Murodulla mirzaev


Turkiyaning 1982-yil Konstitutsiyasi


Download 1.97 Mb.
bet82/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Turkiyaning 1982-yil Konstitutsiyasi

Turkiya konstitutsionalizmi tarixi 150 yilga borib taqaladi. Birinchi konstitutsiya 1876-yilda Usmoniylar davrida qabul qilingan va u “Kanuni yesasi”, ya'ni “Asosiy qonun” deb atalgan. Yangi Turkiyaning ilk konstitutsiyasi “Teshkilati yesasi Kanuni” nomi bilan 1921-yilda qabul qilingan. Davlat boshqaruvi shakli respublika ekanligi haqidagi qoida 1924-yil 20-aprelь konstitutsiyasida mustahkamlangan. 1961-yilgi konstitutsiyada davlat hokimiyat organlarining bo'linishi tamoyili kiritilgan. Turkiyaning hozirgi konstitutsiyasi “Ana yasa” deb ataladi.

1982-yilda Turkiyada prezident vakolatlarini kengaytirgan yangi konstitutsiya qabul qilingan. Davlat boshlig'i, prezident parlament tomonidan 30 kuni chida 7 yil muddatga saylangan va u yangi konstitutsiyaga ko'ra qayta saylana olmagan.

Yangi Konstitutsiyaga ko'ra Turkiya ikki palatali parlament o'rniga 5 yil muddatga saylanadigan 550 deputatdan iborat bir palatali parlament tizimiga o'tgan.

1980-yil davlat to'ntarishi natijasida joriy etilgan holat asta-sekin bekor qilinib, yangi partiyalar tuzishga ruxsat berilgan. Biroq harbiylar saylovlar ustidan nazoratni saqlab qolgan.

Shu paytdan boshlab XX asrning so'nggi o'n yilliklarida turk jamiyatida yetakchi o'rinlarni egallay boshlagan partiyalarni shakllantirish jarayoni boshlangan va bu holat zamonaviy Turkiyaning asl qiyofasini ifodalab bergan.

Natijada, quyidagi partiyalar tashkil etildi:

- “Refah” partiyasi;

- “Do'g'ru yo'l partiyasi” (DYP);

- “Ona Vatan partiyasi” (ANAP);

- “Millatchi harakat partiyasi” (MHP);

- “Demokratik so'l partiyasi” (DSP).

1983-yilgi parlament saylovlarida ariza bergan 15 partiyadan uchtasiga ruxsat berilgan. Ovoz berish natijalariga ko'ra Turkiya Buyuk Milliy Majlisidagi mutlaq ko'pchilik o'rinlarni ANAP partiyasi qo'lga kiritgan. Uning rahbari Turgut O'zal mamlakatning yangi hukumatiga rahbarlik qildi.

Turkiya – konstitutsiyaga ko'ra unitar davlat. Ma'muriy jihatdan viloyat (il)larga bo'linadi. Hozirgi kunda 81 ta viloyat mavjud. Konstitutsiyaga ko'ra Turkiya demokratik, dunyoviy va ijtimoiy-huquqiy davlat sanaladi.

Davlat boshqaruv shakli 1982-yil konstitutsiyasiga ko'ra aralash respublika edi. Ya'ni, Siyosiy tuzum va rivojlanayotgan demokratiya. 1991-yilda mamlakatda kommunistik partiya tuzish haqidagi 1920-yilda joriy qilingan taqiq olib tashlangan.

Qonun chiqaruvchi organ - Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) ixtiyorida bo'lib, 2017-yilgacha 5 yil muddatga saylanadigan 550 deputatdan iborat bitta palatali edi. Vazirlik va deputatlik vakolatlari bir vaqtda amal qilishiga ruxsat etilgan.

TBMM asosan qonun ijrochiligi bilan shug'ullanib, hukumat va vazirlar faoliyatini ham nazorat qilib boradi. Qonun tashabbuskorligi Bosh Vazirlik vakolatiga kiritilib, deputatlar muhokamasi orqali TBMM da qabul qilingan qonunlar kuchga kiritilishi uchun Prezidentga yuboriladi. Qonunlar 15 kun muddat ichida kuchga kiritilishi kerak.

Davlat boshlig'i – prezident.

1982-yil 9-noyabrda qabul qilingan referendum asosida Turkiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kiritilgan. Konstitutsiya prezident vakolatlarini kengaytirgan. Davlat boshlig'i, prezident parlament tomonidan 30 kuni chida 7 yil muddatga saylangan va u yangi konstitutsiyaga ko'ra qayta saylana olmagan.

Yangi Konstitutsiyaga ko'ra Turkiya ikki palatali parlament o'rniga 5 yil muddatga saylanadigan 550 deputatdan iborat bir palatali parlament tizimiga o'tgan.

1980-yil davlat to'ntarishi natijasida joriy etilgan holat asta-sekin bekor qilinib, yangi partiyalar tuzishga ruxsat berilgan. Biroq harbiylar saylovlar ustidan nazoratni saqlab qolgan.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling