Murodulla mirzaev


-jadval: Demografik ko'rsatkichlarning rivojlanishi


Download 1.97 Mb.
bet86/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

1-jadval: Demografik ko'rsatkichlarning rivojlanishi

Demografik ko'rsatkichlar

1997 й

2000 й

2004 й

Aholi umumiy soni (mln)

62.8

67.8

71.15

Aholining yillik o'rtacha o'sishi

(1 mingga nisbatan)



17.9

16.6

12.9

Tug'ilishning taxminiy darajasi

(1 mingga nisbatan)



23.4

22.2

19.1

O'limning taxminiy darajasi

(1 mingga nisbatan)



7.1

7.1

6.2

Tug'ilishning umumiy darajasi (soni)

2.72

2.57

2.21

Chaqaloqlar o'limi darajasi

(1 mingga nisbatan)



45.8

41.9

24.6

O'rtacha umrning uzunligi

67.4

68.0

71.1

Aholining shahar va qishloqlar kesimidagi holati quyidagicha: 1975-yilda umumiy aholining 58 % qishloqlarda, 41,8 % shaharlarda yashagan bo'lsa, 2000-yilda bu ko'rsatkich tegishlicha 64 % bilan 35 % ni tashkil etgan. Ta'kidlash joizki, mamlakat aholisining shaharlar va qishloqlar kesimidagi nisbati qishloqlar hisobiga keskin o'zgarmoqda. Masalan, Turkiya Statistika institutining 2016-yil ma'lumotiga ko'ra mamlakat aholisining atigi 7,2 % qishloqlarda yashamoqda.

2-jadval: shahar va qishloq aholisi nisbati dinamikasi

Aholi ro'yxatga olingan yillar

Shahar aholisi

% hisobida

Qishloq aholisi

% hisobida

1975

41.81

58.19

1980

43.91

56.09

1986

53.03

46.97

1990

59.01

40.99

2000

64.90

35.10

2019

92.30

7.2

Aholining Turkiya hududi bo'ylab taqsimlanishi haddan tashqari notekis. Marmar va Qora dengiz sohillari hududi aholisi zich joylashgan bo'lib, undan keyin zichligi jihatidan Egey dengiziga tutashgan mintaqalar keladi. Mamlakat bo'yicha aholi zichligi – 1 m² joyga 23 odam to'g'ri keladi.

Turkiyaning 81 viloyati orasida aholisi eng ko'p bo'lgan hududlar Istanbul (15,5 mln.), Anqara (5,5 mln) va Izmir (4,3 mln) shaharlaridir. Keyingi 30 yilda aholi sonining eng ko'p o'sishi Antaliya (4,18 %), Shonli Urfa (3,66 %) va Istanbulda (3,31 %) kuzatilgan.

Barcha rivojlangan mamlakatlarda bo'lgani singari, Turkiyaning yirik shaharlari atrofida urbanizatsiya jarayoni haqida noto'g'ri ma'lumot beruvchi bir kechada mutlaqo maxfiy ravishda qurilgan, inson yashash sharoitlaridan yiroq “gejekondu” kabi aholi yashash joylarini uchratish mumkin. Bunday kvartallar Istanbul, Anqara, Izmir kabi yirik shaharlar atrofida ko'plab uchraydi.

Bundan tashqari, yirik shaharlar markaziga nisbatan ularning atrofida aholi sonining o'sish sur'ati, shaharlashish darajasi yuqori. Qishloq joylardan ishsiz aholining ko'plab kelish oqimi ham aynan shu joylarga xos. Uskudar shahridan Izmitgacha bo'lgan 93 km masofada joylashgan hudud yoppasiga urbanizatsiyalashgan bo'lib, davlat savdo aylanmasining 50 % dan ko'prog'ini tashkil etadi.

Turkiyaning o'ziga xos jihatlaridan yana biri – 2 mingdan kam aholi yashayodigan joylarni qishloq, ya'ni muxtorlik deyiladi. Mamlakatdagi bunday muxtorliklarning 36 mingtasiga qarashli 75 mingdan ziyod qishloq mavjud. Eng ko'p tarqalgan qishloq aholi yashash punktlarida odatda 500-1000 atrofida odam yashaydi va bu ko'rsatkich davlat miqyosidagi qishloq aholisining 1/3 qismini tashkil etadi.

Bu joylardagi asosiy muammo – elektrlashtirish muammosi. 2014-yil ma'lumotiga asosan Turkiyada elektr quvvati qazib olinadigan yonilg'i hisobidan ishlab chiqarilgan. Ularning 29,5 % ni - ko'mir, 33,1 % ni – tabiiy gaz va 27 % ni neftь tashkil etib, jami elektr quvvati birlamchi energiya iste'molining 89,6% ga teng bo'lgan. Bu soha darajasini tasavvur qilish uchun uni taraqqiy etgan davlatlar bo'lgan Frantsiya va Germaniya bilan taqqoslash kifoya. 2014-yilda Turkiyada aholi jon boshiga to'g'ri kelgan elektr energiyasi iste'moli 84 % ga teng bo'lgan bo'lsa, Frantsiya va Germaniyada bu ko'rsatkich ikki baravar yuqori bo'lgan. 1983-yil ma'lumotiga ko'ra qishloq joylarining 15 % i elektrlashtirilgan bo'lgan.

Davlat va din

Turkiya jamiyati uzoq yillar davomida xalq, davlat va din munosabatlari asosida rivojlangan. O'ziga xos bu uchburchakning cho'qqisi ko'plab mustahkam rishtalar bilan o'zaro bog'langan edi. Biroq ular Mustafo Kamol Otaturk hokimiyat tepasiga kelgandan keyin zaiflashgan. Mamlakat hayotida diniy omil oxirigi qatorga surilgan. Uning o'rni dunyoviy davlat va xalq o'rtasidagi munosabat bilan to'ldirilgan. Bu munosabat jamiyatni din ta'siridan xalos etish maqsadini ko'zlagan.

Bunday siyosatning o'ziga xos tomoni shundaki, Turkiya dunyoviyligining kafolati Rejep Toyyib Erdo'g'on hokimiyat tepasiga chiqqunga qadar mamlakat qurolli kuchlari bo'lib kelgan. Ularning e'tiroziga sabab bo'lgan har qanday urinish oqibati davlat to'ntarishi bilan yakun topgan. 1960, 1971, 1980, 1997 va 2016-yillarda amalga oshirilgan davlat to'ntarishlari bunga misol bo'la oladi. Ayniqsa, 1997-yil voqealari davlat va din munosabatlarining yaqqol ifodasidir. Unda Mamlakat Bosh vaziri lavozimini egallab turgan “Refoh” partiyasi rahbari Najmiddin Erbakan harbiy tomonidan iste'foga chiqarilgan, parlament tarqatib yuborilgan. Bosh vazirga Mustafo Kamol Otaturk “ko'rsatmalaridan chetga chiqish”, dunyoviylik tamoyillarini buzish va jamiyatni “yumshoq islomlashtirish” ayblari qo'yilgan. Shu munosabat bilan “Refoh” partiyasi ham yopilgan, Turkiyaning hozirgi prezidenti, u paytda Istanbul buyuk shahar munitsipial boshqaruvi rahbari Rejep Toyyib Erdo'g'on qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Aynan shu voqealar Rejep Toyyib Erdo'g'on timsolida yangi siyosiy rahbarni yetishtirgan. Hech qancha o'tmasdan “Refoh” partiyasining sobiq rahbarlari 2001-yilda “Adolat va taraqqiyot” partiyasini tuzgan. Bu partiya davlat oliy organlari saylovlarida ishtirok eta boshlagan va 2002-yilda bo'lib o'tgan parlament saylovlarida aksariyat ko'p o'rinni egallagan partiya sifatida mamlakat siyosiy hayotida asosiy o'ringa chiqqan. 2007, 2001 va 2015 - yillarda bo'lib o'tgan saylovlarda ham shu partiya g'olib chiqib, iqtidorga erishgan.

Bu partiyaning hokimiyatni qo'lga kiritishida o'tgan asrning 50-yillarida vujudga kelgan diniy-ma'rifiy yo'nalishdagi nurchilik harakatining roli katta bo'lgan. Mazkur harakatning g'oyaviy rahnamolari Sayyid-i Nursiy, Sulaymon Xilmiy va Fathulla Gulen va ularning tarafdorlarining jamiyatda dinning o'rni tiklashda xizmatlari salmoqli bo'lgan. Dinni tiklash yo'lidagi faollik ba'zan millatchilik va panturkistik kayfiyatlarga berilib ketish bilan xarakterli. Shu tufayli ham “Adolat va taraqqiyot” partiyasi nihoyat konservativ yo'nalishdagi diniy partiya tusini olgan.

Bu partiyaning hozirgi rahbari Rejep Toyyib Erdo'g'on 2003-2014 – yillarda Turkiya Bosh vaziri lavozimida ishlagan. Bu yillarda u mamlakatda bir necha bor amalga oshirilgan harbiylar aralashuvidagi davlat to'ntarishlarini tahlil qilib, davlat boshqaruvini harbiylardan tozalash borasida tajriba to'plagan. Ayni paytda, avval sodir etilgan bu yo'nalishdagi jinoyatlarni fosh eta borgan. 2014-yildan boshlab prezident sifatida bu ish bilan qattiq shug'ullangan. Yuzlab harbiylarni siyosiy tuzilmalardan chetlashtirgan. Natijada, harbiylarning prezidentga qarshi odatdagiday maxfiy harakatlari yuzaga kela boshlagan. Bu harakat kiridikorlari 2016-yil 15-iyuldan 16-iyulga o'tar kechasi Rejep Toyyib Erdo'g'onga qarshi amalga oshirilgan davlat to'ntarishida yaqqol namoyon bo'lgan. Davlat to'ntarishi barbod bo'lgan bo'lsa-da, u yana bir bor mamlakat ichida bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan jiddiy kuchlar mavjudligidan dalolat berar edi.

Harbiylar xavfi bartaraf etilgan deb aytish qiyin, biroq qurolli kuchlar va harbiy tuzilmalar, xavfsizlik idoralari tizimiga aralashib ketgan “nurchilik” harakati bugungi kunda undan-da xatarli deb qaralmoqda. Uning bugungi rahbari Fathulla Gulen 1999-yildan AQShda istiqomat qiladi. Turkiya davlati bir necha bor AQSh hukumatiga rasman murojaat qilib, uni qaytarib berishni so'ragan, biroq bu so'rovlar javobsiz qolgan.

Xulosa qilib aytganda, bugungi Turkiya jamiyatida diniy omilning ta'siri katta. Buni borgan sari “Adolat va taraqqiyot” partiyasi ta'sirining ortib borayotganidan ham bilib olsa bo'ladi. Turkiya Eron, Saudiya Arabistoni yoki Afg'oniston singari islom respublikasi emas, islom va dunyoviylik asosidagi demokratik davlat modelini yaratish yo'lidan borayotgani e'tiborga loyiq.



Ta'lim tizimi

Turkiyaning bugungi ta'lim tizimiga 1923-yilda Turkiya Respublikasining e'lon qilinishi bilan asos solingan. 1924-yilda bepul umumiy majburiy ta'lim, 1927-yilda barcha ta'lim darajalarida o'qitish tizimi joriy qilingan.

Zamonaviy Turkiyada umumiy o'rta ta'lim davlat markaziy hokimiyati tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Bu tizim uchun har yili davlat umumiy byudjetining o'rtacha 10 % i ajratiladi. Ta'lim vazirligi ta'limni boshqarish tizimini qattiq nazorat ostiga olgan: o'quv dasturlarini yaratish, rasmiy, xususiy va ko'nglililik asosida tashkil etilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas'uldir.

O'quv yili ta'lim muassasasining shahar yoki qishloqda joylashganligiga qarab, sentyabrь oyining ikkinchi yarmida boshlanib, iyunь oyining o'rtalariga qadar davom etadi.

Ta'lim tizimi rasmiy va norasmiy ta'lim deb atalgan ikki blokdan iborat. Rasmiy ta'limga :

- 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab olgan ixtiyoriy asosdagi maktabgacha ta'lim (Okulöncesi Eğitim);

- 10 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab olgan majburiy asosdagi boshlang'ich ta'lim (İlk öğretim);

- 10 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab olgan majburiy asosdagi o'rta ta'lim (Orta öğretim);

- o'rta ta'lim asosidagi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab olgan, kamida 4 yil davom etadigan professional va texnik ta'lim muassasalari deb atalgan litsey (Lise) lar;

- kamida ikki yillik ta'limga ixtisoslashgan oliy ta'lim (Yükseköğretim).

2012-yil 11-aprelda Prezident Abdullah Gul tomonidan yangi “Ta'im to'g'risida”gi qonun tasdiqlangan. Unga ko'ra 12 yillik majburiy ta'limni nazarda tutgan “4+4+4” tizimi amal qila boshlagan.

Sanoat

Sanoat - Turkiya iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Bu sohada asosiy ustuvorlik yengil sanoat va tayyor kiyim ishlab chiqarishga qaratilgan. Shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish hamda oziq-ovqat sohasi ham alohida o'ringa ega. Mashinasozlik sanoati yildan-yilga kengaymoqda. Bu sohada avtomobil qurilishi bilan ximiya sanoati yetakchilik qiladi. Keyingi 20 yilda xususiylashtirishga qaratilgan keng miqyosli dasturlarning tatbiq etilishi sanoatdagi davlat kapitali ishtirokini keskin cheklagan. Iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati esa sanoatga chet el kapitalini jalb etish va ilg'or texnologiyalarni olib kirishga bo'lgan qiziqishni orttirgan. Mamlakatda qulay investitsiyaviy muhit yaratilgan. Yuqori malakali va arzon ishchi kuchining shakllanishi yuqori sur'atda tezlashgan. Bu, o'z navbatida, qo'shni davlatlar, ayniqsa, Yevropa bozorini egallash imkoniyatini tug'dirgan.

Bu sohada o'ziga yarasha muammolar ham ko'zga tashlanadi. Turkiya sanoati asosan mayda va o'rta kompaniyalardan iborat bo'lib, bu import texnologiyalariga qaramlikni yuzaga keltirgan, ilmiy-texnik va tajriba-konstruktorlik bazalar zaif. Asosiy muammo – mamlakatning sharqi bilan g'arbi o'rtasidagi rivojlanish nomutanosibligi hisoblanadi. Istanbul, Izmir va Izmit kabi shaharlar atrofidagi hududlarga qaraganda qolgan joylar sanoat taraqqiyoti darajasiga ko'ra orqada qolib ketish holati kuzatilmoqda.

2012-yil holatiga ko'ra Turkiyaning eng yirik sanoat korxonalari qatoriga Koç Holding guruhiga mansub Tüpraş, Ford Otosan, Oyak-Renault, Arçelik, Elektrik Üretim, shuningdek, Tofaş, İsdemir, Erdemir, İÇDAŞ va Aygaz ni kiritish mumkin.

2012-yilda sanoat ishlab chiqarishi 1,7 % ni tashkil etgan. Mamlakatdagi 30 mln. ga yaqin ishchining 26,2 % sanoatda band bo'lgan. 2011-yildagi eksport hajmi 143,5 mlrd AQSh dollaridan 2012-yilda 163, 4 mlrd. dollarga yetgan. Turk sanoat mahsulotlari asosiy xaridorlari Germaniya (8,6 %), Iroq (7,1 %), Eron (6,5 %), Buyuk Britaniya (5,7 %), BAA (5,4 %), Rossiya (4,4 %), Italiya (4,2 %) va Frantsiya (4,1 %) davlatlari hisoblanadi.

Dunyo bo'yicha ishlab chiqariladigan plastmassaning 3 % Turkiya zimmasiga to'g'ri keladi. Mamlakat sanoat mahsulotining 10 % ini farmatsevtika sohasi tashkil etgan.

Turkiya qayta ishlab chiqarish tizimida band bo'lgan barcha ishchilarning 1/3 qismi tekstil, tikuvchilik va teri ishlab chiqarish sohasini band qilgan. Birgina tekstil va tikuvchilik sohalarida 750 mingdan 1,9 mln. ga qadar ishchi ishlagan.

Asosiy raqobatchi davlatlar Xitoy, Vьetnam, Hindiston, Bangladesh va Pokistondan keltiriladigan arzon tovarlar ta'sirida turk kompaniyalari keyingi yillarda qimmat brend mahsulotlar ishlab chiqarishga o'ta boshlaganini kuzatish mumkin.

2009-yilda Turkiyada ishlab chiqarilgan yengil sanoat mahsulotlarini eng ko'p sotib olgan davlatlar Rossiya (15,7 %), Italiya (9,7 %), Germaniya (6,1 %), Ruminiya (4,6 %), Polьsha (4,3 %), Eron (4,1 %), Bolgariya (3,8 %), Buyuk Britaniya (3,2 %), Misr (2,9 %) va AQSh (2.9 %) bo'lgan.

Turkiya tekstilь va tikuvchilik sanoatining o'n yilliklar kesimidagi o'sishini quyidagi raqamlardan ham bilib olsa bo'ladi: 1979-yilda – 595 mln., 1990-yilda – 5,1 mlrd., 2002-yilda – 27,7 mlrd., 2007-yilda – 30 mlrd. AQSh dollari hajmida mahsulot ishlab chiqarilgan.



Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling