Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet95/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Saljuq - Saljuqbek ibn Do‘kak (taxm. IX asr oxiri - X oxiri, Jand) - harbiy sarkarda, saljuqiylar sulolasining bobokaloni; o‘g‘uzlarning qiniq urug‘idan. Otasi amir Do‘kak (turkcha To‘kak — temir o‘q) xazarlar xoqoni Ali yabg‘uning harbiy xizmatida bo‘lgan. Rashiduddinning yozishicha, Saljuqning 5 o‘g‘ili o‘zlariga tobe urug‘doshlaridan iborat jami 100 jangchi bilan 1 500 tuya, 50 000 qo‘y va ko‘plab otlarni olib, Jand atroflariga ko‘chib o‘tgan (985) va chorvadorlik bilan shug‘ullangan. 992 yilda Jand hukmdori bilan ittifoq tuzib, o‘z urug‘doshlari bilan birgalikda islom dinini qabul qilgan va o‘g‘uz yabg‘ulariga qarshi kurashgan. Chorvadorlar o‘rtasida islom dinini tarqatganligi uchun Saljuqqa “Malik al-G‘oziy” unvoni berilgan. U Yangikent va Jand atroflarini Ali yabg‘u hukmronligidan xalos qilib, o‘z hokimiyatini o‘rnatgan. Ibn al-Asirning yozyshicha, Saljuq 107 (baʼzi manbalarda 100) yoshga kirib vafot etgan.

1 Mahmud G‘aznaviy, Abulqosim Mahmud ibn Sabuqtegin (967— G‘azna, 1030) — davlat arbobi va harbiy sarkarda, G‘aznaviylar davlati hukmdori (998—1030). 

2 1040 yil 23 mayda kichikkina Dandanakon shahar-qalʼasi uchun bo‘lib o‘tgan jang .

1 G‘arbiy Yevropa ritsarlarining musulmon, pravoslav davlatlari va turli xristian mazhablariga qarshi olib borgan davomiy yurishlari salib yurishlari deyiladi. Salib yurishlarining maqsadi Falastinni, birinchi navbatda, Quddusni saljuqiy turklardan ozod qilish bo‘lgan. Biroq salib yurishlari keyinchalik Boltiq bo‘yi majusiylarini xristianlashtirish maqsadini ham ko‘zlagan. Yevropada bu yurish keyinchalik Rim papasiga qarshi harakatlarni bostirish yoki papaning siyosiy maqsadlarini amalga oshirish vositasi bo‘lib qolgan.

1 Birinchi salib yurishi – 1096-yilda Vizantiya imperatori Aleksey I iltimosiga ko‘ra Rim papasi Urban II qarori bilan tashkil etilgan yurish. Bu yurish Kichik Osiyoni saljuqiylar hujumidan saqlash  maqsadini ko‘zlagan.

2 Iqto, iqtoʼ, iqta (arab.) — Movarounnahr, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlarda hukmdor tomonidan katta xizmatlari evaziga inʼom qilingan chek yer.

1 Anushteginiylar, xorazmshohlar - o‘zbek davlatchiligi tizimidagi yirik sulolalardan biri (1077-1231 yillar) Anushtegin nomidan olingan. Anushteginiylar xorazmshoh unvoni bilan davlatni idora qilgan. XII asr oxiri – XIII asr boshlarida bu mintaqa Sharqda eng kuchli Anushteginiylar davlatining markaziga aylangan. Anushteginiylar Islom olamida hukmron mavqega ega bo‘lish uchun Abbosiylar xalifaligi bilan raqobat qilgan. Bu davrda Anushteginiylarning qudrati shu darajada ortganki, ular endi “xorazmshoh” unvoniga qanoat qilmay, o‘zlarini “sulton” deb atay boshlagan. Anushteginiylar hukmronligi mo‘g‘ulullar istilosi va so‘nggi xorazmshoh - Jaloliddin Manguberdining halok bo‘lishi bilan barham topgan.

2 Otsiz – Anushteginiylar sulolasiga mansub Otsiz ibn Qutbiddin Muhammad ibn Anushtegin 1097-1156 – yillarda yashagan, 1128-1256 – yillarda Xorazm hukmdori.  Saljuqiylar sultoni Sanjarning vassali bo‘lgan. U Xorazmni mustaqil davlatga aylantirishga intilgan. Otsiz Sanjarning ruxsatisiz dastlab Jand va Mang‘ishloqni egallab, Turkistonning ichkari tumanlariga yurish qilgan. Shundan so‘ng u o‘zini mustaqil deb eʼlon qilgan. Biroq 1138-yilda Hazorasp yaqinida Sanjar qo‘shini tomonidan mag‘lubiyatga uchrab, mamlakatdan quvg‘in qilingan. Oradan bir yil o‘tib  Otsizni Xorazm aholisi chaqirib olgan, shahzoda quvg‘in qilingan.

1 Lotin imperiyasi - to‘rtinchi salib yurishidan keyin 1204-yilda tashkil topgan, 1261-yilgacha yashagan -  Lotin Romaniyasi, Konstantinopol imperiyasi ham deyilgan.

1 Ko‘nya (Ikoniya), Rum yoki Saljuq sultonligi Kichik Osiyodan siqib chiqarilgan Vizantiya o‘rnida 1077-yilda barpo etilgan o‘rta asrlar turk musulmon davlati.

1 Jan-Pol Ru. “Tamerlan”. Jizn zamechatelnix lyudey. Izdatelskiy dom: Molodaya Gvardiya. 2007. 4-bet.

2  Tarih Incelemeleri Dergisi/- Cilt/Volume XXIII, Sayi/ Number 1 Temmuz/Jule 2008, 239-258 - betlar

1 Tarih Incelemeleri Dergisi/- Cilt/Volume XXIII, Sayi/ Number 1 Temmuz/Jule 2008, 239-258 – betlar.

1 Atatürk‘ün Bütün Eserleri, Cilt 14. İstanbul: Kaynak Yayınları, 2004, 376-377 - betlar.

1 Mamlyuklar – o‘rta asrlardagi Misrda qullikka olingan, asli kelib chiqishi turkiylardan yetishtirilgan harbiy qatlam.

2 Venetsiya – Italiyaning shimoli-sharqiy viloyati

1 Dunyoviylik va diniylik birga amal qilgan, diniylik ustvor bo‘lgan davlat.

1 София ибодатхонаси – маълумотларга кўра Рим императори Константин I томонидан барпо этилган, император Констанций кенгайтирган черков. 404 йилда биринчи марта, 415 йилда икки бор ички ғалаёнчилар томонидан ёндирилган. Юстиниан I даврида 10 минг ишчи иштирокида машҳур собор шаклида қайта баропо этилган. Тарих тақозоси билан бир неча бор черков –масжид сифатида ўзгартирилган.1453 йилда Султон Меҳмет Константинополни фатҳ этгач, масжидга айлантирилган. 1934 йилда эса Мустафо Камол Ота турк уни музейга айлантирган.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling