Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet94/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3



3 Alarixvestgotlar dohiysi va 382-410 yillardagi qiroli

4 Attila – 434-453 yillarda qo‘l ostida turk, german va boshqa qabilalarni birlashtirgan, Reyndan Volgaga qadar hududda ulkan davlat barpo etgan gunnalar hukmdori.

5 Langobardlar – qadimgi german qabilalaridan biri. Bugungi Italiyaning shimolida joylashgan Lombardiya viloyati aynan ularning nomidan kelib chiqqan.

1 Avarlar – asli kelib chiqishi Markaziy Osiyodan bo‘lgan,  VI asrda Markaziy Yevropaga ko‘chib o‘tgan va Avar hoqonligiga asos solgan ko‘chmanchi xalq. 

2 Slavyanlar – Yevropaning g‘arbidan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan hududda tarqalgan katta etnotilli Yevropa xalqi.

3 Irakliy I – irakliylar sulolasining asoschisi, 610-641 yillardagi Vizantiya imperatori.

1 Basilevs – Qadimgi Gretsiyada meros qoladigan monarxlik, Vizantiyada imperatorlik unvoni.

2 Dim – Vizantiyada: 1) Maʼmuriy okrug. 2) Shahar aholisi. 3) Jamoa. 4) Xalq.


1 Magnavr oliy maktabi – aslida Konstantinopol universiteti, biroq keyingi davr manbalarida Oliy maktab sifatida talqin etilgan. Yoshlarni tibbiyot, falsafa, huquq va ritorika (filologiya) kabi sohalarga tayyorlagan.

2 Freska – nam suvoqda qo‘llanilgan tasviriy sanʼat turi. Suvoq qurigach, tiniq kalsit plyonka shakliga kelib, uzoq muddat saqlangan

1 Ayo Sofiya ibodatxonasi – maʼlumotlarga ko‘ra Rim imperatori Konstantin I tomonidan barpo etilgan, imperator Konstansiy kengaytirgan cherkov. 404 yilda birinchi marta, 415 yilda ikki bor ichki g‘alayonchilar tomonidan yondirilgan. Yustinian I davrida 10 ming ishchi ishtirokida mashhur sobor shaklida qayta baropo etilgan. Tarix taqozosi bilan bir necha bor cherkov –masjid sifatida o‘zgartirilgan.1453 yilda Sulton Mehmet Konstantinopolni fath etgach, masjidga aylantirilgan. 1934 yilda esa Mustafo Kamol Ota turk uni muzeyga aylantirgan

1 Turfon (Tulufon) – hozirgi Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi shahar, Sinszyan-Uyg‘ur muxtor rayoniga qaraydi. Miloddan avvalgi II asrda Turfon xunlarga tobe bo‘lgan. YI asr oxiridan Turk hoqonligi, keyinchalik Uyg‘ur xonligi poytaxti bo‘lgan. 1209-yilda mo‘g‘ullar taʼsiriga o‘tgan.

1 Ekzogam fratriya - ijtimoiy qavmlardan tashqarida nikohlangan urug‘lar birlashmasi

2 Jabg‘u, yabg‘u — 1. Kushonlar davrida oliy unvonlardan biri; 2. Turk xoqonligida qag‘an va tegin (xonzoda, taxt vorisi) kabi maʼmuriy-harbiy mansablardan keyin turadigan unvon. Harbiy sarkarda sifatida qo‘shinning o‘ng qanotiga sardorlik qilgan. Bu mansabni egallashga faqat qag‘an urug‘idan chiqqan shaxslargina haqli bo‘lgan. Xitoy solnomalarida taʼkidlanishicha, Jabg‘u hukmdordan so‘ng oliy maʼmuriy-harbiy mansab sifatida faoliyat ko‘rsatgan. G‘arbiy turk xoqonligida Jabg‘u istilohi davlat boshlig‘i va oliy bosh qo‘mondon maʼnosida isteʼmolda bo‘lgan. «Tarixi Tabariy»da qayd etilishicha, Toxariston hukmdori Jabg‘u unvonini egallab turgan. Birinchi Turk xoqonligi barpo bo‘lgunga qadar, Ashina urug‘iga mansub bo‘lgan turklar elida eng oliy maʼmuriy-harbiy unvon Jabg‘u hisoblangan. Xoqonlik tashkil etilgach, davlat boshlig‘i qag‘an, uning noibi esa Jabg‘u deb atalgan. Turk xoqonligiga asos solingandan so‘ng Jabg‘u unvonini egallab turgan Buminta qag‘an, uning inisi Iapamiga bahodur-jabg‘u unvoni beriladi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida Jabg‘u “yafg‘u” fonetik shaklida qo‘llangan bo‘lib, «xoqondan ikki daraja past o‘rinda bo‘lgan odam» tarzida izoxlangan;3. O‘g‘uzlar va qarluqlar hukmdori.


1 Pecheneglar – qadimgi turk xalqi bo‘lib, VII-VIII asrlarda Sirdaryo va Orol bo‘yi havzalarida shakllangan. Boshida o‘g‘uzlarning bir qismi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

1
Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling