yashagan? kabi savollarga javob berish Turkiya tarixini o'rganishning asl mazmunini tashkil etadi.

Kichik Osiyoning sharqiy va markaziy hududlarida miloddan avvalgi III ming yillikda ham Purusxanda, Amkuva, Kussar, Xett, Kanish, Vaxshushana, Ma'ma, Samuxa kabi shahar-davlatlar bo'lgan. Ana shu shahar-davlatlarning Ashshura shahri savdogarlaridan olingan o'z yozuvlari va yozuv tillari bo'lgan. Ular o'rtasida siyosiy hukmronlik uchun o'zaro kurash ham ketgan. Avval Purusxandaning qo'li baland kelgan. Uning hukmdori boshqa shahar-davlatlar hukmdorlari orasida “buyuk podshoh” maqomiga ega edi. Keyinchalik Kussar shahar-davlati foydasiga vaziyat o'zgargan. Miloddan avvalgi XVIII asrning birinchi yarmiga kelib, Kussar podshosi Anittas vaqt o'tib Xett podsholigi nomi bilan ma'lum bo'lgan ulkan davlat barpo etgan.

Hozirgi Turkiyaning sharqiy qismi miloddan avvalgi IX-VI asrlarda Urartu davlati tasarrufida bo'lgan.

Miloddan avvalgi XIII asrda “bronza davri falokati” oqibatida Egey dengizi mintaqasidan Misr chegaralariga hamda Xett davlatiga qadar ko'chib o'tgan O'rta Yer dengizi havzasi xalqlarini “dengiz xalqlari” deyiladi. Ular orasida Sherdanlar, Tirsen, Tursha, Filistlar va Chakkallar, Danunlar, Frigiyaliklar, Shakalesh, Axiyava yoki Akayvasha (Axeylar), Garamants, Lyuks, Tevkras kabi qabilalar bo'lgan.

“Bronza davri falokati” nima? Bu atama arxeologlar va tarixchilar tomonidan O'rta Sharq va Sharqiy O'rta Yer dengizi davlatlari bo'lgan Levante1, Kichik Osiyo va Gretsiya xalqlarining bronza davridan temir asriga o'tishiga nisbatan ishlatiladi. Bu “falokat”ning mazmuni shundaki, bronza va temir davrlarining almashishi natijasida bu xalqlar ijtimoiy hayotida falokatli o'zgarishlar sodir bo'lgan. Xususan, ishlab chiqarish va madaniy an'analar barham topgan, yozuvlar yo'q bo'lib ketgan, davlatlar, o'sha davr shaharlari tanazzulga yuz tutgan. Butun hududda “qora asrlar” davri boshlangan. Gretsiya tarixida ham bu davr “qora asrlar” davri deyiladi.

Miloddan avvalgi IX asrdan boshlab Egey, Marmar va Qora dengiz sohillarida yunonlar paydo bo'la boshlagan. Kichik Osiyoda Frigiya, keyin Lidiya davlatlari vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 546-yilda Lidiyaga forslar bostirib kirgan. Kir, Doro va Kserks kabi podsholar forslar qudratini hozirgi Eronga qadar olib borgan. Bu holat Aleksandr Makedonskiy kelgunga qadar davom etgan. Uning bosqini bilan Kichik Osiyoda forslar boshqaruvi tugatilgan. Miloddan avvalgi 333-yilda u Dardanellni kesib o'tib, Granikus va Issus janglarida forslar qo'shinini tor-mor etgan. Aleksandr Makedonskiyning vafotidan keyin, u egallagan hududlar uning to'rt sarkardasi o'rtasida bo'lingan.

Miloddan avvalgi 133-129 - yillarda Kichik Osiyo Rim hukmronligi ostiga tushgan. Bu yerda Kilikiya, Pontus, Kappadokiya va Armaniston viloyatlari tashkil etilgan. Milodiy 395-yilda Rim imperiyasi G'arbiy va Sharqiy qismlarga bo'linadi. Kichik Osiyo Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya tarkibiga kirgan, Konstantinopol uning yangi poytaxti bo'lgan.

O'rta Yer dengizining Kichik Osiyo sohillari bo'ylab miloddan avvalgi XX-VIII asrlarda Turkiyaning hozirgi Antaliya va Mu'la shaharlari o'rnida Likiya madaniyati gullab-yashnagan. Anado'lu g'arbiy qismi tamaddunining markazi Troya bo'lgan. Miloddan avvalgi XIII-IX asrlarda greklar tomonidan Anado'luning g'arbiy hududlari bosib olingan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Anado'luning barcha hududi Likiya davlati tomonidan zabt etilgan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling