Murodulla mirzaev


Yangi Xett sulolasi davrida Buyuk Xett davlati


Download 1.97 Mb.
bet22/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Yangi Xett sulolasi davrida Buyuk Xett davlati

Miloddan avvalgi XIY asr boshlarida Xett saltanatining tiklanish davri boshlangan. Bu tiklanish Xett hukmdorlari ichida eng ko'zga ko'ringan, tajribali diplomat, qobiliyatli sarkarda shoh Suppiluliumma nomi bilan chambarchas bog'liq.

Qudratli Misr saltanati, Bobil va Mitanni davlatlarining zaiflashuvi oqibatida Old Osiyoda vujudga kelgan qulay xalqaro vaziyatdan Suppiluliumma ustalik bilan foydalanib, Xett saltanatining qudratini yanada oshirishga muvaffaq bo'lgan. Old Osiyo, shuningdek, G'arbiy Osiyo – geografik nuqtai nazardan janubi-g'arbiy Osiyodagi Kichik Osiyo yarim oroli, ya'ni, Kichik Osiyo tog' tizmalari va O'rta yer dengizining sharqiy qirg'oqlaridagi Arabiston tog' tizmalariga tegishli bo'lgan hududlardagi Levant, Kavkaz (Kavkazorti), Arman va Eron tizmalarini, Mesopotamiya pasttekisligini o'z ichiga olgan. Siyosiy nuqtai nazardan Old Osiyoga uchta mintaqa – Yaqin Sharq (unga Afrika qismi kirmaydi), O'rta Sharq va qisman Kavkaz orti kirgan.

Xettlar harbiy qo'shinida ot qo'shilgan yengil va tezyurar aravalardan foydalangan. Aravalarda uch jangchi: haydovchi, yoyandoz, qalqon ko'targan askar joylashib, ular dushmanga qaqshatqich zarba berish imkoniga ega bo'lgan.

Suppiluliumma poytaxt Xattusu va boshqa shaharlar atrofini qal'alar bilan o'rab mustahkamlagan. U, avvalo, qo'shinini Arsav shohligiga qarshi qaratgan. Suppiluliumma diplomatiya yo'li bilan o'sha davrning qudratli davlati - Kisvadna ustidan nazorat o'rnatgan. O'z qizini shoh Xayyasiga turmushga berib, Pontiya tog'larining janubiy etaklarida mavqeini mustahkamlagan. Bu yerlar metall, jumladan, temirga boy bo'lgan.

Bu vaqtda Misrning zaiflashuvidan foydalanib, Suppiluliumma O'rta yer dengizining sharqidagi shohliklarning o'zaro kurashiga faol aralasha boshlagan. Xettlar O'rta yer dengizi sohillari, Iordan daryosining dengizga quyilish qismiga qadar kirib borgan. Suppiluliumma xettlarning eng xavfli dushmani – Mitanni1 davlatini bo'ysundirgan. Bundan avval u Suriyaning Xalpa, Nuxashshe, Niyu va Karxemish shaharlarini bosib olgan. Karxemish Xett davlatining eng mustahkam va asosiy qal'asiga aylantirilgan. Xullas, Suppiluliummaning faoliyati tufayli Xett saltanati qudratli harbiy davlatga aylangan.

Mursili II hukmdorligi davrida (miloddan avvalgi 1340 y) Xett davlati yanada kuchaygan. Ushbu hukmdor asosiy dushmani – Arsavi podsholigi bilan keskin kurash olib borgan. Ular o'rtasidagi hal qiluvchi jang Janubiy Frigiyadagi Valma shahrida yuz bergan. Jangda Arsavi qo'shinlari mag'lub bo'lib, shoh Arsavi va uning vorisi qo'shni Axxiyava davlatiga qochib ketgan. Xett qo'shini Apasu shahrini qo'lga olib, Egey dengiziga qadar chiqqan. Arsavi davlati Xett shohiga tobe bo'lgan. Shunday qilib, Kichik Osiyoning yirik qismi Xettlar ixtiyoriga o'tadi. Bu davr – Xett davlati harbiy qudratining eng yuksalgan davri bo'lgan.

Ammo Mursili II hukmronligi yakunida Old Osiyodagi siyosiy vaziyat murakkablashgan. Ramzes II davrida Misr o'z harbiy-siyosiy qudratini ancha mustahkamlab, O'rta Yer dengizi sharqidagi viloyatlarni qaytarib olish uchun urushlar olib borgan. Shu tariqa Old Osiyoda hukmronlik uchun o'sha davrning ikki qudratli davlati - Misr hamda Buyuk Xett o'rtasida janglar boshlangan.

Misr shohi Ramzes II bilan Xett davlati hukmdori Muvatal o'rtasidagi hal qiluvchi jang Oront daryosi sohilidagi Kadesh shahri yaqinida yuz bergan. Jangda Ramzes II mag'lubiyatga uchragan.

Ramzes II mag'lubiyatdan tegishli xulosa chiqarib, kuchli qo'shin tuzgan. Ayni paytda, diplomatiya usullarini ishga solib, xettlarni O'rta yer dengizi sharqiy qismidan siqib chiqargan. Ana shu davrda Falastin va Suriyada Misr tomoniga o'tish harakati boshlangan. Bu vaqtga kelib, Xett saltanatida ham ichki ahvol murakkablashgan. Muvataldan so'ng taxtni uning ukasi Xattusili III egallagan. Ammo u Misrga qarshi kurasha olmagan. Buning ustiga, Xett podsholigining janubi-sharq tarafida Ossuriya kuchaya boshlagan edi.

Misr va Xett davlatlari o'rtasida miloddan avvalgi 1296-yilda sulh tuzilgan. Unga binoan, Suriyaning katta qismi va Shimoliy Finikiya - Xett ixtiyoriga, Falastin va Janubiy Finikiya - Misr ixtiyoriga o'tgan. Ikki davlat o'rtasida savdo aloqalari o'rnatilgan.

Miloddan avvalgi XIII asr oxirlariga kelib “dengiz xalqlari”ning qudratli ittifoqi vujudga kelgan. Ular Old Osiyoga to'fon kabi yopirilgan. Misr ular hujumini bir amallab qaytargan bo'lsa, Xett davlati dosh berolmagan. Poytaxt – Xattusa dushmanga taslim bo'lgan. Miloddan avvalgi 1190-yilda Buyuk Xett davlati inqirozga yuz tutgan. Miloddan avvalgi XII-YIII asrlarda “omon qolgan” kichik-kichik xett davlatchalari Ossuriya tomonidan bosib olingan. Natijada, vaqt o'tishi bilan xett tili va yozuvi yo'qolib, ularning nomi butunlay unut bo'lgan.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi Turkiya egallab turgan Kichik Osiyo yarim orolida antik davrda yuqorida ta'kidlangan ko'plab davlatlar paydo bo'lgan, yemirilgan, o'zgargan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling