Murodulla mirzaev


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.97 Mb.
bet87/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Turkiyada davlat va din munosabatlari qanday?

2. Turkiyaning ta'lim tizimi haqida nimalar bilasiz?

3. Turkiyaning ijtimoiy muammolari nimalardan iborat?

4. Turgut O'zal islohotlari nimada o'z aksini topgan edi?
XIII Mavzu. TURKIYANING TURIZM SALOHIYATI

Jahonda Turkiya sayyohlarni jalb etish bo'yicha Frantsiya, AQSh, Ispaniya, Xitoy va Italiyadan keyin oltinchi o'rinda turadi. Ammo Turkiya uchun bu ko'rsatkich yetarli emas, davlat sayyohlar sonini yanada ko'paytirish maqsadida turizmga alohida e'tibor qaratmoqda. Turkiyada taxminan 2 mln. kishi bevosita turizmda, yana 1,5 mln. odam aralash sohalarda ish bilan band. Turkiyada turizm rivoji uchun barcha imkoniyat mavjud. Mamlakatning 7200 km. keladigan sohillarini O'rta yer, Egey, Marmar va Qora dengiz suvlari yuvib turadi, 355 ta plyaj bor. Bu yerda 700 ming o'ringa ega 2870 ta mehmonxona faoliyat ko'rsatadi.



Mamlakatning eng ko'p turist tashrif buyuradigan shaharlari sirasiga islom va Vizantiya arxitektura yodgoliklari maskani - Istanbul, vulqonlar natijasida g'aroyib shakllangan tabiat yaratiqlari va g'or shaharlar makoni - Kappadokiya, antik davr yodgorliklari va qadimgi grek va Rim xarobalarini o'zida mujassam etgan dengiz sohillarining kurort joylari, Likiy, Kariy yo'laklari va Pamukqal'ani kiritish mumkin.

Turkiyaning eng mashhur kurort shaharlari: Antaliya, Side, Marmaris, Alaniya, Kemer, Bodrum hisoblanadi.

2012-yilda Turkiyaga tashrif buyurgan aviayo'lovchilar soni 130 mln. ni tashkil etgan bo'lib, ularning 45 mln.i Istanbulning - Otaturk, 25 mln.i – Antaliya aeroportlariga kelib qo'ngan.

2014-yilda Turkiyani ko'rish uchun 41,4 mln. turist kelgan. Ularning aksariyatini Germaniya, Bolgariya, Eron, Rossiya, Gretsiya, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlar fuqarolari tashkil etgan.

2015-2016 – yillarda Turkiya turizm sohasida jiddiy pasayish kuzatilgan. Buning asosiy sabablari Suriyada Rossiya havo kuchlariga oid Su-24 samolyotining Turkiya havo kuchlariga oid F-16 qiruvchi-samolyoti tomonidan urib tushirilishi va mamlakat ichida tez-tez sodir etilib turgan terrorchilik aktlari, deb baholangan.

2016-yil fevralda rus sayyohlarining yo'qligi va yevropalik turistlarning terrordan qo'rqib kelmaganligi bois turistlar sonining keskin kamayishi natijasida Turkiya 10 mlrd Yevro qiymatidagi 1300 mehmonxonani sotuvga qo'ygan. Bundan tashqari, u qadar katta bo'lmagan oilaviy pansionlar va yirik lyuks otellar ham sotuvga qo'yilgan. Natijada, 2016-yilda mehmonxona narxlari keskin tushib ketgan. Bu keyingi 17 yil davomida turizm sohasida ro'y bergan eng katta yo'qotish edi.

Birgina Antaliyaga keladigan turistlar soni 2016-yilning to'rt oyi davomida Rossiyadan - 90, Buyuk Britaniyadan – 36, Germaniyadan – 30, Daniyadan - 15 foizga kamaygan bo'lsa, Isroildan keladigan sayyohlar soni teskari natija ko'rsatgan, ya'ni 73 foizga oshgan. 2016-yilda Turkiyaga kelgan sayyohlar umumiy soni 25 mln. ni tashkil etgan bo'lib, bu ko'rsatkich 2015-yilga nisbatan 31 % ga kam degani edi. Turkiyaning bundan ko'rgan moliyaviy zarari 15 mlrd. dollar deb baholangan.

E'tiborli joyi shundaki, 2017-yilda turistik oqim yana tiklangan. Bu yili Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 32 mln. bo'lib, yillik ko'rsatkich 27,8 % ga oshgan. Yana bu borada Rossiya sayyohlari yetakchilik qilgan. Ular Turkiyaga kelgan umumiy turistlar sonining 14,6 % ni tashkil etgan. 3,6 mln. sayyoh bilan Germaniya ikkinchi, 2,5 mln. sayyoh bilan Eron uchinchi o'rinni egallagan.

Bu qadar jozibaga ega Turkiyaning turistik salohiyati siri – uning tarixida.

Istanbul – ikki qirg'oqda joylashgani, turli qit'a va davrni aks ettirgani bilan e'tiborni tortadi. Shahar to'rt imperiyaning poytaxti bo'lgani holda, 3 mingdan ortiq tarixiy yodgorliklarga ega. Bu yerdagi Bosfor bo'g'ozi Yevropani Osiyodan ajratib turadi va Istanbul ana shu ikki qit'aning eng go'zal namunalarini o'zida aks ettirgan.

Kappadokiya – Turkiyaning yuragida joylashgan bo'lib, noyob turizm maskani hisoblanadi. Avvalo, unin landshafti e'tiborni tortadi. Bu yerda qoyalar va u qadar baland bo'lmagan gzo'al tog'larni ko'rish mumkin. Bu yerda haqiqiy yer osti saltanati saqlangan. Ilk xristianlar yer ostini o'yib, g'orlarda shaharlar barpo etgan. Ularning chuqurligi 85 m. ga yetadi va u yerda 10 ming atrofida inson yashagan.


Pamukqal'a o'zining shifobaxsh suvi va iqlimi bilan dunyoda mashhur. Ertaksimon bu maskan oppoq qor singari yer sathini qoplagan tuzli yuza va u yerdan oqib turuvchi iliq suv o'zgacha tarovat baxsh etgan. Uning yonida antik davr tarixiy obidasi – Xiyerapolis joylashgan.

Do'lmabog'cha saroyi Abdul Majid I tomonidan Yevropa boyliklariga yaqin bo'lish maqsadida bunyod etilgan. U sultonning Istanbuldagi eng “turkcha bo'lmagan” qarorgohi hisoblanadi. Saroy qurilishi 1842-yildan 1853-yilgacha davom etgan. U barokko uslubida bunyod etilgan bo'lib, 14 tonna oltin sarflangan.

Bu noyob obida 285 xona va 44 zaldan iborat.

Istanbuldagi ajoyib yodgorliklaridan biri Xori monastiri mozaika va freskalari - hozirgi Istanbuldagi Qahriya jome-masjidi, me'morchilikning oliy cho'qqisi shak-shubhasiz, Konstantinopoldagi Muqaddas Ayo Sofiya ibodatxonasi1 va uning mozaikalari hisoblanadi.

Tarix taqozosi bilan bir necha bor cherkov – masjid sifatida o'zgartirilgan.1453-yilda Sulton Mehmet Konstantinopolni fath etgach, masjidga aylantirilgan. Mustafo Kamol Ota turk 1934 yilda uni muzeyga aylantirgan. 2020-yilda Rejep Toyyib Erdo'g'on uni yana masjid holiga qaytardi.

Xullas, Turkiya madaniyat va turizm nuqtai nazaridan kamdan-kam uchraydigan davlatlar qatoriga kiradi. Bu yerda ma'naviy shakllanishi imkoniyatini beruvchi “tirik tarix” mavjud. Turk xalqi madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini ko'z-ko'z qiluvchi minglab yodgorliklar tarixiy bilim bilan bir qatorda qadim tamaddun haqida ma'lumot beradi.

Keyingi yillarda butun dunyoda turizmning bir sohasi hisoblangan ekoturizm jadal rivojlanmoqda. Tabiiy turizmning tarkibiy qismi hisoblangan ekoturizmda sayyohlar inson tamaddunidan xoli bo'lgan tabiatning asl holatini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ekoturizm davlat muhofazasiga olingan qo'riqxonalar, milliy va tabiiy parklar, rezervator va shunga o'xshash joylarni ko'rishga yo'naltirilgan soha.

Turkiyada ham keyingi yillarda bu soha rivojlanmoqda. Ekoturizmning asosiy maqsadi – flora va fauna vakillarini ular yashaydigan tabiiy maskanda ko'rish, bu joylarning tabiiy va etnografik xususiyatlari bilan tanishish, ekologik savodxonlikni oshirish hisoblanadi.

Turkiyada ekoturizm Olimpos, Kyoprulu, Dilek, Karatepe, Munzura va Ulug'dag'da joylashgan milliy parklar hududlarida amalga oshiriladi. Ayniqsa, Kyoprulu parki mashhur. Bu ulkan qo'riqxona 500 ga yerda joylashgan bo'lib, turizm eng gavjum bo'lgan Antaliyadan 50 km. uzoqlikda. Bu yerning diqqatga sazovor joyi – shu nom bilan ataluvchi dara va undan oqib o'tuvchi tog' daryosidir. 100 dan ortiq xildagi noyob qushlar, yuzdan oshiq yoshga kirgan kedr daraxtlari va noyob flora hamda faunalar Kyopruluni ideal holatga keltirgan.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling