Murodulla mirzaev


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.97 Mb.
bet5/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. “Mamlakatshunoslik” fani o'z boshidan qanday taraqqiyot bosqichlarini kechirgan?

2. “Mamlakatshunoslik”ning geografiya fanidan asosiy farqlari nimada?

3. Mazkur fan mamlakatlarni o'rganishda qanday usullardan foydalanadi?



4. Mamlakatlarni o'rganishdan qo'yilgan asosiy maqsad nima?

II Mavzu. TURKIYA GEOGRAFIYASI

Turkiyaning geografik tavsifi

Turkiya – geografik joylashuvi nuqtai nazaridan noyob mamlakat. Turkiya ikkita qit'a: Osiyo va Yevropani, boshqacha qilib aytganda Yevroosiyoni birlashtirib turuvchi davlat. Bir vaqtning o'zida yer sharining ko'proq Osiyo, qisman Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga dahldorlik ham Turkiyaga oiddir.

Turkiya geografiyasining o'ziga xos xususiyati – uning ikki qit'a bog'lanishida joylashganidadir. Osiyo bilan Yevropani suv va quruqlik yo'llari bilan bog'laydigan strategik ahamiyatga ega Dardanell va Bosfor bo'g'ozlari – Qora dengizni dunyo okeani bilan bog'laydigan xalqaro yo'l ekanligi bilan muhim hisoblanadi. Shu yo'llar orqali Turkiya dunyoning ko'plab davlatlari, xususan, Afrika bilan ham bog'lanadi.

Dardanell bo'g'ozi Bolqon yarim oroli bilan Kichik Osiyo yarim orolini ajratib, Marmar va Egey dengizlarini bir-biri bilan bog'laydi. Bosfor bilan birgalikda bu ikki dengiz Qora dengiz bilan ham bog'lanadi.

Qadimiy nomi – Gellespont (lot. Hellespontus). Dardanell nomi bo'g'ozning Osiyo qirg'oqlarida joylashgan shahar – “Dardanus”dan olingan. Dardan – dardanlar qabilasi yetakchisi bo'lgan. Uzunligi – 120 km., kengligi 1,3 km. dan 27 km gacha. Chuqurligi – 29 m dan 153 m gacha. Bo'g'ozning Yevropa qirg'og'ida – Gelibolu, Osiyo qirg'og'ida – Chanoqqal'a portlari joylashgan.

2016-yilda Marmar dengizi atrofidagi transport aylanasi doirasida Dardanell orqali o'tishni mo'ljallagan dunyodagi eng uzun osma ko'prik qurilishi boshlangan. 2017-yil 18-mart kuni birinchi tamal toshi qo'yilgan. Uning nomi – “Chanoqqal'a - 1915”. Shu yili mazkur bo'g'oz uchun Turkiya va Antanta davlatlari o'rtasida hayot-mamot jangi bo'lgan.

Ko'prikning uzunligi – 2023 m. Qirg'oqdan qirg'oqqacha bo'lgan masofa – 3869 m. Qurilish ishlari rejaga ko'ra 2023-yilda yakunlanishi ko'zda tutilgan. Qurilish loyiha ishlari ikkita turk va bitta Janubiy Koreya firmalari zimmasiga yuklangan. Ko'prikning yakunlanishi natijasida bo'g'ozning Osiyo tomonidagi Xo'ja valiy va Yevropa tomonidagi Sutluja qishloqlari bir-biri bilan bog'lanadi.

Dardanell bo'g'ozining geografik maftunkorligi shundaki, Levantiy va Qora dengizlar suvining tuzlilik darajasi turlicha bo'lgani bois, ikki tomonlama oqish xususiyatiga ega. Bir tomondan – Qora dengiz suvi yuza bo'ylab Marmar dengizi orqali Yevropa qirg'oqlaridan Egey dengiziga, ikkinchi tomondan – Egeydan Marmar dengiziga qarab oqadi. Oqim dengiz havzasidagi suvning ustki va ostki oqimlari chegarasidagi bir-biriga urilishi e'tibori nuqtai nazaridan olinadi.

Bosfor ham Yevropa va Kichik Osiyo o'rtasida joylashgan dunyodagi eng tor qit'alararo bo'g'oz bo'lib, Qora va Marmar dengizlarini bir-biri bilan bog'laydi. Bosfor Dardanell bilan juftlikda Qora dengizni O'rta yer dengizining bir qismi bo'lgan Egey dengizini tutashtiradi. Bo'g'ozning har ikki tarafida Turkiyaning yirik megapolis shahri – Istanbul joylashgan. Bosforning uzunligi - 32 km., kengligi – 3700 m. atrofida bo'lib, chuqurligi 33-80 m ni tashkil etadi.

Qora dengiz suvining yuza bo'ylab Marmar dengizi orqali Yevropa qirg'oqlaridan Egey dengiziga va Egeydan Marmar dengiziga qarab oqishi Bosforga ham xos xususiyat.

Bosfor bo'g'ozining muhim ahamiyati shundaki, u Rossiya, Ukraina, Kavkazorti va janubi-sharqiy Yevropa davlatlariga O'rta yer dengiziga chiqish imkoniyatini beradi. Qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlaridan tashqari, aynan shu bo'g'oz orqali Rossiya va Kaspiy dengizi mintaqasidan neftь mahsulotlari eksporti ta'minlanadi. Transport kemalarining toifasiga qarab, ming dollar miqdorida mayak tushumi olinadi. Bu tushum bo'g'ozning mayak tizimi xizmati sarf-xarajatlarini qoplash uchun belgilangan. Uning tovar mahsulotlari qimmatiga dahli yo'q.

Bosfor bo'g'ozi 2016-yilda qurib bitkazilgan, uzunligi 1408 m. bo'lgan Sulton Salim Yovuz nomidagi avtomobil va temir yo'liga ega. Shuningdek, 1988-yilda qurib bitkazilgan, birinchi ko'prikdan 5 km. uzoqlikdagi uzunligi 1090 m. bo'lgan Sulton Mexmed Fotih ko'prigi ham faoliyat ko'rsatadi. Uchinchi avtomobil yo'li – Bosfor ko'prigidir. Uning uzunligi 1074 m. Mazkur ko'prik 1973-yilda qurib tugallangan.

Bu noyob geografik hududning yana bir mo'jizaviy inshooti mavjud. U Istanbulning Yevropa qismidagi Kazlichashma va Osiyo qismidagi Ayriliqchashmani bog'laydigan 2013-yilda bunyod etilgan “Marmaray” temir yo'l tonnelidir. Tonnelning umumiy uzunligi – 13,6 km., suv osti uzunligi – 1,4 km. Mazkur tonnelь Istanbulning Yevropa va Osiyo qismlari transport tezlik tizimlarini birlashtirgan.

Bo'g'ozda Kazlichashma va Geztepa tumanlarini bog'lovchi “Evroosiyo” avtomobilь yo'li ham mavjud. 2016-yilda qurib bitkazilgan bu yo'lning uzunligi – 14,5 km. bo'lib, uning 5,4 km. qismi 106 m. chuqurlikda suv tagidan o'tgan.

Qora dengizdan O'rta yer dengiziga o'tuvchi yagona suv yo'lining bir qismi sifatida muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan shu bo'g'oz uchun Turkiya 1877-1878 – yillarda Rossiyaga qarshi, 1915-yilda Antanta davlatlariga qarshi hayot-mamot janglarini olib borgan va qo'lda saqlab qolgan.

Birinchi jahon urushidan keyin 1920-yilda imzolangan Sevr shartnomasiga ko'ra Bosfor bo'g'ozi qurolsizlantirilib, Millatlar Ligasi nazoratidagi xalqaro hudud maqomi berilgan edi. Ma'lumki, Turkiya bu shartlarni qabul qilmagan va 1923-yilda imzolangan Lozanna shartnomasiga ko'ra Turkiyaga qaytarilgan.



XXI asrga kelib bu bo'g'ozlar ahamiyati yanada ortgan. Xususan, Rossiya kabi neftь sotuvchi davlatlar og'ir yuk ortgan o'z tankerlarini ana shu bo'g'ozlar orqali jahon bozoriga yo'llaydi.

Qit'alaaro kechuv maqomidagi bu bo'g'ozlar 1453-yilda Konstantinopol (Istanbul)ning qo'lga kiritilishi bilan shu qadar ulkan xalqaro ahamiyat kasb etganki, 1492-yilda Xristofor Kolumbning Amerikaga qilgan ilk sayohati bilan qo'shib bu ikki voqea O'rta asrchilikning tugaganini hamda Renessans, yirik kashfiyotlar davri boshlanganini bildirar edi.

Relyefi

Relьefi bo'yicha Turkiya tog'li mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning hududida bir necha tog'lar, jumladan, vulqonlar, xususan, 3916 m. balandlikdagi Erjiyes kabi faol vulqonlar ham mavjud.

Turkiyaning eng yirik tog'li o'lkalardan ekanligini shundan ham bilsa bo'ladiki, 7 ta geografik mintaqada 37 ta katta-kichik tog' va tog' tizmalari mavjud. Bulardan tashqari, 7 ta geografik mintaqaning 6 tasida 13 ta vulqon tog'lari joylashgan. Dunyoda ma'lum va mashhur Katta Ararat vulqoni ham Turkiya hududida. Tog'larda baland cho'qqilar va, hatto, dengiz sathidan 4 ming metrdan baland cho'qqilarda muzliklar ham uchraydi.

Shuning uchun ham Turkiya relьefi bo'yicha tog'li mamlakat deyiladi. Mamlakatning sharqiy qismi Arman tog' tizmalari chegarasida joylashgan. Aynan ana shu joylar Turkiyaning eng baland va yetish murakkab nuqtalari sanaladi. Katta Ararat (turkcha-Ag'ri, 5165 m.) Subxan (4434 m.), shuningdek, harakatdagi Nemrut (3050 m.) vulqonlari shu hududda joylashgan.



Iqlimi

Mamlakat hududining katta qismida baland tog'lar bilan bog'liq kontinental iqlim hukmronlik qiladi. Yozi - issiq, qishi - sovuq va qorli.

O'rta Yer va Egey dengizlari qirg'oqlari bo'ylab qishi yumshoq, odatda qorsiz O'rta yer dengizi iqlimi hukm suradi.

Tropik sahro iqlimi mamlakat janubi-sharqiga oid. Bu yerlarda havoning namlilik darajasi juda past.

Turkiya hududi subtropik iqlim zonasida joylashgan. Biroq tog'li, o'ta darajada ajralgan relьef va havo massalarining murakkab aylanishi turli iqlimli mintaqalarning paydo bo'lishiga olib kelgan.

Turkiyaning Qora dengiz sohillari mo''tadil iliq iqlim bilan ajralib turadi: namlik – yuqori, yoz – issiq va qish – sovuq. Tog'lar qishda Qora dengiz qirg'oqlarini mamlakat ichkarisidagi sovuq havo massalarining ta'siridan himoya qiladi, Qora dengiz esa Shimol shamollarining ta'sirini yumshatadi. Bundan tashqari, Qora dengiz sohilining sharqiy qismi yuqori Kavkaz tog'lari tomonidan kirib keladigan sovuq shamollardan himoyalangan.

Eng ko'p yog'ingarchilik Qora dengiz sohillarida bo'lib, bu, asosan hududdagi tog'larning balandligi bilan bog'liq.

Turkiya hududining G'arbdan Sharqqa qadar uzunligi – 1 600 km., Shimoldan Janubga qadar – 550 km. ni tashkil etadi. Yer maydoni - 780 580 km². Mamlakatning butun hududi uchinchi soat mintaqasida joylashgan. O'zbekiston bilan vaqt farqi – 3 soat.




Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling