Murodulla mirzaev


Download 1.97 Mb.
bet2/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Mas'ul muharrir:

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent J.Shabanov


Taqrizchilar:

Tarix fanlari bo'yicha PhD O.Ernazarov

Tarix fanlari nomzodi, dotsent M.Haydarov

Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti O'quv-uslubiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (3.12.2020-yil, № 3-bayonnoma).



© Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2020 yil.

I Mavzu. “MAMLAKATShUNOSLIK” faniga kirish

Har bir davlat o'z mamlakatshunosligining milliy tarixiga ega. Chunki, boshqa davlatlar haqida bilish har qanday ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hamjamiyatning zaruriy elementi hisoblanadi.

Insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki bosqichlarida qo'shni qabilalar va ular yashaydigan joylarning geografiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar og'zaki ravishda hikoya, afsona, urf-odat, qo'shiqlar, shuningdek, ma'lum bir raqs turlari shaklida, chizmalar, ibtidoiy yozuvlar, oddiy xarita va diagrammalar orqali yetkazilgan.

Insoniyat sivilizatsiyasining keyingi rivojlanishi hamda dastlabki davlatlarning paydo bo'lishi bilan boshqa davlatlar va xalqlar to'g'risidagi ma'lumotlar maqsadli va maxsus to'plangan; tizimlashtirilib, matn yozuvlari, chizma, model va maxsus xarita hamda diagrammalar shaklida yo'lga qo'yilgan. Davlat chegaralaridan tashqaridagi geografik makonni muntazam o'rganadigan tuzilmalar yaratilgan. Ular diplomatiya va harbiy razvedka shaklida namoyon bo'lgan va h.

Bir fanning boshqa fanlardan ajralib turadigan asosiy xususiyati - tadqiqot ob'ekti bo'lib, u tadqiqot predmetidan sezilarli farq qiladi. Masalan, geografiya ob'ektlari – bu, Yer sayyorasi, uning qit'alari, okeanlari va ularning kichik qismlari: tog'lar va tekisliklar, dengizlar, ko'llar, daryolar va boshqalar.

Geografiyada shuningdek, ko'plab tadqiqot predmetlari mavjud: geografik qoplamalar, uning sohalari va o'zaro ta'siri, tabiiy jarayonlar, hodisalar, turli sohalarga oid tabiiy qonuniyatlar, anomaliyalar va boshqalar.

Jahon siyosiy maydonida yaxlit bir butun bo'lib harakat qiluvchi turli-tuman, ammo o'zaro bog'liq elementlardan tashkil topgan yagona tizim sifatidagi dunyo mamlakatlari va mintaqalari - “Mamlakatshunoslik” fanining predmeti hisoblanadi.

“Mamlakatshunoslik” iqtisodiy va huquq elementlari bilan geografiyaning eng qadimgi va e'tirof etilgan sohalaridan biridir.

XYII asrda Gollandiyalik olim B.Varenning (Varenius) “Umumiy geografiya” asari paydo bo'ldi. Unda birinchi marta geografiya fan sifatida umumiy (tizimli) va mintaqaviy qismlarga ajratilgan. B.Vareniusning fikriga ko'ra mintaqaviy geografiyani o'rganish:

- birinchidan, mamlakatlarning yer usti xususiyatlarini (chegaralar, konfiguratsiya, o'lcham, relьef, tabiiy sharoit va manbalar);

- ikkinchidan, mamlakatlarning samoviy xususiyatlarini (astronomik ma'lumotlar va iqlim);

- uchinchidan, mamlakatlarning inson xususiyatlarini (aholi, uning hayoti, daromadi, ilmi va mahorati, fazilat va yomonliklari, noyob aqli, urf-odatlari, so'z va tili, siyosiy tuzilmalar, aholi yashash joylari va boshqalarni) o'rganish imkoniyatini yaratadi.

Manbalarda ta'kidlanishicha, klassik mamlakatshunoslikning to'rtta maktabi yanada katta e'tibor qozongan: nemis, frantsuz, antropogeografiya, iqtisodchi-geograf N.Baranskiyning rayon maktabi.

1. “Nemis maktabi” tavsiflovchi davlatshunoslik yoki “kameral statistika” sifatida o'zining eng yuqori cho'qqisiga XYI-XYII asrlarda erishgan. Bu yo'nalish Germaniya hududida alohida knyazliklarning shakllanishi bilan bog'liq. Monarx davlatini samarali boshqarishi uchun o'z davlati miqyosi, uning chegaralari va aholisi, armiyasi, sanoat va savdoni rivojlantirish uchun zarur boyliklar, pul tizimi va boshqalar haqida tasavvurga ega bo'lishi muhim edi. Ushbu ma'lumotlarning barchasini o'sha paytda nashr etilgan mamlakatshunoslikka doir ishlarda topish mumkin.

2. “Frantsuz maktabi” eng taniqli vakil Vidal de la Blash nomi bilan bog'liq (XIX asr oxiri – XX asr boshlari). Ushbu maktab geograflari asarlarida u yoki bu davlatlar tavsiflarida aniq dastur bo'lmagan. Ular ko'proq tasvirlash san'ati va insonparvarlikka e'tibor qaratgan. Ko'pincha o'rganilayotgan mamlakat yoki kattaroq mintaqaning iqlimi, siyosati, arxeologiyasi va boshqalarga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi eng muhim jihatlari tanlab olinib, ular o'rtasidagi bog'liqlikni topishga harakat qilgan. Ayniqsa, insonlar “turmush tarzi”, ularning tabiatga moslashishi, inson faoliyatining ushbu hudud landshaftida aks etishiga alohida e'tibor qaratgan. Sanoatlashgan rayonlar, shaharlar o'rganilmagan. Ushbu maktab vakillari orasida E.Reklyuning “Er va odamlar. Umumiy geografiya” ko'p jildli asaridagi mamlakatlar va xalqlarning klassik tavsifini ta'kidlash o'rinli.

3. “Antropogeografiya” ilmiy maktab sifatida XIX asr o'rtalarida shakllangan. Birinchi marta bu atamani taniqli nemis olimi F.Rattsel o'zining “Antropogeografiya” asarida ishlatgan. Olim u yoki bu mamlakatni o'rganishning asosiy vazifasi sifatida turli geografik sharoitlarda odamlar joylashishi va shu joylarda insonlar yashash tarzini tahlil qilish, deb bilgan.

4. Iqtisodchi-geograf N.Baranskiyning mamlakatshunoslikka doir asarlarida avvalo, olimning o'zi qayd etganidek, mamlakatlarni o'rganishda ularga xos majmuaviy xususiyatlarni aniqlash yoki ularning “vizitkasi”ni yaratish muhim ahamiyatga egaligi ta'kidlangan. Ayni paytda, “Mamlakatshunoslik”dagi asosiy mavzu - mamlakat va mintaqalar geografik xususiyatlarini aniqlash, tadqiq qilish va tavsiflash zaruratidir. Shunday bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Olimning fikricha, asosiysi tabiat, aholi soni va iqtisodiyot emas, balki muayyan mamlakat tabiati, aholisi va iqtisodiyotiga xos xususiyatlardir.

N.Baranskiyning fikricha, fizik va iqtisodiy geografiya kabi fanlarni o'rganishdan tashqari, mamlakatshunoslik sohasidagi mutaxassislar etnografiya, aholishunoslik, tarixiy va siyosiy geografiya, shuningdek, davlat tuzilishi, madaniyati kabi fanlarni ham o'rganishi kerak.

Olimning ta'kidlashicha, mamlakatshunoslikning qator ta'riflari mavjud. Xususan:

- mamlakatshunoslik – bu, sohalar geografiyasidan farqli, aniq hudud va mamlakatlarni o'rganadigan fan;

- mamlakatshunoslik – bu, xususiy geografiya tomonidan yaratilgan nazariya va qonuniyatlarni sinash “laboratoriyasi”;

- mamlakatshunoslik - bu, sohalar geografiyasidan farqli, ma'lum bir hududdagi geografik hodisalarning to'liq majmuasini o'rganadigan fan;

- mamlakatshunoslik – bu, majmuaviy sintez qiluvchi fan;

- mamlakatshunoslik - ma'lum bir mamlakat yoki rayon to'g'risidagi turli ma'lumotlarni birlashtiradigan tashkiliy shakldir.

“Mamlakatshunoslik”ning ushbu maktabi o'z oldiga alohida fan maqomiga erishish maqsadini qo'ymagan. U umumiy geografiyaning bir qismi sifatida geografik va boshqa fanlar tomonidan olingan mamlakatshunoslikka oid ma'lumotlarni sintez qiladigan ilmiy qismdir.

Bulardan tashqari, mamlakatshunoslikka oid tadqiqotlarda kartografik, statistik, qiyosiy, dala sharoiti (ya'ni, to'g'ridan-to'g'ri), aerokosmik va tizimlilik kabi usullar keng qo'llaniladi.

“Mamlakatshunoslik” – bu, dunyo mamlakatlarini har tomonlama o'rganadigan, ularning tabiati, aholisi va ichki joylashuv farqlari to'g'risidagi ma'lumotlarni tadqiq qiladigan, tizimlashtiradigan va umumlashtiradigan fan va o'quv kursi hisoblanadi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling