Murodulla mirzaev
Download 1.97 Mb.
|
O'quv qo'llanma-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talim sohasi
- Toshkent-2020 Mirzayev Murodulla.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOShKENT DAVLAT ShARQShUNOSLIK UNIVERSITETI MURODULLA MIRZAEV MAMLAKATShUNOSLIK (Turkiya geografiyasi, tarixi, madaniyati va davlat tuzumi) O'QUV QO'LLANMA Bilim sohasi: 200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 600000 – Xizmatlar sohasi
230000 – Iqtisod 6100000 – Xizmat ko'rsatish sohasi
5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha) 5610300 – Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha sharq tillari bilan) 5611500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari) Toshkent-2020 Mirzayev Murodulla. Mamlakatshunoslik (Turkiya geografiyasi, tarixi, madaniyati va davlat tuzumi). Oliy ta'lim muassasalarining: 5231000-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha); 5610300-“Turizm” (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha sharq tillari bilan) va 5611500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari) yo'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma. – Toshkent, 2020. – 213 bet. “Mamlakatshunoslik (Turkiya geografiyasi, tarixi, madaniyati va davlat tuzumi)” fani dasturi asosida yozilgan mazkur o'quv qo'llanma Turkiyaning geografik joylashuvi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, mamlakat tabiati va tabiiy resurslari, ularning shakllanish tarixi, aholi xususiyatlari, xo'jaligi; turk xalqining etnogenezi, dini va tili, mayda etnik guruhlar, kam sonli diasporalar, aholi migratsiyasi, demografik muammolar, shaharlar urbanizatsiya darajasi; Kichik Osiyodagi qadimgi davlatlar, ularning mushtarak tarixi, geosiyosiy nuqtai nazardan tengsiz bo'lgan bu mintaqaning dastlabki turk qabilalari tomonidan zabt etilishi, oddiy beklik sifatida asos solingan bu davlatlarning markazlashgan imperiya darajasiga yetishi, Kichik Osiyoda turklarning joylashishi, Anado'lu geografiyasining Afrika, Osiyo va Yevropa qit'alarini tasarrufiga olgan ulkan saltanat – Usmoniylar imperiyasining barpo etilishi kabi masalalarni o'z ichiga olgan. Shuningdek, Usmoniylar saltanatining gullab-yashnashi, imperiya va xalifalik maqomiga erishishi, davlat boshqaruv tizimi, tashqi siyosati, Yevropaning qator davlatlarini tasarruf etishi, Islom dinining markaziga aylanishi, ijtimoiy-itqtisodiy va madaniy hayot, mazkur davlatning ichki va tashqi ta'sir ostida inqiroziy holatlarni kechirishi, XIX asr ikkinchi yarmida amalga oshirilgan transformatsiya jarayonlari, birinchi jahon urushidagi ishtirok va bu imperiyaning parchalanishi, Turkiya Respublikasining tashkil topishi kabi masalalar qamrab olingan. O'quv qo'llanma talabalar, professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, turkiy xalqlar va Turkiya mamlakatshunosligiga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling